O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet114/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Nabiev M.N. va boshqalar. Shifobaxsh ne’matlar.-Toshkent, “Mexnat” 1986. - 136 b.

  2. E.T.Berdiyev. E.T.Axmedov. Tabiiy dorivor o’simliklar. Toshkent 2018. 48-bet.

  3. P.Baxodirov K.B. va boshkalar Xazm a’zolari kasalliklarda shifobaxsh o’simliklar va mevalarning foydasi. Toshkent “Ibn Sino” 1992.


15-mavzu. Dorivor buta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari


Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi: Dorivor buta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlarini o’rganish.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni:


Zangori maymunjon (Eжевика сизая)- Rubus caesius L.
Maymunjon turlari Ra’noguldoshlar-Rosaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 50-150 sm ga yetadigan ikki yillik poyali tikanli lianasimon buta yoki yarim buta. Bir yillik poyasi yer bag’irlab (yotib) yoki yoysimon qayrilib o’sadi. Poyalari silindrsimon, shoxlangan.
Barglari uch plastinkali (bo’lakchalari tuxumsimon, o’tkir uchli, tishsimon qirrali) murakkab bo’lib, uzun bandi bilan poyasi va shoxlarida ketma-ket o’mashgan. Oq rangli, besh bo’lakli gullari qalqonsimon shingil to’pgulga joylashgan. Mevasi - ko’k rangli, sershira, danakli murakkab rezavor meva.
Maymunjon may-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyun-avgustda pishadi. Maymunjon Markaziy Osiyo, Kavkaz va G’arbiy Sibiming tog’li hududlarida tog’ yon bag’irlarida, to’qayzorlarda, ariq bo’ylarida, toshli tog’ qiyaliklarida, jarliklarda, o’rmon ostida butalar orasida va boshqa namlik bilan ta’minlangan yyerlarda o’sadi.
Xalq tabobatida maymunjonning yetilib pishgan mevasi, bargi va ildizi ishlatiladi. Mevasi pishganda yig’iladi va quritmasdan yoki oftobda quritib ishlatiladi. Barglari o’simlik gullashi davrida teriladi va soya yerda quritiladi. Ildizini kech kuzda yoki erta bahorda kovlab olinadi, suvda yuvib, tuproq va loydan tozalanadi, mayda bo’lakchalarga qirqib, ochiq havoda quritiladi. Zangori maymunjon bargi tarkibida 80-271 mg% C vitamini, organik kislotalar, karotin, qand, oshlovchi moddalar, mevasida - 6,35-7,46% qand, 2,2% or­ganik kislotalar, 15 mg% C vitamini, karotin, antotsianlar va boshqa biologik faol moddalar bor.
Bargining damlamasi xalq tabobatida shamollash kasalliklari­da terlatuvchi vosita sifatida, tomoq og’riganda og’izni chayish uchun qo’llaniladi. Mevasi terlatuvchi, isitma ko’tarilganda haroratni pasaytiruvchi va chanqoqni qoldiruvchi, ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Ildizidan tayyorlangan qaynatmasi milk kasallanganda og’iz chayish uchirn hamda siydik haydovchi dori sifatida qo’llaniladi. Maymunjonning yangi uzib olingan bargini ezib temiratkiga, surunkali va yiringli yaralarga bog’lansa davo bo’ladi.


Malina (Малина обыкновенная) - Rubus idaeus L.
Malina o’simligi Ra’noguldoshlar - Rosaceae oilasiga man­sub bo’lgan ko’p yillik lianasimon buta. Malina yovvoyi holda O’zbekistonda uchramaydi, uning navlari introduksiya qilingan. Birinchi yilgi poyalari yashil rangli, yog’ochlanmagan, mayda tikanli bo’lib, gul chiqarmaydi va meva qilmaydi.
Bu poyasi qishga borib yog’ochlanadi, tikanlari to’kiladi. Ikkinchi yili gul chiqaradi va mevasi pishgandan so’ng qurib qoladi. Poyalari ikki yillik.
Barglari toq patli, 5-7 ta (poyasining yuqori qismidagilari) uch plastinkali murakkab, barg bo’lakchalari tuxumsimon, pastki tomoni tukli, notekis, arrasimon qirrali bo’lib, uzun bandi yordamida poyasiga ketma-ket o’mashgan. Mayda, ko’rimsiz, yashil oq rangli gullari qalqonsimon ro’vakka to’plangan. Mevasi - qizil rangli, sharsimon yoki konussimon, danakli, murakkab to’pmeva. Malina may oyida gullaydi, mevasi iyunda pishadi. Malina Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sibir o’rmonlarida, o’rmon chetlarida, jarlarda, tog’Iarda, ariq bo’ylarida, o’rmon ostida, butalar orasida va boshqa nam yyerlarda o’sadi.
Malina dorivor va rezavor mevali buta sifatida ko’p miqdorda o’stiriladi. Mevasi tibbiyotda ishlatiladi. Uni to’liq pishgan vaqtida qo’lda ehtiyotlik bilan terib olinadi, quyoshda so’litib, so’ngra quruq va issiq joyda yoki quritgichlarda quritiladi yoki murabbo qilib qo’yish mumkin. Mevasi ko’pincha quritmasdan ham ishlatiladi. Xo’l mevasidan sharbat va meva shirasi tayyorlanadi.
Meva tarkibida organik (2,2% gacha olma, limon, salitsil, vino va boshqa kislotalar), 10% gacha qand, kaliy tuzlari, 45 mg% gacha C, B va P vitaminlari, karotin, pektin, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor. Dori preparatlari - meva damlamasi, sharbati va mevasi terlatuvchi choylar-yig’malar tarkibida turli shamollash kasalliklarida terlatuvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Meva sharbatidan farmatsevtikada suyuq dorilarning ta’mini yaxshilash uchun foydalaniladi.
Yangi terilgan va quritilgan meva damlamasi xalq tabobatida ishtaha ochuvchi, ovqat hazmini yaxshilovchi, terlatuvchi, o’pka va nafas yo’llari shamollaganda balg’am ko’chiruvchi, isitma ko’tarilganda haroratni pasaytiruvchi hamda me’da, ichak kasal- liklariga dori sifatida qo’llaniladi. Malina bargidan tayyorlangan damlama va qaynatma ich ketishni davolash, yo’tal va anginada tomoqni chayish uchun ishlatiladi.


Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish