Aylanishlar va tezlanishlarga chidamlilik - vestibulyar tizimning
mustahkamligiga bog’liq. Malakali figurali uchuvchilar kresloda 300 ta gacha
aylanishga bemalol chidaydilar. Osilgan o’q atrofida ko’p marta aylanishlardan
keyin bu sportchilarda yerga tushirilgandan keyin boshni aylanishi va tana
koordinatsiyasini buzilishi deyarli kuzatilmaydi Maxsus mashqlarni bajarishdagi
faol aylanishlar vestibulyar mustahkamlikni orttirishda tranajerdagi sust
aylanishlarga nisbatan yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |