Gazanda o’ti (Крапива двудомная) - Urtica dioica L.
Gazanda o’ti Gazandadoshlar - Urticaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 60-120 (150) sm keladigan ko’p yillik o’t o’simlik hisoblanadi. Poyasi tik o’sadi, to’mtoq to’rt qirrali, shoxlanmagan yoki qarama-qarshi shoxlangan. Barglari keng tuxumsimon, o’tkir uchli, sertuq yirik arrasimon qirrali bo’lib, poya va shoxlarida bandi yordamida qarama-qarshi o’mashgan. Bir jinsli, mayda, ko’rimsiz, yashil rangli, to’rt bo’lakli gullari barg qo’ltig’idan chiqqan boshoqqa to’plangan. Mevasi -yong’oqcha. O’simlikning hamma qismi achituvchi tuklar bilan qoplangan. May- sentabr oylarida gullaydi va mevasi etiladi.
Gazanda o’ti (Крапива двудомная) — Urtica dioica L.
Gazanda o’ti Ukraina, Belorussiya va Rossiyaning Yevropa qismi, Sibir, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Qozog’iston, qisman Uzoq Sharqdagi suvga yaqin yerlarda, O’zbekistonning tog’li o’rmonlarda, yo’l yoqalarida, butazorlarda, aholi yashaydigan yerlarga yaqin joy- larda, tog’ etaklarida o’sadi. Gazanda o’tining bargi tibbiyotda ishlatiladi. O’simlik gullaganda barglari qo’lqop kiyib terib olinadi yoki yer ustki qismini о’rib olib so‘litiladi (o’simlikni quritish jarayonida uning achituvchi xususiyati yo’qoladi), so’ngra bargi terib olinadi va soya yerda quritiladi.
Bargi tarkibida 100-600 mg% C vitamini, K, B2 vitaminlari, 14- 30 mg% karotinoidlar, pantoten kislota, kversetin, atsetilxolin, efir moyi, organik kislotalar, 2-5% xlorofill, mikroelementlar, oshlovchi va boshqa faol moddalar bor.
Gazanda o’tining dori preparatlari (damlama, suyuq ekstrakti, vitaminli choy-yig’ malar tarkibida) qon to’xtatuvchi vosita sifatida hamda surunkali yaralami, vitaminlar yetishmasligidan kelib chiqqan kasalliklami - avitaminozlarni davolash uchun ishlatiladi. Bargi yana jigar kasalliklarida qo’llaniladigan o’t haydovchi allaxol preparati tarkibiga kiradi.
Gazanda o’simligi mevasini Abu Ali ibn Sino nafas qisishi kasalligini davolash uchun, bargini qon oqishini to’xtatuvchi va surgi vosita sifatida qo’llagan. O’simlik bargidan tayyorlangan damlama, qaynatma va barg kukuni xalq tabobatida ko’krak og’rig’i, nafas qisishi, diabet, isitma va bod kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.
Bulardan tashqari, bargidan tayyorlangan damlama va poroshogi nafas yo’llari kasalligida balg’am ko’chiruvchi, siydik haydovchi (siydik yo’llari va buyrak-tosh kasalliklarida) hamda qon oqishini to’xtatuvchi dori sifatida qo’llaniladi.
Soch to’qilishini to’xtatish uchun gazanda bargi damlamasi bilan bosh yuviladi. Bargidan ajratib olingan xlorofilldan farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan bezarar bo’yok tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |