NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
O’zbekistonda dorivor o’simliklami yetishtirish ishlari qachon boshlangan?
Dorivor o’simliklarni madaniylashtirish va o’stirish ishlari qaysi ilmiy muassasalarda olib borilgan?
O’zbekistonga introduksiya qilingan dorivor o’simliklarni sanang.
Hozirgi paytda ixtisoslashgan xo’jaliklarda yetishtirilayotgan dorivor o’simliklar turlarini aytib bering.
Respublikamizda dorivor o’simlikshunoslikni rivojlantirish istiqbollarini aytib bering.
Reja:
Dorivor o’simliklar resursshunosligi
O’zbekiston florasini xilma-xilligi
Tabiiy dorivor o’simliklarga viloyatlar.
Tayanch iboralar:
O’zbekiston relefini turli-tumanligi xududlarning tuproq sharoitlari va o’simlik dunyosi xilma-xilligini keltirib chikargan. Dengiz satxiga nisbatan past-tekislik yerlarda asosan cho’l o’simliklari tarqalgan bo’lib, uning tuproqdari qum, taqirlardan iborat. Dengiz satxidan yuqoriga qarab ko’tarilgani sari xavo xarorati pasayib boradi, yog’in miqdori ortib boradi va shunga bog’lik xolda tuproq tarkibi, xususan unumdorligi va o’simlik dunyosi soni xam ortib boradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha yer yuzida 250 ming atrofida gullaydigan o’simlik turlari mavjud. Bu o’simliklarning Evropa va Osiyo qitalarida kamida 75 ming turi tarqalgan. MDX, mamlakatlarida 20 mingta yaqin, Markaziy Osiyoda esa 7 ming atrofida gullaydigan o’simliklar uchraydi. O’zbekiston xududida 4230 tur atrofida yuksak o’simliklar tarqalgan bo’lib, ular 138 oilani va 1028 turkumni tashkil kiladi. 79 oilaga kirgan 492 tur o’simliklar madaniylashtirilgan o’simliklar xisoblanadi. O’zbekiston florasida 700 tur o’simlik dori- vorlik xususiyatiga ega o’simliklar xisoblanadi. Dorivor o’simliklarni ko’pchiligi tog’li xududlarda, ularni xom-ashyosini tayyorlash qiyin bo’lgan joylarda tarqalgan. Qir, adir, daryo bo’ylarida xam keng maydonlarda bir qancha o’simlik turlari tarqalgan va ularni sanoat miqyosida tayyorlash imkoniyati mavjud.
O’zbekiston xududida asosiy qishloq xo’jalik ekini paxta xisoblanadi. Paxta ekiladigan maydonlarni xaddan tashqari kengaytirilishi natijasida, shu joylardagi tabiiy xolda tarqalgan dorivor o’simliklar zaxirasini qisqarib ketishiga olib keldi. Shuning uchun O’zbekiston florasidagi noyob dorivor o’simliklar bilan Sog’likni saqlash tizimini dorivor o’tlar xom-ashyosiga bo’lgan extiyojini qondirish uchun, ularni yetishtiradigan xo’jaliklarni tashkil qilish lozim.
Mamalakatimizda dorivor o’simlik xom ashyosiga bo’lgan extiyojini qondirish maqsadida, dorivor o’simliklarning ro’yxati (katalogi) tuzilgan. Bu ro’yxat ma’lum bir davrda qaytadan ko’rib chiqiladi va undan samarasi kam bo’lgan xamda xorijdan olib kelishga xojat qolmagan o’simliklar ro’yxatdan olib tashlanadi. Shu bilan birga Respublikada ishlab chidarilayotgan yangi, samarali dori vositalari ushbu ro’yxatga (katalog) kiritiladi. Bu muxim ishlarni amalga oshirishda farmakognoziya ilmi katta o’rin tutadi. Chunki, amalda qo’llanilib kelinayotgan dori vositalarining katta bir qismini dorivor o’simliklar va ularning maxsulotlari tashkil qiladi.
Dorivor o’simliklar o’simliklar olamida aloxdda o’ziga xos o’rin egallaydi. Muzliklar davridan sung xosil bulgan “Arkto-alpiyskiy” o’simlik turlari tog’ va tog’ yon bagirlarini egallaydi. Bu o’simliklar tekislikdan tog’ tomonga qarab 1500-1700 m. balandlikgacha yetib boradi. Janubiy pastrok zonalar efemeroidlarga xos, efemeroidlarni differenstiyasi va ko’payishi asosan tuproq tarkibiga bog’lik, xolda boradi. Efemerlar yirik formastiyalar xosil qiladi. Efemeroidlar formastiyasi bilan bir qatorda tekislik, dasht, qir o’simlik formastiyalari rivojlanib borgan.
Dasht o’simlik formastiyalari boshqa yerlardan farqliroq tog’ va cho’l zonalariga kirib boradi. Tog’ o’simliklari o’ziga xos formastiyalar xosil qiladi. Bu formastyyalarda uchraydigan o’simlik assostiastiyalari ko’proq kserofit o’simliklardan iborat bo’ladi.
Respublikamizda olib borilgan resursshunoslik ishlarini taxlil qilib, tabiiy dorivor o’simliklarga boy 5 ta viloyatlar ajratib olingan: bularga Samarqand, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari kiradi.
Samarqand viloyati respublika markazida joylashgan bo’lib, uning maydoni Zarafshon daryosi xavzasini qamrab olgan. Hozirgi kunda viloyat 14 ta tumandan iborat. Samarqand viloyatini xududini rel’efi asosida uchga bo’lish mumkin.
Shimoliy Nurota tog’larining yon bag’irlari.
O’rtasi - Zarafshon daryosi xavzasi.
Janubida - Zarafshon tog’i adirlari.
Nurota atrofidagi vodiylar cho’l zonasiga kiradi. Vodiyga xos o’simlik formastiyasi - ermon formastiyasidir. Formastiya tarkibiga kiruvchi assostiatsiyalar: efemerli-iris-ermonli; iris-adraspan-ermonli va eremurus-ermonli.
Do'stlaringiz bilan baham: |