Foydalanilgan adabiyotlar.
Nabiev M.N. va boshqalar. Shifobaxsh ne’matlar.-Toshkent, “Mexnat” 1986. - 136 b.
E.T.Berdiyev. E.T.Axmedov. Tabiiy dorivor o’simliklar. Toshkent 2018. 48-bet.
P.Baxodirov K.B. va boshkalar Xazm a’zolari kasalliklarda shifobaxsh o’simliklar va mevalarning foydasi. Toshkent “Ibn Sino” 1992.
4-mavzu. Chet el florasiga mansub dorivor o’simliklarni tabiiy tarqalish areallari.
Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi: Chet el florasiga mansub dorivor o’simliklarni tabiiy tarqalish areallari bilan tanishtirish.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni: Qadim zamondan boshlab inson yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan turli kasalliklami davolashda foydalanib keladi. Hozirgi davrda dorivor o’simliklarni turlari ko’payib, xalq tabobati amaliyoti ham shifobaxsh o’simliklar bilan boyigan.
Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o’simliklaming aksariyati asrlar davomida xalq tomonidan keng ishlatilib kelingan o’simliklar hisoblanadi. O’zbekistonda dorivor daraxt-buta o’simliklardan ko’proq anjir, anor, bodom, grek yong’og’i, xandon pista, oshlovchi totim, eman, o’rik, chetan, na’matak, zirk, Chakanda, do’lana, tog’jumrut, cherkez, chetan, jiyda, chilonjiyda, ko’p yillik va bir yillik dorivor o’simliklardan achchiqmiya, dorivor gulxayri, jag’-jag’, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, sachratqi, choyo’t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio’t, moychechak, yalpiz va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan - paxikamin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkaloidlari olinadi. Anor po’stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg’am ko’chiruvchi va yumshatuvchi, jag’-jag’ va lagoxilus dorilari qon ketishni to’xtatuvchi, pista bujg’uni va choyo’tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida, zirk o’simligidan berberin alkaloidi, na’matakdan C vitamini, Chakandadan Chakanda moyi olinadi.
Dorivor o’simliklar ta’sir etish mexanizmiga ko’ra 2 xilga ajratiladi: ta’sir qiluvchi moddalaming tarkibiga qarab - alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli, flavonoidli va boshqalar; farmakologik ko’rsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi, og’riq qoldiruvchi, ux- latuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo’zg’atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va hokazo dorivor o’simliklar. “O’zfarmsanoat” kimyo-farmatsevtika zavodlarida O’zbekistonning mahalliy sharoitlarida o’sadigan va madaniy sharoitlarida ekib o’stiriladigan dorivor о’simliklaming xomashyo- si asosida turli-tuman dorivor preparatlar tayyorlanadi. Masalan, oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qo’llaniladigan psoralen, yapon soforasi g’unchasidan fiziologik faol ta’sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkaloidi, kendirdan strofantin, si- marin, yurak glikozidlari, cherkezdan salsolin alkaloidi, zirkdan berberin alkaloidi, Chakanda mevasidan Chakanda moyi, na’matakdan C vitamini va boshqa preparatlar tayyorlanadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin dorivor о’simliklaming mahsulotidan foydalaniladi. Ushbu dorivor o’simliklar mahsulotining 48% yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitlarida joylashgan fermer va davlat xo’jaliklaming dorivor o’simliklar o’stiriladigan dalalaridan tayyorlanadi. Qolgan 22% “aralash” guruhni tashkil qiladi, ya’ni bu guruh dorivor o’simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda ham sanoat plantatsiyalarda o’sadigan, o’simliklardan yig’iladi. Keyinchalik “aralash” guruh dorivor o’simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlaming salmog’i umumiy yig’iladigan dorivor mahsulot miqdorida yilsayin oshib borishi kutilmoqda.
Buning asosiy sababi sug’oriladigan maydonlarda o’stiriladigan dorivor о‘simliklar mahsuloti yil sayin ortib bormoqda. Farmatsevtika korxonalari va aholining dorivor o’simliklar mahsulotlariga ehtiyojining o’sib borishi natijasida ularning xomashyosini tayyorlash miqdori ham ko’paymoqda. Bu esa o’z navbatida qator dorivor o’simliklarning tabiiy zahiralarini kamayib ketishiga, natijada ularning xomashyosini tayyorlanishini keskin chegaralashga yoki bu- tunlay taqiqlashga olib kelmoqda. Masalan, O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan bozulbangning yer ustki qismi va piyozining ko’p tayyorlanishi natijasida ulami zaxirasi tabiiy o’sish joylarida juda ham kamayib ketdi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu o’simlik O’zbekiston “Qizil kitobiga” kiritilgan.
Ushbu o’simliklarni tabiiy sharoitlarda xomashyosini tayyorlash hozirgi paytda to’xtatilgan. Dorivor o’simliklar mahsulotiga muntazam ravishda talabning oshib borishi va uni yovvoyi holda o’sadigan o’simliklar zaxirasi yetarli emasligidan, ulami madaniy- lashtirishni taqozo etadi, ya’ni ushbu o’simliklami sug’oriladigan mintaqalarda madaniy sharoitlarda o’stirish agrotexnikasini ishlab chiqish davr talabi bo4lib qolmoqda. Ba’zan kamyob dorivor o’simliklar xomashyosiga talab katta bo’lsa-yu, lekin ulaming tabiiy zaxiralari yig’ish uchun noqulay tog’li joylarda yoki kam miqdorda, katta hududlarda tarqoq holda uchrasa, bu dorivor o’simliklaming xomashyosini tayyorlash sug’oriladigan yerlarda o’stirishdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday o’simliklarni madaniy sharoitlarda o’stirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |