Foydalanilgan adabiyotlar.
Nabiev M.N. va boshqalar. Shifobaxsh ne’matlar.-Toshkent, “Mexnat” 1986. - 136 b.
E.T.Berdiyev. E.T.Axmedov. Tabiiy dorivor o’simliklar. Toshkent 2018. 48-bet.
P.Baxodirov K.B. va boshkalar Xazm a’zolari kasalliklarda shifobaxsh o’simliklar va mevalarning foydasi. Toshkent “Ibn Sino” 1992.
11- mavzu. Dorivor daraxt turlarining shifobaxsh xususiyatlari
Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi: Dorivor daraxt turlarining shifobaxsh xususiyatlarini o’rganish.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni:
Tog’olcha (Слива растопыренная) - Prunus sogdiana Vass.
Tog’olcha yoki yovvoyi olxo’ri Ra’noguldoshlar - Rosaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 12 mga yetadigan mevali daraxt. Tog’ olcha asosan togdarda keng tarqalgan va mevasining rangi, yirikligi va mazasiga ko’ra kuchli polimorf xususiyatlami namoyon qilgan. Tog’olcha olxo’rining madaniy navlarini yovvoyi ajdodi hisoblanadi. Barglari ellipssimon, cho’ziq-ellipssimon, tuxumsimon yoki teskari tuxumsimon, tishsimon, ba’zan qo’shaloq tishsimon qirrali bodib, bandi yordamida shoxi bilan poyasida ketma-ket o’mashgan. Gullari besh bodakli, oqyashilroqyoki bir oz sarg’imtir. Mevasi turli shaklda, katta-kichikligi ham har xil, sarg’ish, och yashil, to’qqizil, gunafsha rangli, sershira danakli meva hisoblanadi. Tog’olcha aprel oyida gullaydi, iyul- avgust oylarida mevasi pishadi.
MDHning Yevropa qismi, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Qozogds- ton, Sibir va Uzoq Sharqda bogdarda mevali daraxt sifatida ko’plab o’stiriladi. Xalq tabobatida olxo’rining mevasi ishlatiladi. Uni mevasi pishgan vaqtida terib olinadi va quyoshda quritiladi yoki quritilmasdan ishlatiladi. Mevasi tarkibida 36-17,2% qandlar, 0,59-1,6% organik (olma, limon, oksalat, xin va boshqa kislotalar), 10 mg% C, B, E, PP va R vitaminlar, karotin, biotin, flavonoidlar (kversetin, izokversitrin va boshqalar), antotsianlar, pektin, oshlovchi, mineral va boshqa moddalar bor. Tog’olcha mevasi surgi vosita sifatida qofllaniladigan kafiol preparati tarkibiga kiradi.
Tog’olchani Ibn Sino ham surgi (ko’prok quritilmagan holida) va o’t haydovchi vosita sifatida qo’llagan. Uning fikricha, nordonroq olxo’ri o’tni kuchliroq haydaydi, surgi ta’siri esa shirinida kuchliroq. Ibn Sino tog’olcha daraxtining tanasi va shoxlaridan olinadigan yelimni yaralami davolashda, unga sirka, asal yoki shakar qo’shib temiratkiga qarshi ishlatgan. Tog’olcha yelimini yana qovuqdagi toshlami maydalash va tushirish, meva shirasini esa ayollarda ginekologik kasalliklarda qo’llagan.
Tomoq og’riganida tomoqni tog’olcha va olxo’li bargi qaynatmasi bilan chayishni buyurgan. Tog’olcha va olxo’ri mevasi (quritilgan va quritilmagan xoldagisi) hamda uning shirasi yumshoq, surgi ta’siriga ega.
Nordon navlari ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Shuning uchun xalq tabobatida tog’olcha va olxo’ri mevasi yoki quritilgan meva qaynatmasi (yoki damlamasi) qabziyatda surgi dori o’mida hamda o’t pufagi, buyrak, yurak kasalliklarida qo’llaniladi. Bundan tashqari, mevasining shirasi ishtaha ochish (nordon navlarining shirasi) va ovqat hazmini yaxshilash uchun qo’llaniladi. Bu shira ayniqsa qish va bahor oylarida, organizm vitaminlarga muhtoj bo’lganda foydali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |