O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Jag’-jag’ (Очамбит), (Пастушья сумка обыкновенная) - Capsella bursa pastoris (L.) Medic



Download 7,92 Mb.
bet123/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Jag’-jag’ (Очамбит), (Пастушья сумка обыкновенная) - Capsella bursa pastoris (L.) Medic
Jag’-jag’ Karamdoshlar (krestguldoshlar) - Brassicaceae (Cruciferae) oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 20-30 ba’zan 60 smgacha yetadigan bir yillik o’t o’simlik. Poyasi bitta, ba’zan bir nechta, tik o’sadi, shoxlangan yoki shoxlanmagan. Ildizoldi barglari bandli, cho’ziq nishtarsimon, kemtik tishsimon qirrali yoki patsimon kesik, ba’zan tekis qirrali bo’ladi. Poyasidagi barglari kichikroq, tekis qirrali bo’lib, bandsiz ketma-ket o’rnashgan. Mayda, oqish rangli, to’rt bo’lakli gullari shingil to’pguliga joylashgan.
Mevasi - teskari uch-burchak yoki teskari uchburchak- yuraksimon ko’sakcha. Jag’-jag’ aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan boshlab yetiladi. Bu o’simlik juda keng tarqalgan tur hisoblanadi. Uzoq shimol va cho’l zonalardan tashqari, barcha mintaqalarda o’tloqlarda, yo’l chekkalarida, aholi yashaydigan yerlarda, dalalarda va ekinzorlarda begona o’t sifatida o’sadi.
Tibbiyotda o’simlikning yer ustki qismi gullaguncha tayyorlana­di va ishlatiladi. O’simlik gullashi va mevasi yetilishi davrida uni ildizi bilan sug’urib olinadi va ildizini qirqib tashlab, salqin joyda quritiladi.
Jag’-jag’ning yer ustki qismi tarkibida gissopin glikozidi, burso kislota, 0,12% C vaK vitaminlari, flavonoidlar, organik(olma, limon, vino va boshqa) kislotalar, xolin, atsetilxolin, inozit, saponinlar, oshlovchi va boshqa faol moddalar bor. Dori preparatlari (damlama, suyuq ekstrakta) qon to’xtatish uchun qo’llaniladi.
Jag’-jag’ qadimdan xalq tabobatida foydalanilib kelinayotgan dorivor o’simlik hisoblanadi. Undan tayyorlangan damlama, aso­san, qon to’xtatuvchi vosita sifatida hamda, jigar kasalliklarini davo­lashda qo’llaniladi.
Isiriq, adraspan (Гармала обыкновенная) - Peganum harmala L.
Isiriq Qushyaproqdoshlar-Zggorhyllaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 20-60 sm bo’lgan o’t o’simlik. Poyasi bir nechta, ser­shox barglari oddiy, 4-5 bo’lakka (bo’laklari chiziqsimon-nishtarsimon) patsimon ajralgan bo’lib, poyasining pastki qismidagilari qisqa bandi yordamida, yuqoridagilari bandsiz poyasi bilan shox­larida ketma-ket joylashgan. Oq, yoki sarg’ish gullari shoxlarining uchki qismida yakka-yakka o’mashgan. Mevasi - sharsimon, uch chanoqli ko’sakcha. Isiriq may-iyun oylarida gullaydi, mevasi avgustda yetiladi.
MDH Yevropa qismining janubiy hududlarida, Markaziy Osiyo, Qozog’iston va Kavkazdagi cho’llarda, adirlarda, o’tloqlarda, tog’larning quyi qismida, qumloq, toshloq, tuproqli joylarda va dala va ekinzorlarda begona o’t sifatida o’sadi.
Xalq tabobatida isiriqning yer ustki qismi qo’llaniladi. Tarkibida 1,5-3% (ildizida 2,15-2,70%, urug’ida 3,5-6%) garmin, peganin (vazitsin), garman, dezoksipeganin va boshqa alkaloidlar bor.
Garmin alkaioidining xlorgidrat tuzi ensefalit kasalligining asoratini, tutqanoq, qaltiroq va Parkinson kasalliklarini davolashda qo’llanilgan.

Dezoksipeganin gidroxloridning ampuladagi eritmasi miasteni- ya, miopatiya va boshqa muskul kasalliklarini hamda asab kasalliklari nevrit, mononevrit, polinevrit kabilarda ishlatiladi. Gripp kasalligi avj olgan paytlarda isiriqni tutatib bemor yotgan xonani dezinfeksiya qilish yaxshi natija beradi.
Isiriq qadim zamonlardan beri xalq tabobatida keng ishlatib kelingan. Uning yer ustki qismini ezib bo’g’inlar og’riganda va nervlar shamollaganda og’rigan yerlarga bog’lashni Ibn Sino buyurgan edi. O’sha vaqtlarda ham isiriqning og’riq qoldirish xususiyati tabiblar- ga ma’lum bo’lgan. O’simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatma xalq orasida bod, bezgalc, tutqanoq, uyqusizlik, shamollash va boshqa kasalliklarda tinchlantiruvchi, uxlatuvchi va og’riq qoldiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Bu qaynatma yana qo’tir va boshqa ten kasalliklariga ham shifo bo’ladi. Shuningdek yer ustki qismining qaynatmasi terlatuvchi va siydik haydovchi ta’sirga ega. Nafas qisish va nafas olish qiyinlashgan vaqtlarda isiriq urug’i qaynatmasini zig’ir urug’i qaynatmasi bilan, bod kasalliklarida isiriq urug’i qaynatmasini qalampir urug’i qaynatmasi bilan birga qo’shib ichish tavsiya qilinadi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish