NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
Dorivor o’simliklarni muhofaza qilishning ahamiyatini tushuntiring.
Dorivor o’simliklarni muhofaza etuvchi davlat organlari va ularning strukturasini tushuntiring.
O’simlik dunyosini himoya qilish bo’yicha davlat qonunlari va qarorlarini sanab bering.
O’zbekiston “Qizil kitobi” va uning ahamiyati hamda unga kiritilgan kamyob, noyob va yo’qolib ketayotgan o’simliklami aytib bering.
Dorivor o’simliklarni muhofaza etishdagi asosiy chora- tadbirlami sanab bering.
2. AMALIY MASHG’ULOTLAR.
1-mavzu. O’zbekiston florasiga mansub dorivor o’simlik turlari.
Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi: O’zbekiston florasiga mansub dorivor o’simlik turlari haqida ma’lumot berish.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni: Hozirgi paytda tibbiyotda 232 ga yaqin dorivor o’simliklardan foydalaniladi. Ularning 48% yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar bo’lsa, qolgan qismi madaniy sharoitlarda o’stiriladigan va xomashyosi chetdan keltiriladigan o’simliklar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida birinchi marta dorivor o’simliklami etishtirish ishlari 1973 yilda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi xo’jaliklarda amalga oshirilgan. Keyinroq (1978 yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o’simliklar o’stirishga ixtisoslashgan o’rmon xo’jaligi tashkil qilindi. Bu xo’jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor timoqgul, na’matak, achchiq shuvoq (erman), bo’lakli ituzum, mayda gulli tog’rayxon, moychechak, arslonquyruq, valeriana va boshqa dorivor o’simliklar o’stirilgan.
Ulardan yig’ilgan dorivor mahsulotlar O’zbekiston dorixonalarini ta’minlash va qayta ishlash uchun Chimkent kimyo-farmatsevtika zavodi va boshqa korxonalarga jo’natilgan. Hozirgi kunda dorivor o’simliklami o’stirib yetishtiradigan maxsus ixtisoslashgan xo’jaliklar O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi tizimida va Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida tashkil qilingan.
O’zbekiston Respublikasi FA ga qarashli Toshkent botanika bog’ining katta ilmiy xodimi Q.H. Xo’jaev, keyinchalik shu bog’ning dorivor o’simliklami madaniylashtirish va iqlimlashtirish laboratoriyasining mudiri, katta ilmiy xodim Yu.M. Murdaxaev, Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya va botanika kafedralarining ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda qo’shni respublikalardani hamda dunyoning boshqa geografik hududlaridan keltirilgan 67 turdagi dorivor o’simliklami Toshkent shahri iqlim sharoitlarida o’stirishga erishdilar.
Ushbu tadqiqotlar Toshkent viloyati sharoitlarida timoqgul, qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor valeriana, fenxel (dorixona ukropi), dorivor moychechak, qora andiz, ajgon (zirai karmoni), arpabodiyon, oddiy dastarbosh, na’matak turlari, butasimon amorfa, qizil angishvonagul, yoyiq erizimum, kendir turlari, Kavkaz yamsi, Manchjuriya araliyasi, tog’ jumrut, sano (kassiya) turlari, patriniya, tuxumak, besh bo’lakli arslonquyruq, dorivor zangvizorba, yarim butasimon sekurinega, bo’rigid turlari, qoraqobiq turlari, belladonna, meksika bangidevonasi, pol-pola, bo’lakli ituzum, gangitu- vehi buzulbang va boshqa dorivor o’simliklami yetishtirish imkoniyatlari mavjudligini ko’rsatdi.
Ko’pgina mahalliy va introduksiya qilingan dorivor o’simliklar agrotexnikasi Butun rossiya dorivor o’simliklar instituti (VILR) hamda uning tajriba stansiyalarida, Botanika bog’larida ishlab chiqilgan. Bu yo’nalishda VILR va uning tajriba stansiyalarini xizmati katta bo’lib, ular chet eldan keltirilgan bir qancha tropik va subtropik dorivor o’simliklami MDH tuproq-iqlim sharoitlarida o’stirishning agrotexnika qoidalarini ishlab chiqqanlar.
Respublikamizning turli hududlarida joylashgan o’rmon va ixtisoslashgan xo’jaliklarda quyidagi dorivor o’simlildar o’stirilmoqda: xinin daraxti, koka butasi, aloe turlari, ortosifon, dixroa, zaytun, sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi, kalanxoy turlari, uyatchang mimoza, to’q qizil passiflora, rauvolfiya turlari, soxta- kashtan, safora, pushti katarantus (bo’rigul), yumaloq bargli Stefaniya, evkalipt turlari, ginkgo, ituzum, moychechak, kalendula, pol-pola, topinambur va boshqalar. Ushbu ishlar poyoniga yetgani yo’q, kelgusida Respublikamizga yangi dorivor o’simliklami introduksiya qilish va ularni mahalliy sharoitlarga iqlimlashtirish ishlari rejalashtirilmoqda.
Sug’oriladigan maydonlarda o’stiriladigan dorivor o’simliklar yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simlildardan katta farq qiladi, ya’ni o’stiriladigan dorivor o’simlik mahsulotidabegona o’simliklar aralashmasi bo’lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida o’stirilgan dorivor o’simliklar serhosil va biologik faol moddalarga ham boy va hosildorligi; ham yuqori boMadi. Dorivor o’simliklami seleksiya qilish, serhosil shakllarini va turlarini tanlab olish, ulami chatishtirish orqali dumgaylarini yaratish yo’li bilan ekiladigan dorivor o’simliklaming hosildorligini va tarkibidagi biologik faol bo’lgan kimyoviy birikmalar miqdorini oshirish mumkin.
Demak, ba’zi bir dorivor o’simliklami madaniy sharoitlarda o’stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar mahsulotini yig’ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi. O’zbekistonda dorivor o’simliklar asosan turli tuproq iqlim hududlarida joylashgan “O’zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi, “Shifobaxsh” ICHB va Qishloq va suv xo’jalik vazirligiga qarashli O’rmonchilik bosh boshqarmasi- ning ixtisoslashgan xo’jaliklarda yetishtirilmoqda.
Respublikamizning qariyb hamma viloyatlaridagi ,,Farmatsiya“ ishlab chiqarish birlashmalari qoshida dorivor o’simliklar o’stiradigan maydonchalar taslikil qilingan bo’lib, ularda viloyat dorixonalar talabiga binoan tegishli o’simliklarni o’stirmoqdalar.
Hozirgi kunda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi dorivor o’simliklarga ixtisoslashgan “Dorivor o’simliklar” MCHJ ixtisoslashgan xo’jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor timoqgul, dorivor moychechak, ituzum, - arslonquyruq, pol-pola, na’matak va boshqa dorivor o’simliklar o’stirilmoqda.
Yangi dorivorlik xususiyatiga ega o’simliklami o’rganish, ulami madaniylashtirish va xomashyosi asosida yangi samarali ta’sir etu- vehi dorivor preparatlami ishlab chiqish ishlari doimiy ravishda o’tkazilmoqda. Dorivor o’simliklarning organizmga ta’siri ulam- ing tarkibidagi birikmalaming miqdoriga bog’liq. Bu birikmalar o’simlikning turli organlarida turli miqdorda to’planadi. Dori tayyorlashga o’simlikning kerakli qismlari ham turli muddatlarda yig’iladi. Masalan, po’stloq, kurtak erta bahorda, barg o’simlik gullashi oldidan yoki gullaganda, gullari to’1a ochilganda, meva va urugiari to’liq pishganda, yer osti organlari (ildizi, ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda yig’iladi va tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |