Astragal (Астрагал) - Astragalus L.
Astragal turlari Dukkakdoshlar - Fabaceae oilasiga mansub bir yoki ko’p yillik o’t o’simlik hamda butalardir. Barglari jufit path murakkab bo’lib, bandlari yordamida poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan.
Bargchalari (barg bo’laklari) juda mayda, nishtarsimon, to’mtoq uchli tuxumsimon, quriganda asosiy barg bandidan to’qiladi, asosiy bandi esa uchli bo’lgani uchun poyada tikan holida saqlanib qoladi. Mayda, sariq rangli gullari juft-juft bo’lib, barg qo’ltig’ida joylashgan. Mevasi - bir urugTi, sertuq, pishganda ochilmaydigan dukkak. Astrugalliiug yyolim olinadigan turlari: Sershox astragal (Астрагал войлочиовепшстый) - Astragalus. Piletocladus Freyn et. Suit., Maydabosh astragal (Астрагал мелкоголовчатый) - Astragalus. Mikrocephalus Willd. va boshqa turlari Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon va O’zbekistonning janubidagi togii hududlarida o’sadi,
Tibbiyotda astragal yelimi keng qo’llaniladi. Asosan poyasi va shoxlaridan olinadigan yelimi ishlatiladi. Yelim (tragagant) tarkibida 60% bassorin, 8-10% arabin va boshqa uglevodlar bor. Astragal yelimidan (arab yelimi kabi) tabletka, habdori, emulsiya va boshqa dori shakllari layyorlashda foydalaniladi.
Bozulbang (Лагохилус) ( Лагохилус опьяняющий) - Lagochilus inebrians Bge.
Bozulbang Yasnotkadoshlar - Lamiaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 30-40 (60) sm ga etadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’sadi, to’rt qirrali, shoxlanmagan yoki shoxlangan. Barglari uch-besh boMakka bo!lingan bo’lib, poyasi bilan shoxlarida qisqa bandi yordamida qarama-qarshi joylashgan. О’simlik gullash davrida pastki barglari qurib qoladi. Pushti gullari poyasi bilan shoxlarining yuqoriqismidagi barglari qo’ltig’ida 4-6 tadan halqa shaklida o’rnashgan. Mevasi - to’rtta yong’oqcha.
41-rasm. Bozulbang (Лагохилус), (Лагохилус опьяняющий) - Lagochilus inebrians Bge.
Bozulbang О‘zbekiston, Turkmaniston va qisman Tojikistonning ayrim viloyatlaridagi adirlar va shag’alli tog’ yonbag’irlarida o’sadi. Bozulbang o’simligining yer ustki qismi - guli va bargi xalq tabobatida keng foydalaniladi. Guli va bargi tarkibida 0,2% efir moyi, C va К vitaminlari, karotin, organik kislotalar, qand, smola, 0,67% flavonoidlar, lagoxilin, 11- 14% oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor.
Bozulbangning dori preparatlari (damlama, nastoyka va quruq ekstrakti tabletka holida va logoden preparati) qon ivishini tezlatish va qon bosimini pasaytirish ta’siriga ega bo’lgani uchun o’pkadan, burundan qon oqishini to’xtatish hamda bavosil, gemofiliya, giper- toniya kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladi.
Bozulbangdan tayyorlangan damlama yoki qaynatma xalq tabobatida qon to’xtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bozulbang kamyob, yo’qolib borayotgan o’simlik sifatida “Qizil kitob” ga kiritilgan. Shuning uchun uni tabiiy o’sish joylaridan xomashyosini yig’ish taqiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |