O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


-mavzu. Dorivor buta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari



Download 7,92 Mb.
bet112/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

14-mavzu. Dorivor buta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari


Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi: Dorivor buta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlarini o’rganish.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni:


Efedra, qizilcha (Эфедра, хвойник) - Ephedra L.
Qizilcha turlari Zog’ozadoshlar - Ephedraceae oilasiga mansub bo’lib, ikki uyli, yer bag’irlab o’suvchi sershox butalar hisoblanadi. Markaziy Osiyoda o’sadigan zog’ozaning quyidagi uch turidan tibbiyotda foydalaniladi. Oddiy qizilcha - (Эфедра двухколоско­вая) - Ephedra distachya L. bo’yi 10-12 sm (ba’zan 50 sm gacha) bo’ladigan past buta.

34-rasm. Qizilcha, efedra (эфедра, хвойник) - Ephedra L.
Efedra Markaziy Osiyo (Qoraqalpog’iston, Turkmanistonda Kaspiy oldi tekisligining shimoliy qismida), MDH Yevropa qismining janubida, Qozog’iston, Kavkaz va G’arbiy Sibirdagi cho’l, yarimcho’l va tog’laming mayda tosh-tuproqli yon bag’irlarida ko’plab o’sadi.
Qirqbo’g’imsimon qizilcha, tog’ efedrasi (Эфедра хвощевая) - Ephedra equisetina Bge. bo’yi 1,5-2, 5 m ga etadigan sershox buta. U asosan Markaziy Osiyo respublikalarida, Qozog’istonda, qisman Oltoy va Kavkazdagi tog’laming pastki va o’rta qismida, dengiz sathidan 1000-1800 m (janubiy qiyaliklarda 3400 m gacha) balandlikdagi tog’yonbag’irlarida, quruq, shag’alli tog’qiyaliklarida o’sadi.
Cho’l qizilchasi, efedrasi (Эфедра средняя) - Ephedra intermedia Screnk. bo’yi 1 m gacha bo’lgan sershox buta. Markaziy Osiyo respublikalaridagi yarim cho’llarda, qumli tepaliklarda, tog’ etaklarida hamda tog’laming pastki qismidagi shag’alli va toshli yonbag’irlarida, qumq yerlarda o’sadi.
Qizilcha turlarining poyasi tik o’sadi, shoxlari va shoxchalari bo’g’imli, yog’ochlangan, silindrsimon. Barglari nihoyatda reduksiyalangan (o’zgargan), tangachasimon bo’lib, poyasi bilan shoxlarining bo’g’imlarida qarama-qarshi o’mashgan. Gullari bir jinsli, otalik va onalik gullari alohida о’simliklarda joylashgan. Mevasi -
sharsimon yoki dumaloq ellipssimon, qizil yoki sarg’ish-qizil rangli, bir yoki ikki urug’li. Qizilcha may-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda etiladi.
O’simlikning yashil rangli, yog’ochlanmagan shox va shoxchalarini aprel oyida qo’l bilan sindirib yoki pichoq, o’roq bilan qirqib olinadi va ochiq havoda, quyoshda quritiladi. O’simlikning yangi novdalari о’sib yetilganda, yana iyun yoki iyul oylarida qaytadan о’rib olinadi. Qizilcha turlarining yer ustki qismi tarkibida 0,25- 3,2% alkaloidlar, fenol kislotalar (benzoat, dolchin, kumar, protoka- tex va boshqalar), 240-660 mg% C vitamini, 2,34-14,04% oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor.
Alkaloidlaming asosiy qismini efedrin (summaning 90% atrofida), qolgan qismini psevdoefedrin va metilefedrin tashkil qiladi. Qizilcha turlarining alkaloidlaridan faqat efedrin gidroxlorid tuzi tibbiyotda ishlatiladi. Tog’ qizilchasi efedrin olish uchun asosiy manba hisoblanadi. Agarda tog’ qizilchasi yetarli bo’lmasa, u holda cho’l qizilchasidan ham olinadi.
Oddiy qizilchadan efedrin olinmaydi, chunki uning tarkibida alkaloidlar miqdori kam (0,25-l,7%). Efedrin gidroxloridning poroshok, tabletka va ampuladagi eritmasi og’ir operatsiya yoki travmadan so’ng ko’p qon yo’qotilishi natijasida yuz bergan kollaps holatida, qon bosimi pasayganda (gipotoniya), miosteniya, allergik, bronxial astma, pichan isitmasi (pichan astmasi), eshakem toshganda, tumov va boshqa kasalliklarda qo’llaniladi. Efedrin gidroxlorid yana morfin va skopolamin alkaloidlari hamda narkotik va uxlatuvchi dorilar bilan zaharlanganda ham ishlatiladi.
Tog’ (qirqbo’g’imsimon) qizilchasining yosh novdalaridan tay­yorlangan damlama va qaynatma xalq tabobatida qattiq shamollash, bezgak, bod, yurak, o’pka, bosh og’rigi, me’da yarasi va boshqa kasalliklami davolashda ishlatiladi. Shu damlama yoki qaynatma bilan qo’tir, teri qichishi va terming boshqa kasalliklari davolanadi. Tog’ qizilchasi mevasidan tayyorlangan murabbo isitmani tushirish uchun qoilaniladi.
Qizilcha yer ustki qismi yondirilgandagi tutuni bilan bemorlaming kiyimlari dezinfeksiya qilinadi. Oddiy qizilcha yosh novdalaridan tayyorlangan damlama va qaynatma bilan xalq tabobatida yurak, nafas yo’llari, me’da-ichak dardlari, bod, podagra va boshqa kasalliklar davolanadi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish