Zaytun, Yevropa zaytuni (Маслина европейская,)- Olea europaea L.
Zaytun daraxti Zaytundoshlar - Oleaceae oilasiga mansub bo’lib, balandligi 3-7 m gacha yetadigan doim yashil daraxt. Barglari nishtarsimon yoki cho’ziq shaklda, qalin, tekis qirrali, ustki tomoni to’q yashil, pastki tomoni kulrang bo’lib, poyasi bilan shoxlarida qisqa bandi bilan qarama-qarshi o’mashgan. Mayda, ko’rimsiz gullari shingilga yoki kam shoxli g’ovakka to’plangan. Mevasi - tuxumsimon yoki sharsimon danakli ho’l meva.
Zaytun may-iyun oylarida gullaydi, mevasi sentabr-dekabrda pishadi. Bu qimmatli daraxt O’rta yer dengizi atroflarida, Qrim, Kavkaz va Markaziy Osiyoning janubiy subtropik mintaqalarida o’stiriladi. Zaytun eng qadimgi madaniylashtirilgan daraxt turi hisoblanadi. Mevasidan olinadigan moyi qimmatli xomashyo hisoblanadi. Mevalari to’liq yetilganda ehtiyotlik bilan yig’ib olinadi va moy olish uchun zavodlarga yuboriladi. Mevasida 70%, urug’ida 30% zaytun moyi bo’ladi.
Moy emulsiyasi buyrak, o’t pufagi va o’t yo’llari, jigar, qovuq va siydik yo’llarida paydo bo’lgan toshlarni tushirishda hamda me’da-ichak kasalliklarida qo’llaniladi. Moyidan yana ba’zi dori moddalaming eritmalari va surtmalarini tayyorlash uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, moyi yumshoq surgi ta’siriga ega. U «Olimentin», «Sistenal», «Enatin», «Rovatin», «Rovaxol» kabi kompleks preparatlar tarkibiga kiradi. Zaytun moyi xazmi yengil shifobaxsh bo’lib, oziq-ovqat maqsadlarida keng ishlatiladi va undan texnikada ham foydalaniladi.
Yevropa zaytuni (Маслина европейская)- Olea europaea L.
Oddiy anjir — (Инжир обыкновенный) - Ficus carica L.
Bu mevali o’simlik Tutdoshlar - Moraseae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 8 m gacha yetadigan buta yoki kichik daraxt. Barglari yirik umumiy ko’rinishi yumaloq-tuxumsimon yoki tuxumsimon, uch-besh bo’lakli bo’lib, uzun bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket joylashgan. Mayda, ko’rimsiz gullari noksimon, uchi teshik to’pgulning ichiga o’mashgan. Mevasi - noksimon yoki yassi sariq yoki to’qqizil-qo’ng’ir rangli, sershira to’p meva.
Anjir yovvoyi holda Tojikiston, Turkmaniston janubidagi quruq subtropik hududda va Kavkaz subtropiklaridauchraydi. Anjir O’zbekistonda, Qozog’iston, Rossiyaning Krasnodar o’lkasi, Kavkaz va Qrirnda madaniy holda ko’plab navlari o’stiriladi, ulami sovuqdan saqlash uchun qishga ko’miladi. Tibbiyotda anjiming bargi va mevasi ishlatiladi. Mevasi tarkibida 20,3% gacha (quritilganida 75%) qandlar, vitamin B va C, karotin, organik (oksalat, limon, olma, sirka) kislotalar, fitsin, amilaza va proteinaza fermentlari va boshqa biologik faol moddalar, bargida furokumarinlar (psoralen, bergapten va boshqalar) bor. Mevasi surgi dori — kafiol tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |