O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet110/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Nabiev M.N. va boshqalar. Shifobaxsh ne’matlar.-Toshkent, “Mexnat” 1986. - 136 b.

  2. E.T.Berdiyev. E.T.Axmedov. Tabiiy dorivor o’simliklar. Toshkent 2018. 48-bet.

  3. P.Baxodirov K.B. va boshkalar Xazm a’zolari kasalliklarda shifobaxsh o’simliklar va mevalarning foydasi. Toshkent “Ibn Sino” 1992.



13-mavzu. Dorivor buta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari


Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi: Dorivor buta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlarini o’rganish.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni:
Rixter cherkezi (Солянка Рихтера) - Salsoia richteri Karelin.
Cherkez Sho’radoshlar - Chenopodiaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 2-3, ba’zan 5 m bo’ladigan galofit buta yoki kichik da­raxt. Yo’g’on shoxlarining po’stlog’i och kulrang, yosh, bir yillik novdalariniki oq rangli bo’ladi.

Rixter cherkezi (Солянка Рихтера) - Salsoia richteri Karelin.
Barglari silindrsimon yoki ipsimon, tukli, sersuv bo’lib, poya­si bilan shoxlarida ketma-ket o’mashgan. May oylarida barglari sarg’ayib to’kila boshlaydi va kuzga kelib o’simlikning barglari qolmaydi. Qo’ng’ir rangli, besh bo’lakli barg qo’ltig’iga joylash- gan gullari poyasi bilan shoxlari uchida boshoqsimon gul to’plamini hosil qiladi. Mevasi - gulqo’rg’oni bilan birlashgan bir urug’li yong’oqcha.
Cherkez may oyining oxiridan boshlab noyabrgacha gullaydi, mevasi iyuldan pisha boshlaydi. Markaziy Osiyoning Qizilqum va Qoraqum cho’llarida, ko’chma qumlar harakatini to’xtatishda muhim ahamiyatga ega, temir yo’l yoqalarida ko’plab o’stiriladi.
Cherkezning mevasi tibbiyotda ishlatiladi. Sentabr-noyabr oy­larida, mevalaming asosiy qismi qizarganda ulami o’simlikdan sidirib (brezent qo’lqop yordamida) olinadi, tozalanadi va ochiq havoda quritiladi. Mevalari tarkibida 1,6% gacha (salsolin, salsolidin va hokazo) alkaloidlar bor.
Salsolin alkaloidining gidroxlorid tuzi tabletka va eritma hoiida qon bosimi oshganda, bosh og’riganda qo’llanilgan. Xalq tabobatida cherkez og’riq qoldiruvchi, gijja haydovchi dori sifatida va yurak kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladi. Yerustki qismi damlama- si qon bosimini pasaytirish va bosh og’rig’ini qoldirish maqsadida bemorlarga ichishga beriladi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish