O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

-operativ yoki doimiy nazorat - sportchi organizmiga jismoniy yuklamalar ta’sirini 
har  kuni  organizm  reaktsiyalarining  eng  qulay    ko’rsatkichlari  (YuUS,  o’zini  xis 
qilish-faollik-kayfiyat  (O’FK)  testi,  taktik  masalalarni  yechish,  diqqatni  holati  va 
boshqa.) orqali kuzatiladi. 
-bosqichli nazorat-bir yilda 5-6 marta o’tkaziladi, kislorodni maksimal is’temoli, 
maksimal anaerob quvvat, garvard indeksi va boshqalar orqali o’rganiladi. 
-mukammal  tibbiy  ko’rik-bir  yilda  bir    marta  o’tkaziladi.  Bunda  nisbatan  kam 
o’zgaradigan 
ko’rsatkichlar 
(shaxsiy 
tavsifnomalarni, 
psixofiziologik 
ko’rsatkichlar, oliy nerv faoliyatini induvidual-tipologik xususiyatlari) va boshqa bir 
qator murakkab tibbiy ko’rsatkichlar o’rganilib tahlil  qilinadi.  
Sportchi  organizmining  tinch  holatida  markaziy  nerv  tizimining  nerv 
markazlarini  labilligini yuqori darajada bo’lib, nerv jarayonlarining (qo’zg’lish va 
tormozlanish)  optimal  qo’zg’aluvchanligi  va  yaxshi  harakatchanligi  kuzatiladi. 
Tezkorlik  sifati  kuchli  rivojlangan  sportchilarda  harakatlanish  reaktsiyasini  vaqti 
qisqaradi, EEGda tinch holatda alьfa-ritm chastotasini ortishi kuzatiladi. Masalan, 
80% tezkorlik sifati kuchli rivojlangan basketbolchilarda alьfa-ritm - 11-12 to’l./c 
bo’lca, kurashchilarda esa bu ko’rsatkich - 8-9 to’l./c tashkil qiladi. 
 
Harakat  apparatida  yuqori  malakali  sportchilar  suyaklari  qalinlashib, 
mustahkam  bo’ladi.  Muskullarining  qo’zg’aluvchanligi  va  labilligi  ortadi,  kuchli 


ishchi gipertrofiya kuzatiladi, harakatlantiruvchi nervlar orqali qo’zg’alishni o’tish 
tezligi  ortadi,  muskullarda  fermentlar  faolligi  kuchayib  mioglobin  va  glikogen 
zahiralari  ortadi.  Muskullarni  innervatsiyasini  yaxshilanganligini  nerv-muskul 
sinapslarini  qalinlashganligi  va  ularni  sonini  ortganligidan  ko’rish  mumkin. 
Sportchilarda muskullarni ixtiyoriy zo’riqtirish ko’rsatkichlari ortadi.  
 
Sportchilarda  moddalar  almashinuvida  uglevodlar  va  oqsil  zahiralarini 
ko’payishi, asosiy almashinuv darajasini esa pasayishi kuzatiladi. 
          O’pkalarning  tiriklik  sig’imini  6-8  litrgacha  ko’tarilishi  ,  nafas  olish 
chuqurligini ortishi o’pka ventilyatsiyasini yaxshilab, nafas harakatlarining  sonini 
kamayishi  (bir  minutda  6-12  ta)  sportchilarning  nafas  tizimi  faoliyatining 
samaradorligi  ortganligini  ko’rsatadi.  O’pkalarning  tiriklik  sig’imini  yuqori 
ko’rsatkichini takror va takror o’lchaganda kamaymaganligi nafas muskullari yaxshi 
rivojlanganligi va  chidamliligi ortganligidan dalolat beradi.  Tinch holatda  nafasni 
minutlik  hajmi  deyarli  o’zgarmaydi,  biroq  o’pkalarning  maksimal  vetilyatsiyasi 
chiniqqan  sportchilarda  150-200  litrga  yetadi,  chiniqmagan  odamlarda  esa  bu  
ko’rsatkich  60-120  litrgacha  bo’ladi.  Nafasni  ushlab  turish  vaqtini    ortishi, 
sportchining anaerob imkoniyatlarining yaxshiligini belgisi xisoblanadi. 
 
Jismoniy  yuklamalar  ta’siriga  yuqori  malakali  sportchilarning  yurak  qon-
tomir tizimida adaptatsiyalanish samaralari kuzatiladi. CHiniqqan yurak muskullari 
qalinlashadi, sig’imi ortadi. Uzoq masofaga yuguruvchilarda  chidamlililikni ortishi 
yurak sig’imini 1000-1200 sm
3
 gacha  ko’payishiga olib keladi (chiniqmaganlarda 
o’rtacha  700  sm
3
).  Yurakni  umumiy  sig’imini  ortishi,  yurak  urishlar  sonini 
kamayishiga olib keladi. Stayerlarda yurak urishlar soni tinch holatda minutiga 40-
50 ta ayrim hollarda 28-32 tagacha pasayishi kuzatiladi. 
 
Sportchilarda  sport  formasiga  ko’tarilgan  vaqtda  arterial  qon  bosimini 
pasayishi  (100-105  mm  s  ust.)  kuzatiladi.  Bunday  holat  ko’proq  gimnastlarda  va 
uzoq masofaga yugurivchilarda kuzatiladi. Arterial gipotoniya sportchining staji va 
sport  mahorati  ortgan  sayin  kuchayib  boradi.  Sport  o’yinlari  sport  turiga 
ixtiisoslashgan sportchilarda tinch holatda ko’p xollarda arterial qon bosim ortgan 
bo’lishi mumkin. 
 
Sportchilarning  qon  tizimida  ham  jismoniy  yuklamalarga  adaptatsiyalanish 
natijasida bir qator  o’zgarishlar kuzatiladi. Eritrotsitlarni soni 6 mln. va undan ortiq 
, gemoglobinni miqdori 160 g/l va undan yuqori bo’lishi mumkin. Bu albatta qonni 
kislorod hajmini katta bo’lishini ta’minlaydi (20-22 sig’im %). Oqayotgan qonning 
hajmi  ortadi,  gemoglobinning  umumiy    miqdori  800-1000  g.ga  ko’tariladi 
(chiniqmaganlarda  700  g),  qonning  ishqoriy  zahirasi  ko’payadi.  Qon  tomirlarda 
oqayotgan qonning sig’imi ko’payadi. 
          Organizmida jismoniy yuklamalar ta’sirida yuzaga kelgan funktsional qayta 
qurilishlar  sportchi  organizmini  umumiy  adaptatsiyalanganligidan  dalolat  berib, 
sportchining  tanlagan  sport  turiga  funktsional  tayyorganligini  xususiyatlarini 
ko’rsatadi.  

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish