O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Harakat malakalarini shakillantirishning fiziologik mexanizmlari



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Harakat malakalarini shakillantirishning fiziologik mexanizmlari 
 
Harakat  malakalari  shakllanishining  fiziologik  mexanizmlari  ko’pchilik 
olimlar  -  I.P.  Pavlov,  V.M.  Bexterov,  A.A.  Uxtomskiy,  P.K.  Anoxin,  N.A. 
Bernshteyn, A.N. Krestovnikov, N.V. Zimkin, V.S. Farfelь va boshqalar tomonidan 
o’rganilgan. 
 
Har qanday – maishiy, hunarga xos va sport malakasi tug’ma bo’lmaydi. Ular 
individual  rivojlanish  davomida  orttiriladi.  Harakatlarni  boshqalarga  o’xshatib 
bajarish, shartli reflekslar yoki harakatlarni so’zlar orqali tushintirish orqali yuzaga 
kelgan harakat aktlari nerv markazlarining maxsus funktsional tizimi orqali amalga 
oshadi.  Maxsus  funktsional  tizimning    faoliyati  quydagi    jarayonlarni  o’z  ichiga 
oladi:  afferent  signallarning  sintezi  (tashqi  va  ichki  muhitdan  kelayotgan 
axborotlar);  harakatlantiruvchi  kuchni  hisobga  olish  (amalning  ustunligi);    xotira 
izlaridan  foydalanish  (harakatlar  arsenali  va  o’rganilgan  taktik  kombinatsiyalar); 
harakat  dasturi  va  amal  natijasining  obrazini  shakillantirish;  agar  natijaga 
erishilmagan bo’lsa dasturga o’zgartirishlar kiritish. 
 
Nerv tizimining turli etajlarida joylashgan neyronlar to’plami shu jarayonlarni 
amalga  oshirib,  dominantaga  aylanadi  ya’ni  markaziy  nerv  tizimida  ustunlik 


qiluvchi markaz hosil bo’ladi. Dominant markaz boshqa nerv markazlari faoliyatini 
susaytirib,  mos  ravishda  harakatda  ortiqcha  skelet  muskullarining  ishtirokini  ham 
chegaralaydi. Natijada harakatlar aniq va kam energiya sarflab bajariladi. 
 
Dominant  nerv  markazlaridagi  qo’zg’alishning  tartibi  shartsiz  va  shartli 
reflekslardan  iborat  tizim  shaklida  mustahkamlanib,  ular  bilan  bog’liq  vegetativ 
reaktsiyalar ishtirokida harakat dinamik steriotipini hosil qiladi. Bu tizimdagi har 
bir  avvalgi  harakat  keyingi  harakatning  boshlovchisi  hisoblanadi.  Bu  miyaning 
ishlashini  osonlashtiradi,  bir  butun  mashqni  bajarishda  odam  ongini  har  bir 
elementni bajarishdagi ishtirokidan ozod qiladi.   
Harakat  malakalari  hayot  davomida  ortirilganligi  shundaki,  ular  chiniqish 
mashg’ulotlaridagi uzilishlardan keyin so’nadilar. Biroq harakat malakalari klassik 
so’lak ajratuvchi shartli reflekslardan farq qiladi. Malakalar asosan ikkinchi tartibli 
shartli reflekslar hisoblaanadi. Ularda refleks yoyining yangi qismi effektor bo’limi 
hisoblanadi,  yangi  harakat  shakli  yoki  avvalgi  o’rganilgan  harakatlardan  yangi 
kombinatsiyalar  yaratiladi.  O’zida  bor  elementlardan  harakatning  yangi  shaklini 
yaratishni N.V. Zimkin ekstrapolyatsiya hodisasi deb nomladi. 
         XX  asrning birinchi yarmida paydo bo’lgan  dominanta, funktsional tizim va 
harakatlarning  dinamik  steriotipi    to’g’risidagi  tushunchalar  odamni  o’rgatish  
jarayonida  harakat  malakalari  shaklanishini  tushunishning  asosini  tashkil  qiladi. 
Keyinchalik olib borilgan izlanishlar bu klassik tushunchalarni yanada  aniqlashtirdi. 
 
Dastlab  N.A.  Bernshteynning  aytishicha,  oddiy  malakaviy  amallar  to’la 
steriotip hisoblanmaydi. Ko’p martoba takrorlanishlar davomida ular amplitudasiga, 
elementlarni bajarish  tezligiga ko’ra farqlanadi. Aniqlanishicha, ular ichki tarkibiga 
ko’ra  yana  ham  ko’proq  farq  qiladi.  Sport  mashqini  bajarganda  faol  muskul 
guruhlari  tarkibi  sezilarli  o’zgarib  turadi.  Ayrim  muskullar  harakatda  doim, 
ayrimlari esa vaqti-vaqti bilan ishtirok etadi. Fazalarning davomliligi, muskulning 
kuchayishi,  muskullar  ishga  kirishishining  ketma  –  ketligi  o’zgarib  turadi.  Bu 
harakat malakasining tashqi va ichki komponentlari o’zgarish qonuniyatlari mavjud 
ekanligi  xaqida  ma’lumotlar  beradi.  Harakat  malakasining  komponentlarining 
o’zgarishi  harakat  dasturlarining  eng  optimallarini  olib  qolib,    noadekvatlarini 
chiqarib  tashlab,  vaziyatning  tashqi  o’zgarishlarinigina  hisobga  olmasdan, 
muskullarning  qisqaruvchanlik  imkoniyatlarini  ham  hisobga  olishni  taqozo  etadi. 
Bosh  miyaning  alohida  neyronlari  faolligi  o’rganilganda,  o’zlashtirilgan 
harakatlarni amalga oshirishda ularning ishtirokida ham o’zgarishlar mavjud ekan. 
Neyronlarning  o’rtasida  mustahkam  (stabil)  doimiy  bog’lar  hosil  bo’lishi  bilan 
birga, yumshoq (variantli) o’zgaruvchan bog’lar ham hosil bo’lar ekan. 
 
Tashqi  va  ichki  muhit  ko’rsatkichlarining  o’zgaruvchan  sharoitda  harakat 
malakalarining  asosiy  belgilarini  saqlab  qolishda  organizmning  harakatlarni 
boshqarish tizimida yumshoq-o’zgaruvchan bog’lar mavjudligining ahamiyati katta. 
 
Masalan,  yaxshi  o’rganilgan  yurish  malakasi  tana  tikligining  har  xil 
ko’rinishida,  oyoqlar  kuchlanishining  o’zgarib  turishi,  nerv  markazlari  va    skelet 
muskullari tarkibining bir xil emasligida, turli vegetativ reaktsiyalarning yo’lning 
relьefiga  bog’liqligi,  tuproqning  sifati,  qarshi  shamolning  kuchi,  odamning 
charchaganligi  va  boshqa  sabablarning  o’zgarib  turishiga  qaramasdan  o’zining 
asosiy ko’rsatkichini saqlab qoladi.  


 
Funktsional tizimning yumshoq, egiluvchan qismi uning asosini tashkil qilib, 
har  qanday  sharoitda  malakani  bajarishda  talab  darajasidagi  natijaga  erishishni 
ta’minlaydi. 
 
TSiklik  harakatlarning  malakalari,  atsiklik  malakalarga  nisbatan  stabil 
bo’ladi. Bunga sabab, tsiklik harakatlar asosida alohida harakat elementlarini ketma-
ket takrorlanishi yotadi. 
 
Vaziyatli  sport  turlarida  (sport  o’yinlari,  yakka  olishuvlar)  malakalar  ko’p 
variantliligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  sport  turlarida  steriotiplik  alohida  texnik 
elementlarni egallashda shakllanadi. Bu  malakalarning avtomatlashuvi ularni yangi 
harakatlarga  tez  qo’shish  imkoniyatini  beradi.  Standart  sport  turlarida  malakalar 
ko’proq steriotip bo’ladi. Sport mahoratini ortib borishga ko’ra ularni stabilligi ham 
ortadi. Biroq bu yerda malakalarning variantliligini ma’lum darajada saqlab qolish, 
ularni turli xil sharoitda bajarishga adaptatsiyalaydi. 
  

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish