O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet89/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Naf beradigan (ishlatiladigan) o’simliklarni to’la to’kis o’rganilgan, me’yoriy xujjatlari bor bo’lib, ilmiy tibbiyotda keng ishlati­ladi.
Ististbolli deb nomlagan o’simliklar fitokimyoviy jixatdan kam o’rganilgan bo’lib, tibbiyotda ishlatilmaydi. Lekin ma’lum vaqtdan so’ng rasmiy tibbiyotda ishlatiladi degan xulosaga ega.
Kelajakda ishlatiladi (ma’lum izlanishlardan so’ng) deb rejaga kiritilgan o’simliklar.
Izlanishlar natijasida dorivor o’simliklarni ro’yxati yangi o’simliklar bilan ko’payib boradi. Bu ishlarda resursshunoslarni xissasi katga. Ular tibbiyotda ishlatib kelinayotgan o’simliklarni tabiiy xolatini o’rganib, arealini va zaxirasini aniklab, qaytadan fitokimyoviy o’rganishga asos yaratib beradilar.
Ayrim xolatlarda, ilgaridan ishlatilib kelingan va xozirgi paytda ishlatilmay qolgan, qimmatbaxo o’simliklarni terib yig’ib olish uchun tavsiyalar berish xam resursshunoslar tomonidan bajariladi. Masalan, o’simlik xom ashyosi yetarli, lekin terib olish qiyin (yetib borish qiyim joylar), tashib olish, quritish va transport yuradigan yo’ldan uzoqligi tufayli foydalanilmayotgan dorivor o’simliklar xom ashyosini yig’ish yoki terib olish usullarini resursshunoslar ishlab chiqadilar.
Resursshunoslik fani nidoyatda ko’p qirrali bo’lib, o’z faoliyatida juda ko’p ilmiy va amaliy ishlarni qamrab oladi. Tabiatda yovvoyi xolatda o’suvchi dorivor o’simliklarni botaniko-geografik tarqalishi (xududlari), filogenetik qardoshligi, kimyoviy tarkibi asosida va ishlatilishi tufayli guruhlarga bo’lib tavsiyalar beradi. Guruxlarni (o’z xududida) tarqalishi, populyastiyalarini turg’unligi, o’simlikni rivojlanish xolati va yana bir qancha masalalarga javob berib dorivor xom-ashyo yig’ib oluvchilarga xisobot yoki yig’ish uchun me’yoriy xujjatlar tayyorlab beradi.
O’zbekistonda dorivor o’simliklar manbai asosan tog’lik mintadalar xisoblanadi. Tog’li yerlarda resursshunoslik ishlarini olib borish xadida mavjud adabiyotlarda kamroq ma’lumotlar keltirilgan. Ishni olib borish jarayonida duyidagi talablarni inobatga olish lozim:

  • joyning dengiz satxidan balandligi;

  • joyning suv resurslari bilan ta’minlanishi (yog’in middori) bog’lid bo’ladi;

  • joyning tuproq tarkibi;

  • tog’ yon bag’irlari ekspozistiyasi va tog’ qiyaliklari (janubiy va shimoliy taraflari);

  • fitostenotik aloqalari;

  • antropogen ta’sirlar.

Har bir dorivor o’simlik turini tarqalish areali va populyastiyasini inobatga olib zaxirasini aniqlash usuli tanlanadi.
Ayrim manbalarda, tog’li yerlarda ba’zi xolatlarda geobotanik izlanishlarni olib bormasdan resurslarni aniqlash tavsiya etilgan. Xozirgi kunda resursshunoslar olib boradigan ishlarda dorivor o’simliklarni tasnifini quyidagicha keltirish mumkin:

  • farmakopeyaga kirgan o’simliklar;

  • ofistinal o’simliklar;

  • xalq tabobatida ishlatiladigan o’simliklar;

  • kelajagi bor o’simliklar;

  • original o’simliklar.

Resursshunoslarni oldida turadigan navbatdagi masala bu o’simlik dunyosiga zarar yetkazmaslik uchun chora tadbirlar tizimini tavsiya qi­lish xisoblanadi. Bu masalani xal qilish uchun:

  • oldindan foydalanib kelinayotgan dorivor o’simliklarni qaytadan chuqurroq o’rganib, fitokimyoviy taxlil qilish;

  • chorva boqiladigan yaylovlarini qisqartirish (zarur joylarda);

  • tog’li yerlarda dorivor o’simliklaridan ekib ko’paytirish, yo’laklar yaratish;

  • maxalliy aholi o’rtasida tushuntirish ishlarini olib borish. Tushuntirish ishlari asosan resursshunos olimlar tomonidan olib boriladi, bunda asosiy e’tibor o’simlik va xayvon olamini muxofaza qilish ishlarga yo’naltirilgan bo’lishi kerak;

Dorivor o’simlik turining tabiiy zaxirasini aniqlash sinov (xisoblash) maydonchalari qo’yish orqali amalga oshiriladi. Hisoblash maydonchalarini butun o’simlik o’sadigan xududning imkon boricha qamrab olgan xolda bir-biridan ma’lum masofada bir xil joylashtiriladi. Ularni parallel yoki perpendikulyar yo’nalishda, diagonal yoki "konvert" shaklida joylashtirish mumkin. O’rganilayotgan o’simlik turi bor yoki yo’kligidan qatiy nazar ularni bir necha qadam yoki ma’lum masofadan so’ng joylashtirish zarur. Xech qachon xisoblash maydonchala­rini sub’ektiv, "ya’ni o’ziga xos joylar" tanlab joylashtirish mumkin emas.
Maxsus yoki yo’l-yo’lakay ekspedistiyalar tashkil qilinib ma’lumotlarni to’plashda
a) o’simliklarni yaxshi biladigan xalq vakillari bilan tanishish, o’simlik va maxsulotlardan na’munalar olish va boshqalar;
b) adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarni yig’ishni tash­kil qilish. To’plangan ma’lumotlar orasidan eng kerakli va muximlarini ajrata olish (ilmiy meditsina nuqtai nazardan) katta axamiyatga ega.
Dastlab izlanayotgan dorivor o’simlikni asosiy shifobaxsh xususiyati borligini tekshirish lozim. Agar birlamchi farmakologik (bio­logik) tekshirishlar, ma’lumotlardagi ta’sirini tasdiqlasa, ularni kelajakda chuqur o’rganish maqsadga muvofik bo’ladi: ya’ni farmakogno- stik (birinchi fitokimyoviy), texnologik (individual moddalarii ajratish yoki yig’indi preparatlar yaratish), farmakologik (yaratilgan preparatlar asosida chuqur) va nixoyat klinikadagi sinovlar orqali tekshiriladi.
Ilmiy tibbiyotda qo’llanilib kelinayotgan o’simliklarni yanada chuqurroq o’rganish. Ko’pincha xozirgi zamonaviy usullar qo’llani Yangi dorivor o’simliklarni botanik qardoshligiga asoslangan xolda qidirib topish (Filogenetik usul). Ma’lumki, botanik jihatdan qardosh o’simliklarni kimyoviy tarkibi bir xil yoki bir-biriga tarkib jixatdan yaqin bo’ladi, demak farmakologik ta’siri xam o’xshash bo’lishi mumkin. O’simliklardagi bioekologik xususiyatlarini va qonuniyatlarini bilish, dorivor o’simliklarni izlab topishda maqsadli va samarali natija beradi.
Olimlar dorivor o’simliklarni sistematik o’rni va ularni kimyo­viy tarkiblari o’rtasidagi bog’liklikni o’rganishga aloxida e’tibor beradilar. Bu muammoni o’rganishni o’ziga xosa kamchiliklari xam bor. Dorivor o’simliklarni sistematikadagi o’rni bilan kimyoviy tarkibidagi qonuniyatlarni ochish bilan, xemotaksonomik jarayonda shunday tasodiflar xam aniqlanadiki, o’simliklarni biokimyoviy belgilari va ularni filogenetik qardoshligida o’xshashlik yo’qligi ma’lum bo’lgan xolatlar xam uchraydi. Undan tashqari filogenetik mutlaqo bir-biriga yaqin bo’lmagan turli o’simliklarda bir xil moddalar borligi aniqlangan. Bu kabi dorivor o’simliklardagi o’xshash anomaliyalar vaqti soati kelib ilmiy asoslanadi. Ammo dorivor o’simliklarni o’rganishni xozirgi rivojlanish bosqichida, xemotoksonomiya bo’yicha to’plangan ma’lumotlar yangi dorivor o’simliklarni maqsadli izlab topish uchun yetarlidir.
lib qayta ko’rib chiqilganda, dorivor o’simliklarni kimyoviy tarkibi va xossalari o’rganilganda, tibbiyotda ko’pdan qo’llanilib kelinayotgan dorivor o’simliklar to’g’risidagi fikrlar o’zgarib, o’simliklarni tib­biyotda ishlatilish soxalari kengayishiga olib keladi. Bunga xalq tabobatining ma’lumotlari sabab bo’lib, ro’yxatdan chiqarilgan dorivor o’simliklar yana tadqiqotchi olimlar tomonidan ro’yxatga qayta kiritilishiga olib keladi. Masalan, DF da ro’yxatga qayta kiritilgan o’simliklardan qoncho’p o’ti, avran, limon o’t, qora smorodina, sovun o’simligi ildizi va boshqalar. Xozirgi vaqtda ularni ko’pchiligi yana dorivor o’simliklar ro’yxati (katalog) Davlat reestriga kiritilgan.
O’simliklarni filogenetik qardoshligini e’tiborga olib maxsulot bazasini kengaytirish mumkin. Shu ma’lumotdan kelib chiqqan xol­da o’z vaqtida bir qancha qardosh (bir turkumning turlari) o’simliklar o’rganiladi va natijada ular tibbiyot amaliyotida muvaffaqiyatli ishlatila boshlanadi. Masalan, qizil angishvonagul xalq tabobatida ishlatilishiga asoslangan xolda XII asrda tibbiyotda qo’llash uchun joriy etildi. O’sha vaqtda uni Angliya na Germaniyada istisko (suyuklikning ko’p yig’ilib qolishi sababli organizmning shishishi) kasalligini davolovchi vosita sifatida qo’llaganlar. Angishvonagulni birinchi marta 1543 yilda vrach-botanik Fuks tasvirlab yozgan va unga lotin tilida Digitalis («angishvona» - gulini shakli angishvonaga o’xshagani uchun) deb nom bergan. Angishvonagulni bir turi qizil angishvonagul yovvoyi xolda g’arbiy Evropada o’sadi. Shuning uchun u Petr I ning buyrug’iga asosan 1730 yildan ekila boshlandi va Rossiya davlat farmakoneyasining birinchi nashriga kiritildi. Birinchi jaxon urushi davrida Ovrupa davlatlaridan Rossiyaga dori-darmonlarni keltirish to’xtab qolgan bir vaqtda o’simliklarni botanik qardoshligidan kelib chiqqan xolda angishvonagul turkumini Rossiyada yovvoyi xolda o’sadigan boshqa turlari yirik gulli angishvonagul va malla angishvonagullarni biokimyoviy o’rganish masalasi ko’tarildi.
O’tkazilgan tadqiqot ishlari natijasida yirik gulli angishvona­gulni qizil angishvonagul bilan bir qatorda tibbiyotda ishlatishga ruxsat etildi va davlat farmakopeyasining nashriga kiritildi. Shundan so’ng tez orada angishvonagulni yovvoyi holda o’sadigan boshqa turlaridan - kiprikli angishvonagul va sertuk angishvonagul o’simlikla­rining dorivor preparatlari o’rganildi va tibbiyot amaliyotiga joriy etildi.
Quyida yovvoyi xolda O’zbekistonda o’sadigan o’simliklarni o’rganish va tibbiyotga joriy etilish misollari keltirilgan: Samarqand bo’znochi tibbiyotda qo’llaniladgan qumloq bo’znochi bilan bir qatorda ishlatishga, Turkiston arslonquyrug’i - besh bo’lakli arslonquyruq va oddiy arslonquyruq bilan bir qatorda, Regel qo’ziqulog’i, tikonli qo’ziquloq bilan bir qatorda, maydagul tog’rayxon - oddiy tog’rayxon bilan bir qatorda sariq andiz - qora andiz bilan bir qatorda, dagal dalachoy - teshik (oddiy) dalachoy bilan bir qatorda tibbiyot amaliyotida ishla­tishga ruxsat etilgan. Hozirgi kunda Samarqand bo’znochi guli, Turkiston arslonquyrug’i o’ti (yer ustki kismi), Regel qo’ziquloq o’ti, may­dagul tog’rayxon o’ti, dagal dalachoy o’ti va sariq andiz ildizi O’zbekiston davlat farmakoneyasiga kiritilgan.
Elak” usuli. Ushbu usulda ma’lum bir joy yoki tumandagi barcha o’sayotgan o’simliklarni biologik faol moddalarini fitokimyoviy taxlil qilinadi. Bunda taxlil qilinayotgan o’simliklar orasidan (taxlil elagidan o’tkazilganda), alkaloidlar, yurak glikozidlari, saponinlar, efir moylari, kumarinlar, flavonoidlar, antraglikozidlar va boshqa moddalarni saqlovchi o’simliklar topilishi mumkin. Bir vaqtlari “Elak” usuli dorivor o’simliklarni izlab topishda mashxur bo’lib, uni amalga oshirish uchun ko’plab ekspedistiyalar uyushtirilgan edi. Dala sharoitida taxlil qilish uchun soddalshtirilgan sifat va miqdor taxlillari ishlab chiqilgan edi. “Elak” usuli dorivor o’simliklarni iz lab topish bosqichlarida ma’lum ijobiy natijalarni bergan. Ammo bu usul ko’p mexnat talab qiladigan, qimmatli, maqsadga erishish extimolini tasodiflar xal qiladi.
Xozirgi vaqtda ekspedistiya maqsadli yo’nalishda, ma’lum o’simlik turlarini yig’ish bo’yicha uyushtirilib, ularni xalq tabobatida ishlatilish to’g’risidagi ma’lumotlarga tayanib tayyorlanadi.
Ma’lum tuman va xudud o’simliklarini xammasini tarkibida turli biologik faol moddalar bor-yo’qdigini aniqlash maqsadida kimyoviy tekshirishlar o’tkaziladi, bu taxlillar natijasida ko’pincha birorta kerakli bo’lgan biologik faol moddaga boy o’simliklar ayiqlanadi va keyinchalik ulardan shu topilgan biologik faol moddani ajratib olish xamda uning asosida yangi dorivor preparat yaratish uchun manba sifatida foydaniladi.
Baxorgi adonis - xalq tabobatining qadimgi dorivor vositalaridan xisoblanadi. Uni yer ustki qismi va ildizi xalq orasida o’tmishdan ishlatib kelinadi. O’tgan asrlarning 70 yillari oxirida vrach N.A. Bubnov va mashxur klinist S.P. Botkin bu o’simlikni rasmiy tibbiyotga kiritdilar. Baxorgi adonis dorivor preparatlariga talab katta. Lekin uning yer ustki qismini xar yili erta baxorda o’rib olinishi (yigilishi) xamda adonis yovvoyi xolda o’sadigan asosiy cho’l xududlarini o’zlashtirish natijasida uning tabiiy zaxirasi ancha kamayib ketdi. Shuning uchun botanik qardoshlikdan kelib chiqqan xolda adonis turkumini boshqa yovvoyi xolda o’sadigan turlari - Turkiston adonisi (Markaziy Osiyo va Qozog’istonda o’sadi), Amur adonisi (Uzoq Sharqda ko’p o’sadigan joylari bor), Sibir adonisi (Ural, Sibir va Kozog’istonda o’sadi) va tilla rang adonis (faqat Tyan- Shanning yuqori tog’li qismida uchraydi) o’rganildi.
O’tkazilgan tekshirishlar natijasida Turkiston adonisi tibbiyot amaliyotiga joriy etildi va baxorgi adonis bilan bir qatorda tibbi­yotda ishlatishga ruxsat etildi. Tillarang adonis esa K-strofantin -β preparatini olish uchun manba sifatida qabul qilindi.
Shu usul bilan izlab topilgan dorivor o’simliklardan ajratib olingan biologik faol moddalar asosida yaratilgan quyidagi dorivor preparatlarni keltirish mumkin: alkaloidlar asosida yaratilgan preparatlar: glautsin gidroxlorid, sferofizin benzoat, brevikollin gidroxlorid, sekurenin nitrat, galantamin gidrobromid, likorin gidroxlorid, sangviritrin, lyutenurin, dezoksipegakin gidroxlo­rid, allapinin va boshqalar;
- kumarinlar asosida yaratilgan preparatlar: beroksan, psoralen, psoberan, ammifurin, peutsedanin va boshqalar: saponinlar asosida yaratilgan preparatlar: polisponin, diosponin, saparal, tribusponin va boshqalar;
seskviterpeilar asosida yaratilgan preparatlar: tauremizin, te- festrol, panaferol va boshqalar;
flavonoidlar asosida yaratilgan preparatlar: buplerin, datiskan, likviritin, flamin, silibor, silibinin va boshqalar.
Saxroda (dasht) yig’ilgan dorivor xom-ashyolarning xammasi bog’larda terilgan dorilarga qaraganda kuchliroq va ko’pincha xajm jixatidan kichikroq bo’ladi. Tog’larda terilgan dorilar esa saxroda terilgan dorilardan xam kuchliroq bo’ladi. Shamol yuradigan va balandlik yerlardagi o’simliklardan olingan dorilar boshqa yerlardan olinganlaridan kuchliroq bo’ladi. Dorivor o’simlikni uzish vaqtini to’g’ri topib olin­gan dori shu vaqtni aniqlashda xato kilinganiga qaraganda kuchliroq bo’ladi.
Oddiy isiriq Turkiston arslonquyrug’i, Turkiston adonisi, teshik (oddiy) dalachoy, dag’al dalachoy, Regel qo’ziqulogi, gulbandli kiyiko’t, gangituvchi bozulbang, maydagul tog’rayxon va soxta yantoq o’simliklarining o’ti (yer usti qismi), dorivor tirnoqgul, sertuk xandeliya va Samarqand bo’znochi gullari, do’lana va itburun na’matak mevalari, sariq andiz va danakli oqquray ildizlari (yer osti organlari), anjir bargi va makkajo’xori onalik ustunchasi ogizchasi bilan, termopsis va boshqalar xozirgi paytda ilmiy tibbiyotda keng ishlatilmoqda.
Keyingi bir necha o’n yillar davomida butun dunyoda tibbiyot soxasida o’simliklarga, ayniqsa, xalq tabobati dorivor o’simliklariga bo’lgan qizikish tobora oshib bormoqda. Ko’pchilik ilmiy markazlarda o’simliklar xar tomonlama chuqur o’rganildi va natijada bir qanchali­gi, yuqori samarali fitopreparatlar yaratildi.
1960-1990 yillar ichida sobik ittifoqda 100 dan ortiq fitopre­paratlar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga joriy etildi. Shulardan bir qismi yuqorida aytilganlarga dalil sifatida bu yerda keltirildi: avisan, aymalin, alanton, askorutin, asmatin, befungin, beosid, gindarin, gossipol, kaleflon, kardiovalen, karotolin, kellin, konvaflavin, laminarid, linetol, mukaltin, novoimanin, pastinatsin, plantaglyusid, raunatin, rozevin, rutin, salvin, solsolidin, flakorbin, floverin, xlorofillipt, esflazid va boshqalar.
Xalq tabobatida qo’llaniladigan dorivor o’simliklarga bo’lgan qizikishning oshib borishi va ularni o’rganish faqat o’z tibbiyotida qadimdan an’anaviy ravishda ko’plab dorivor o’simliklar qo’lyaab kelgan davlatlardagina (Hindiston, Xitoy, Vetnam, Birma, Filippin, arab davlatlari, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari, Afrika davlatlarida) emas, balki kimyoviy sintez yo’li bilan ko’plab dorilar olishi mumkin bo’lgan kimyo-farmastevtika sanoati yaxshi taraqqiy etgan rivojlangan davlatlarda xam kuzatilmoqda.


1-jadval
O’zbekiston florasidan ilmiy tibbiyotga joriy etilingan ayrim dorivor o’simliklar

Oddiy isiriq


Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish