Barometrik bosimini o’zgargan sharoitida sportchilarning mehnat
qobiliyatchanligi
Sportchilar barometrik bosimi o’zgargan sharoitlarda ham chiniqish
mashg’ulotlari va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.
Tog’
sharoitidagi
bunday mashg’ulotlar organizmga barometrik bosimni pasayishi-gipobariya
omillari ta’sirida o’tkaziladi. Bu omillar umumiy bosimni, gazlarni partsial
bosimini, avvalo kislorodni partsial bosimini, havoning harorati va namligini
pasayishi, ionlanishni ortishi, quyosh radiatsiyasini kuchayishi va yerni tortish
kuchini kamayishi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tomondan, shunday sport turlari borki
ular bilan shug’illangan sportchilar giperbariya – yuqori barometrik bosim ta’sirida
bo’ladi. Bunday sport turlari bilan shug’illanuchi sportchilarga akvalangchilar, suv
osti suzuvchilarini va akvanavtlarni ko’rsatish mumkin. Ikkala
holatda
ham
organizm funktsiyalarini susayishi va mehnat qobiliyatchanlikni pasayishi kislorod
omili bilan bog’liq. Bunda kislordni foizli ko’rsatkichi balandlikda ham chuqurlikda
ham bir xil (o’rtacha 21%) bo’ladi, faqat uning partsial bosimi pastlashi yoki ortishi
kuzatiladi. SHu sababli 3000 metr balandlikda xavodan nafas olganda kislorod
yetishmovchiligi gipoksiya rivojlanadi, 60 metr chuqurlikka tushgandan keyin xavo
bilan nafas olish natijasiga ortiqcha kisloroddan zaharlanish giperoksiya yuzaga
keladi.
Dengiz sathidan 1000 metrgacha bo’lgan balandliklarni past tog’lik, 1000 dan
3000 gachani – o’rta tog’lik va 3000 metr va undan yuqorilarini baland tog’ sharoiti
deb ataladi.
Asosiy chiniqish mashg’ulotlari, ba’zida sport musobalari 2500-3000 metr
balandlikda, o’rta tog’ sharoitida o’tkaziladi.
O’rtatog’ sharoitida dastlabki kunlarida aerob imkoniyatlarni pasayishi
kuzatiladi, bir xil ishni bajarish uchun pastlikga nisbatan ko’proq energiya
sarflanadi, organizmni funktsional holatini yomonlanishi natijasida odam o’zini
yomon xis qiladi, uyqusi buziladi. 10-15 kundan keyin sharoitga adaptatsiyalanib,
tinch holatda va o’rta quvvatli ishni bajarganda odam o’zini yaxshi xis qiladi, og’ir
jismoniy yuklamalarni bajarish, qonda kislorodni partsial bosimini kamayiganligi
sababli qiyin bo’ladi.
Qonda, nafas va alьveola havosida kislorodni partsial bosimini kamayishi
natijasida kasallik holati-gipoksiya rivojlanishi mumkin. Uning dastlabki belgilari
kislorodni partsial bosimini nafas havosida 140 mm sim.ust. tushganda (1500 va
undan baland) ko’rina boshlaydi. Gipoksiyani ko’pchilik juda ham “aldamchi” holat
deb ataydi. Uning aldamchiligi kuyidagilarda ko’rinadi:
- Eyforiya-ko’ptrilgan kayfiyat
- Xushdan ketish - yaxshi psixoemotsianal holatda, hech qanday
boshlang’ich belgisiz.
- Retrogen amneziya - bo’lib o’tgan xodisalar haqidagi xotirani yo’qolishi.
Gipoksiya vaqtida organizm funktsiyalarini o’zgarishi adaptatsion va
kompensator harakterga ega bo’lib, kislorod yetishmovchiligiga qarshi kurashga
yo’naltirilgan. Buning uchun nafas va qon aylanish tizimi a’zolarini faoliyati ortadi,
eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori ko’payadi, harakatlanayotgan qonnig
sig’imi va uning kislorod hajmi ortadi.
Kislorod yetishmovchiligi sezilarli darajaga yetganda yoki odam
organizmning kompensator reaktsiyalarini susayishi natijasida bir qator fiziologik
va patologik o’zgarishlar sodir bo’lib uni tog’ yoki balandlik kasaligi deb ataladi. Bu
kasallikda asosiy nerv jarayonlarini harakatchanligi susayadi, sezgi va vegetativ
tizimlar funktsiyasi buziladi, harakatlar koordinatsiyasi yomonlashadi, jismoniy
sifat ko’rsatkichlari pastlaydi. Subektiv belgilariga
bosh
og’rig’i,
bosh
aylanishi, burundan qon ketishi, ko’ngil aynishi, qusish, xansirash va xushdan
ketishni ko’rsatish mumkin.
Tog’ sharoitida yashash natijasida organizmni kislorod yetishmovchiligiga
chidamliligi ortib boradi, odam o’zini yaxshi xis qiladi, organizmni funktsiyalari
stabillashadi va mehnat qobiliyatchanligi yaxshilanadi. Boshqacha aytganda,
adaptatsiya rivojlanadi va u ikkita fiziologik mexanizmlar orqali amalga oshadi: 1)
kislorod transporti tizimi faoliyatini yaxshilanishi natijasida to’qimalarga kislorodni
yetib borishi yaxshilanadi; 2) kislorodni yetishmovchiligiga a’zo va to’qimalarni
moslashuvi moddalar almashinuvi darajasining ozayishiga olib keladi.
O’rta tog’ sharoitida bo’lishni dastlabki kunlarida mehnat qobiliyatchanlik
pasayadi. Mehnat qobiliyatchanlikni sezilarli pasayishi kislorodga talabi yuqori
sport turlarida (o’rta va uzun masofaga yugurish, suzish) aniq kuzatiladi. Bunday
sharoitda mehnat qobiliyatchanlikni sezilarli pasayishining asosiy sababi kislorod
qarzini ortishi hisoblanadi. Ko’proq anaerob sharoitda bajaraladigan sport turlarida
(gimnastika, akrobatika, og’ir atletika, qisqa masofaga yugurish) sport natijalari
o’rta tog’ sharoitida deyarli o’zgarmaydi.
Sportchilar o’rta tog’ sharoitida bo’lib, pasttekislikga qaytgandan keyin 3-4
xafta davomida jismoniy mehnat qobiliyatchanlik yuqori darajada saqlanib, sport
natijalari yaxshilanadi. Bunday holatni fizioloik mexanizmi organizmni gipoksiya
sharoitiga adaptatsiyalanganligi hisoblanadi. SHu sababli muhim musobaqalardan
avval ayniqsa chidamlilik talab qilinadigan sport turlarida chiniqish
mashg’ulotlarini o’rta tog’ sharoitida o’tkazish tavsiya qilinadi.
Ayrim sport turlari vakillari (akvanavtlar, suvga sho’ng’uvchilar, suv ostida
suzuvchilar, akvalanglar) suv ostigacha tushganda baland barometrik bosim ta’siriga
uchraydilar.
Bunday sharoitda ishlashning alohida xususiyatlari shundan iboratki, muhit
bosimining ortishi va uning o’zgarishlari yetakchi ahamiyatga ega bo’lib, gazlarning
partsial bosimini ortishi, organizm bilan muhit o’rtasida gazlar tengligining buzilishi
natijasida yuzaga keladigan o’zgarishlar, organizmning indiferrent gazlar bilan
to’yinishi va qayta kamayishi kabi murakkab omillar ta’sirida amalga oshadi. Yuqori
barometrik bosimni organizmga ta’sirini o’rganish bir qator qiyinchiliklarga duch
keladi, birinchidan, eksperimentator har doim ham tekshiriluvchini yonida bo’la
olmaydi, ko’pchilik hollarda kerakli asboblardan foydalanishning imkoniyati
yo’qligi sababli yuqori barometrik bosimning organizmga ta’siriga oid olingan
ko’pchilik materiallar ta’sir tugagandan keyingi davrda olinadi.
Organizmning yuqoridagi ko’rsatilgan kompleks omillar ta’siriga bergan
reaktsiyalarini tahlil qilish davomida, evolyutsion jarayonda odam va hayvonlarda
yuqori
barometrik
bosim
ta’siriga mahsus adaptatsiya mexanizmlari
shakllanmaganini ko’rish mumkin. Organizm o’zining himoyaviy funktsiyalarini
bilvosita kompensatsiyalovchi reaktsiyalar orqali amalga oshiradi.
Organizmdagi barcha o’zgarishlar ikki tipda namoyon bo’ladi:
- suv ostida bo’lish qoidalariga to’la rioya qilingan holatda yuqori
barometrik bosimga organizmning bergan fiziologik reaktsiyalari;
- nafas apparaturasining buzuqligi yoki suv ostida havfsizlik tartibining
buzilishi bilan bog’liq patologik o’zgrishlar.
Yuqori barometrik bosim ta’sirida organizmning turli funktsional tizimlari va
a’zolarida o’zgarishlar yuzaga keladi. Markaziy nerv tizimida asosiy nerv
jarayonlarini muvozanating buzilishi, ichki tormozlanish kuchining kamayishi va
qo’zg’alishning ustunligi keltirib chiqaradi. Nafas tizimida nafas olishga qarshilik
ortib, nafas chiqarish tezligi pastlaydi, o’pkalarning maksimal ventilyatsiyasi
kamayadi. Yurak-qon tomir tizimida yurak urishlar sonining kamayishi, maksimal
arterial bosimning pastlashi, minimalining ortishi pulьs bosimining ozayishiga olib
keladi. Qonning oqish tezligi susayadi, oqayotgan qonning miqdori va sistolik
hamda minutlik hajm kamayadi. Bu reaktsiyalarning barchasi moslashuvchi
reaktsiyalar hisoblanib, organizmning a’zo va to’qimalariga ortiqcha kislorodning
yetib borishini chegaralashga qaratilgan. Periferik qonda eritrotsitlar va
gemoglobinning miqdori kamayadi, leykotsitlarning soni biroz ortadi; ularning
osmotik chidamliligi va fagotsitar faolligi kamayadi.
Ovqat hazm qilish tizimida hazm shiralari sekretsiyasi tormozlanib, motor
funktsiya kuchayadi, diurez ortadi. Barcha turdagi moddalar almashinuvi buziladi,
natijada,
energiya
almashinuvining
susayishi,
jismoniy
mehnat
qobiliyatchanligining darajasi pasayishiga olib keladi. Organizmda yuzaga
keladigan o’zgarishlar ko’pchilik hollarda funktsional – moslashuvchi ko’rinishda
bo’lib, bir necha soatdan keyin barcha ko’rsatkichlar asl holiga qaytadi.
Suv ostida ishlash qoidalari buzilganda turli xil patologik holatlar va
professtsional kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Ularga kislorod bilan zaharlanish,
kislorod yetishmovchiligi, karbonat angidrid gazi bilan zaharlanish, organizmning
o’ta sovib yoki isib ketishi, yuqori bosim sindromi, o’pkalarning barotravmasini
ko’rsatish mumkin. Bu kasalliklarni davolash bilan mahsus tayyorlangan vrach-
fiziologlar va suv ostiga tushish mutaxassislari shug’ullanadi.
Giperbariya sharoitida musobaqa va chiniqish mashg’ulotlari o’tkazishni
ta’minlovchi sportchilar, trenerlar va tibbiyot xizmatchilari, odamlar suv osti
sharoitiga tushganda organizmda kelib chiqishi mumkin bo’lgan funktsional
o’zgarishlar va patologik ko’rinishlar haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lishi
kerak. Kasallik alomatlari ko’rinishi bilan, kasalni baromarkazga (kasalxonaga
emas) olib borilib, davolash tadbirlari tegishli mutaxassis tomonidan kerakli
asboblar yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |