O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet99/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Grek yong’og’i (Орех грецкий) -Juglans regia, L.
Yong’oq po’stlog’i tarkibida oshlovchi, bo’yoq moddalar, bargi tarkibida gidroyug-lonlar va ularning glikozidlari, flavonoidlar (kver­setin va kempferol glikozidlari), 4-5% C, P va B2vitaminlari, karo­tin, efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Bundan tashqari, uning yosh mevasi po’stida 3% gacha vitamin C, gidroyuglonlar, 25% gacha oshlovchi moddalar, urug’i (mag’zi) da 66,9-82,8% yog’, karotin, C, E, P va B guruxidagi vitaminlar, temir, kobalt tuzlari va boshqa mikroelementlar bor.
Bargidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida me’da-ichak yallig’lanishi, ich ketishi, diabet va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Shu damlama bilan teri sili va boshqa teri kasalliklari, bolalarning raxit va shirincha kasalliklari hamda turli yaralar davolanadi, angina va gingivitda og’iz chayiladi. Barg shirasi temiratki, teri kasalliklarini davolashda qo’llanadi. Qorin og’riganda va ko’ngil ayniganda yong’oq mag’zini iste’mol qilish buyuriladi.
Bargidan olingan yuglon preparati (surtma, eritma va suspenziyalar) ilmiy tibbiyotda teri sili, ekzema, surunkali epidermofitiya, temiratki, terining yuqumli, yiringli va boshqa kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladi. Yong’oqning xom mevasi po’stida yuqori miqdorda C vitamini (2000 mg % gacha) mavjud bo’lib, un­dan C vitamin konsentrati tayyorlanadi, singa va boshqa avitaminoz kasalliklarini davolash hamda ularning oldini olishda ishlatiladi.


Sharq jiydasi (Лox восточный) - Elaeagnus orientalis L.
Jiyda jiydadoshlar-Elaeagnaseae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 3-7 m ga yetadigan daraxt. Daraxt tanasi qizil-qo’ng’ir po’stloq bilan qoplangan. Yosh novdalari va bargi kumush-oq rangli, qalin va qattiq tangachalar bilan qoplangan. Barglari nishtarsimon yoki ellipsimon, o’tkir uchli bo’lib, poya va shoxlarida bandi bilan ketma-ket o’mashgan. Xushbo’y, sariq rangli, to’rt bo’lakli gullari 1-3 tadan barg qo’ltig’iga joylashgan, Mevasi - sariq rangli, cho’ziq-dumaloq, danakli meva.
Jiyda mevasi may oyida gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda pishadi. Jiyda Markaziy Osiyo, MDH Yevropa qismining janubiy hudud­larida, Kavkaz va Qozog’iston, G’arbiy Sibirdagi to’qayzorlarda o’sadi. Sharq jiydasining xalq seleksiyasi navlari “non jiyda” nomi bilan keng miqyosda aholi tomonidan mevali daraxt sifatida o’stiriladi.
Xalq tabobatida jiydaning mevasi ishlatiladi. Mevasi to’liq pi­shib yetilgan vaqtida qoqib olinadi va ochiq havoda soyada quriti­ladi. Jiyda mevasi tarkibida 40-67,8% qandlar (jumladan 16,12-44,6% fruktoza, 18- 32,79% glyukoza), 36% gacha tanidlar, 0,44-2,46% organik kislotalar, 100 mg% gacha C vitamini, mineral tuzlar, bargida 251,6 - 350,0 mg% C vitamini, gulida 0,2- 0,3% efir moyi, po’stlog’ida alkaloidlar (tetragidrogarmol, N-metil tetragidrogarmol) bor.

2-rasm. Sharq jiydasi (Лox восточный) - Elaeagnus orientalis, L.
Jiyda mevasi (yoki meva qaynatmasi) xalq taboba­tida me’da-ichak kasalliklarida (ich ketishda), yuqori nafas yo’llari shamollashida qo’llaniladi.
Mevasidan olingan “pshiatin” preparati ilmiy tibbiyotda me’da-ichak kasalliklarini davolashda ichishga, og’iz bo’shlig’i yallig’langanda chayish uchun ishlatiladi. Daraxt tanasidan olingan jiyda yelimi farmatsevtika amaliyotida emulgator sifatida ishlatiladi.


Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish