CHaqqonlik va egiluvchanlik organizmning asosiy jismoniy sifatlari
hisoblanadi. CHaqqonlik odamni induvidual hayoti va sportga chiniqishi natijasida
yaxshi rivojlanadi. CHaqqonlik sifati murakkab kompleks qobiliyatlardan iborat
bo’ladi. Egiluvchanlik ko’proq irsiy nazorat ostida bo’lib, unga yoshlarni tanlashda
va uni rivojlantirishga alohida etibor talab qilinadi.
Chaqqonlik deganda:
- yangi harakatlar va harakat malakalarini yaratish qobiliyati;
- vaziyat o’zgarganda bir harakatdan boshqa harakatga tez almashina olish;
- murakkab koordinatsiyalashgan harakatlarni bajarish.
SHunday qilib chaqqonlik deganda bir tarafdan odamning ijodiy faoliyati
tushunilib, yangi mutlaqo notanish holatlarda zudlik bilan yangi harakatni
shakillantirishi va ikkinchi tomondan uning koordinatstsiyalash imkoniyatlari
tushuniladi.
CHaqqonlik
o’lchovlari
bo’lib
harakatlarni
koordinatsiyalashning
murakkabligi, aniq va tez bajarilishi xizmat qiladi. Bu qobiliyatlar asosida
ekstrapolyatsiya xodisasi, extimolli muhitni yaxshi mo’ljallash, vaziyatni oldindan
ko’ra bilish, harakatlanayotgan ob’ektga tez reaktsiya berish, nerv jarayonlarining
harakatchanligi va labilligining yuqori darajasi, har xil muskullarni oson boshqarish
malakasi yotadi. CHaqqonlikni rivojlantirishda bir xil harakatni turli xil sharoitlarda
bajarish talab qilinadi. Bundan tashqari harakatni bajarish haqidagi tezkor
axborotdan foydalanish, vaqt yetishmasligi sharoitida tez qaror qabul qilish
malakasini shakillantirish chaqqqonlikni rivojlantiradi.
Egiluvchanlik deganda bo’g’imlarda katta ampilitudada harakatlar qilish
qobiliyati yoki bo’g’im harakatchanligi tushuniladi. Egiluvchanlik harakat
apparatini boshqarish qobiliyati va uning morfofunktsional xususiyatlariga bog’liq
bo’ladi (muskullarning yopishqoqligi, boylam apparatlarining elastligi,
umurtqalaroro disklarning holati). Muskullar qiziganda egiluvchanlik ortadi va
sovuqda pastlaydi. CHarchaganda va mudroq bosganda ham kamayadi. SHu sababli
ertalab egiluvchanlik past bo’lib kunning o’rtasiga kelib ortadi. Start oldi holatida
shaylanish mashqlari ta’sirida yurak urishlar sonining ortishi va muskullardan qon
oqishining ko’payishi ularni qizitib, egiluvchanlikni yaxshilaydi.
Faol (ixtiyoriy haraktlarda) va sust (muskulni tashqi kuch bilan cho’zganda)
egiluvchanlik farqlanadi. Sust egiluvchanlik albatta faoldan kattaroq bo’ladi.
Ayollarda bog’lovchi-muskul apparati erkaklarga nisbatan ko’proq egiluvchanlikka
ega bo’lib, ular murakkab egiluvchanlikka ega bo’lgan mashqlarni oson o’rganadi.
Katta yoshdagi va qari odamlarda eng avval umurtqa pog’anasining egiluvchanligi
pastlaydi, qo’l barmoqlarining egiluvchanligi eng uzoq saqlanadi.
Mavzu: Harakat malakalarini shakillantirishni fiziologik
Do'stlaringiz bilan baham: