O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


O’tachiniqqanlik va o’tazo’riqishga fiziologik tavsifnoma



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

O’tachiniqqanlik va o’tazo’riqishga fiziologik tavsifnoma    
CHiniqish mashg’ulotlarini qulay tartibini buzilishi, yuklamalarni kattaligi va 
dam  olishni  davomliligiga  rioya  qilmaslik  organizmda  o’tachiniqqanlik  va 
o’tazo’riqish holatlarini rivojlanishiga olib keladi. 
Organizmni  muntazam  ravishda  katta  jismoniy  yuklamalarni  bajarishi  va 
yetarli dam olib qayta tiklanmasligi oqibatida sportchilarda o’tachiniqqanlik holatini   
rivojlanishiga olib keladi. 
O’tachiniqqanlik  -  sportchi  organizmini  kasallik  holati  hisoblanib,  o’ta 
charchashni  rivojlanib  borishi  va  chiniqtiruvchi  yuklamalar  orasida  yetarli  dam 
olmaslik  oqibatida  yuzaga  keladi  va  rivojlanadi.  O’tachiniqqanlik  holati  o’zining 


tabiatiga  ko’ra  oliy  nerv  faoiyatini  buzilishidan  kelib  chiqadigan  nevrozga 
o’xshaydi.  Uning  kelib  chiqshini  asosiy  sababi  yetarli  darajada  dam  olmaslik 
hisoblanadi.   
Bu  holat  harakat  va  vegetativ  funktsiyalarni  turg’un  buzilishi,  mehnat 
qobiliyatchanlikni  pastlashi  va  o’zini  yomon  xis  qilish  bilan  namoyon  bo’ladi. 
Sportchilarni kompleks tekshirish natijalariga ko’ra simpatik nerv tizimini tonusini 
ortganligi,  psixoemotsional  holatni  mustahkam  emasligi,  ko’p  hollarda  o’zini 
yomon xis qilayotganligidan arz qilish, ziqnalik, ezilish, yig’lash va yurak qon tomir 
faolyaitidagi buzilishlarda ko’rinadi. Ayrim sportchilarda depressiya holati yuzaga 
kelib,  chiniqish  mashg’ulotlariga  qiziqishni  yo’qolishi  kuzatiladi.  Korrektura 
testining natijalariga ko’ra aqliy mehnat qobiliyatchanlikni pastlaganligi aniqlangan. 
 Miyani elekrt faolligi kuzatilganda ikki tipdagi o’zgarishlar aniqlandi: bosh 
miya  yarim  sharlari  po’stlog’ida  qo’zg’alishni  ustunligi  va  simpatik  nerv  tizimini 
tonusini  ortishi  natijasida  tinch  holatni  asosiy  ritmi-alьfa  ritmni  to’la  yo’q  bo’lib 
ketishi va doimiy faollikni 14-17 Gts gacha tezlashishi; yoki depressiv holatda al’fa 
ritmni amplitudasi va chastotasini 8-9 Gts gacha pastlashi kuzatiladi. Sportchining 
miya jarayonlarini buzilishining darajasi kasalik holatini belgilarini rivojlanganligi 
va jismoniy mehnat qobiliyatchanligini pastlashiga mos keladi. 
O’tachiniqqanlikni rivojlanishida 3 ta stadiya farqlanadi: 
birinchi  stadiyada  sport  natijalarini  ortishi  to’xtaydi  yoki  biroz  pastlaydi, 
sportchi  o’zini  yomon  xis  qiladi,  organizmni  jismoniy  yuklamalarga 
adaptatsiyalanish reaktsiyalari pastlaydi; 
ikkinchi  stadiyada  sport  natijalari  juda  tez  pastlaydi,  qayta  tiklanish 
jarayonlari qiyinlashadi, o’zini yomon xis qilish yanada chuqurlashadi; 
uchinchi  stadiyada  yurak-qon  tomir,  nafas  va  harakat  tizimlari  faoliyatida 
turg’un buzilishlar ko’rinadi, sport mehnat qobiliyatchanligi va ayniqsa chidamlilik 
keskin  pastlaydi,  o’zini  og’ir  xis  qiladi,  uyqu  buziladi,  ishtaha  yo’qoladi, 
sportchining tana og’irligi kamayadi. 
O’tachiniqqanlikni  oldini  olish  uchun  chiniqish  mashg’ulotlarini  tartibiga 
rioya  qilish,  yetarli  dam  olish  va  organizmni  imkoniyati  darajasida  ishlash  talab 
qilinadi. 
Mehnat  qobiliyatchanlikni  qayta  tiklash  uchun  jismoniy  yuklamalarni 
kamaytirish yoki to’la dam olish talab qilinadi. Sportchiga 1-2 xaftadan 1 oygacha 
faol  yoki  to’la  dam  olish  kerak  bo’ladi.  Boshqa  vositalardan-vitaminlar,  biologik 
faol moddalar, massaj va boshqalardan ham foydalanish tavsiya etiladi. 
Moddalar almashinuvi jarayonlari, gomeostaz va turli funktsiyalarni nerv va 
gumoral  boshqarilishini  buzilishi  natijasida  organizmning  funktsional  holatini 
keskin pasayishiga o’tazo’riqish deb ataladi. Bu holat organizmning jismoniy ish 
vaqtida  energiyaga  bo’lgan  talabini  uning  funktsional  imkoniyatlari  orqali  to’la 
qondirila  olmasligi  natijasida  yuzaga  keladi.  O’tazo’riqishni  rivojlanishida 
gormonlar  yetishmovchiligini  ayniqsa,  gipofizni  adrenokortikotrop  gormonining 
zahiralarini kamayishini ta’siri  katta. 
 O’tazo’riqishni rivojlanishida natriy va kaliy ionlarini balansini buzilishi nerv 
va muskul tizimida qo’zg’alish jarayonini sog’lom ketishini buzadi. Bu o’zgarishlar 
yurak  muskulida  bir  joyli  va  tarqalgan  yemirilish  o’chog’larini  keltirib  chiqarishi 


mumkin. Sportchi masofani bosib o’tayotganda miokardni muskul tolalarini uzilish 
holatlari ham kuzatilishi mumkin. O’tazo’riqishni asosiy sababi  o’ta kuchli va tez 
jismoniy yuklamalar hisoblanadi.  
O’ta zo’riqishni o’tkir va surunkali turlari mavjud:O’tkir o’tazo’riqish keskin 
darmonsizlanish, bosh aylanish, ko’ngil aynish, xansirash, yurak urishini tezlashishi 
va arterial qon bosimining pastlanishi bilan ko’rinadi. Og’ir holatida jigarda og’riqni 
keltirib chiqaradi, keskin yurak yetishmovchiligi, xushidan ketish va o’lim holatlari 
ham kuzatilishi mumkin. 
 Surunkali  o’tazo’riqish  organizmni  funktsional  imkoniyatlariga  mos 
kelmaydigan  chiniqish  yuklamalarini  ko’p  marta  takrorlash  natijasida  kuzatiladi. 
Kuchli charchash, uyqu va ishtahani yo’qolishi, yurak sohasida og’riqni xis qilish, 
arterial qon bosimini turg’un ortishi yoki pasayishi holatlari kuzatiladi. Sportchining 
mehnat qobiliyatchanligi keskin pasayadi. 
Jismoniy yuklamalarni ta’sirini kamaytirish yoki to’la to’xtatib  qo’yish organizmni 
qayta  tiklanishini  ta’minlaydi.  Yurak-qon  tomir  tizimidagi  buzilishlarni  davolash 
uchun  dori  vositalaridan  foydalaniladi.  Muvozanatlashgan  ovqatlanish  va 
qo’shimcha vitaminlar qabul qilishga alohida etibor beriladi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish