O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Oddiy chetan (Рябина обыкновенная) - Sorbus aucuparia L



Download 7,92 Mb.
bet105/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Oddiy chetan (Рябина обыкновенная) - Sorbus aucuparia L.
Oddiy chetan Ra’noguldoshlar - Rosaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 4- 5, ba’zan 15 m gacha yetadigan O’zbekistonga int­roduksiya qilingan daraxt yoki buta. Poyasi kulrang, silliqpo’stloqli, yosh shoxiari sertuk. Bargi 4-7 bargchadan tashkil topgan toqpatli murakkab bo’lib, bandi yordamida poya va shoxlarida ketma-ket o’mashgan. Bargchalari cho’ziq-nishtarsimon, arrasimon qirrali. Oq rangli, besh bo’lakli gullari qalqonsimon to’pgulga joylashgan. Mevasi dumaloq, sersuv, qizil rangli, 2-7 upug’li ho’l meva, Chetan may- iyun oylarida gullaydi, mevasi sentabrda pishadi.
Chetan turlari MDHning Yevropa qismida o’rmon-cho’1 zonasida hamda Kavkazda ninabargli va aralash o’rmonlarda, o’rmon chetlarida o’sadi. O’zbekiston florasida 2 chetan turi - Turkiston va tyan-shan chetani tog’li hududlarda tarqalgan. Bog’ va xiyobonlarda manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Tibbiyotda chetanning me­vasi ishlatiladi. Mevasi pishganda (sovuq tushgandan keyin) yig’ib olinadi, quritgichlarda quritiladi yoki quritilmay qo’llaniladi. Sovuq tushganda mevasi yoqimli, achchiq-nordon mazaga ega bo’lib qoladi.
Oddiy chetan mevasi tarkibida 160 (40-200) mg% C vitamini va R vitamini, 18 mg% karotin, 8% gacha organik (limon, olma, vino) kislotalar, qandlar (glyukoza, fruktoza, saxaroza), flavonoid­lar (kversitrin, izokversitrin, rutin va boshqalar), efir moyi, sorbit, oshlovchi va boshqa moddalar mavjud. Urug’ida amigdalin gliko­zidi va 22% gacha yog’ bor. Meva va uning damlamasi singa va boshqa avitaminoz kasalliklarini davolash va ulaming oldini olish uchun qo’llaniladi. Mevasi vitaminli choylar-yig’malar tarkibiga kiradi. Chetan mevasi xalq tabobatida ishtaha ochuvchi dori sifatida hamda singa kasalligini davolash va oldini olish uchun qadimdan qo’llanilib kelingan.
Oddiy qarag’ay (Сосна обыкновенная) - Pinus sylvestris L.
Oddiy qarag’ay qarag’aydoshlar - Pinaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 40 m gacha yetadigan doim yashil ninabargli daraxt. Daraxt tanasida shoxiari to’p-to’p joylashgan. Ninabarglari yarim silindrsimon, qattiq, o’tkir uchli, ichki tomoni bo’liq ustki tomoni do’ng, poyada juft-juftbo’lib o’mashgan. Gullari bir jinsli, ko’rimsiz, qubbalarga joylashgan. Otalik qubbalari bahorda yosh novdalarda hosil bo’ladi, onalik qubbalari novdalaming uchki qismida 1-3 tadan joylashadi. Onalik qubbalari ikkinchi yili pishadi va yog’ochlanib qoladi.
Oddiy qarag’ay MDHning Yevropa qismi, Sibir, Qozog’istonning shimoliy qismi, Kavkaz va Uzoq Sharqdagi ninabargli о‘rmonlaming asosiy o’rmon hosil qiluvchi daraxtlaridan hisoblanadi, 150 mln gektarga yaqin maydonda o’sadi. O’zbekistonga introduksiya qilin­gan, tog’li hududlarda yaxshi o’sishi bilan ajralib turadi.
Tibbiyotda oddiy qarag’ayning kurtagi, efir moyi, smolasi va smoladan olingan mahsulotlari ishlatiladi. Qo’shaloq kurtaklar erta bahorda, bo’rtgan vaqtida о’sib chiqqan joyi bilan birga qirqib olina­di va salqin joyda uzoq vaqt quritiladi. Efir moyi 15-20 sm uzunlikdagi quritilmagan novdalardan suv bug’i yordamida haydab olinadi. Smola va uning mahsulotlari daraxt po’stlog’ini tilib, daraxtni quruq haydash yoki ekstraksiya qilish usuli bilan olinadi.
Qarag’ay kurtagi tarkibida 0,36% efir moyi, vitamin E, oshlov­chi va boshqa moddalar, qarag’ayning bargli shoxchasida 0,13-1,3% efir moyi, 7-12% smola, C vitamini, karotin va boshqa birikmalar bor. Bargli novdalaridan olingan efir moyi 40% pinen, 40% limonen, 11% gacha bomilatsetat va boshqa terpenoidlardan tashkil topgan.
Kurtagi damlamasi balg’am ko’chiruvchi, dezinfeksiya qiluvchi va siydik haydovchi vosita sifatida hamda yuqori nafas yo’llari kasallanganda ingalyasiya qilish uchun qo’llaniladi. Barg damlama­si singa kasalligida va uning oldini olishda, ekstrakti - shifobaxsh vanna uchun ishlatiladi. Efir moyining spirtdagi eritmasi dezodrant sifatida xonalar (ko’pincha kasalxonalarda) hidini yaxshilash uchun purkaladi.
Qarag’ay smolasidan hamda yog’ochidan quruq haydash usuli bilan skipidar, kanifol, qoramoy va pista ko’mir olinadi. Skipidar turli surtmalar, balzam va boshqa aralashmalar tarkibida nevralgiya, bod va boshqa shamollash kasalliklarida og’rigan yerga surtish, nafas yo’llari kasallanganda ingalyasiya qilish uchun ishlatiladi. Qoramoyi Vishnevskiy surtmasi tarkibida bo’lib yaralami davolash­da, Vilkinson surtmasi tarkibida qo’timi, ekzema va temiratkini davolashda qodlaniladi.
Kanifol turli malhamlar tarkibiga kiradi. Pista ko’mir preparati — korbolen tabletkasi me’dada yig’ilib qolgan gazlami (meteorizm) yo’qotishda yordam beradi. Smola, skipidar, kanifol, qoramoy, pista ko’mir xalq xo’jaligining turli sanoat tarmoqlarida va texnikada keng foydalaniladi.


Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish