O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet93/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Nabiev M.N. va boshqalar. Shifobaxsh ne’matlar.-Toshkent, “Mexnat” 1986. - 136 b.

  2. E.T.Berdiyev. E.T.Axmedov. Tabiiy dorivor o’simliklar. Toshkent 2018. 48-bet.

  3. P.Baxodirov K.B. va boshkalar Xazm a’zolari kasalliklarda shifobaxsh o’simliklar va mevalarning foydasi. Toshkent “Ibn Sino” 1992.



2-mavzu. O’zbekiston florasiga mansub dorivor o’simliklarni tabiiy tarqalish areallari.
Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi: O’zbekiston florasiga mansub dorivor o’simliklarni tabiiy tarqalish areallari bilan tanishtirish.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni: Qadim zamondan boshlab inson yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan turli kasalliklami davolashda foydalanib keladi. Hozirgi davrda dorivor o’simliklarni turlari ko’payib, xalq tabobati amaliyoti ham shifobaxsh o’simliklar bilan boyigan.
Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o’simliklaming aksariyati asrlar davomida xalq tomonidan keng ishlatilib kelingan o’simliklar hisoblanadi. O’zbekistonda dorivor daraxt-buta o’simliklardan ko’proq anjir, anor, bodom, grek yong’og’i, xandon pista, oshlovchi totim, eman, o’rik, chetan, na’matak, zirk, Chakanda, do’lana, tog’jumrut, cherkez, chetan, jiyda, chilonjiyda, ko’p yillik va bir yil­lik dorivor o’simliklardan achchiqmiya, dorivor gulxayri, jag’-jag’, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, sachratqi, choyo’t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio’t, moychechak, yalpiz va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan - paxikamin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkaloidlari olinadi. Anor po’stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg’am ko’chiruvchi va yumshatuvchi, jag’-jag’ va lagoxilus dorilari qon ketishni to’xtatuvchi, pista bujg’uni va choyo’tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifa­tida, zirk o’simligidan berberin alkaloidi, na’matakdan C vitamini, Chakandadan Chakanda moyi olinadi.
Dorivor o’simliklar ta’sir etish mexanizmiga ko’ra 2 xilga ajratiladi: ta’sir qiluvchi moddalaming tarkibiga qarab - alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli, flavonoidli va boshqalar; farmakologik ko’rsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi, og’riq qoldiruvchi, ux- latuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo’zg’atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va hokazo dorivor o’simliklar. “O’zfarmsanoat” kimyo-farmatsevtika zavodlarida O’zbekistonning mahalliy sharoitlarida o’sadigan va madaniy sharoitlarida ekib o’stiriladigan dorivor о’simliklaming xomashyo- si asosida turli-tuman dorivor preparatlar tayyorlanadi. Masalan, oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qo’llaniladigan psoralen, yapon soforasi g’unchasidan fiziologik faol ta’sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkaloidi, kendirdan strofantin, si- marin, yurak glikozidlari, cherkezdan salsolin alkaloidi, zirkdan berberin alkaloidi, Chakanda mevasidan Chakanda moyi, na’matakdan C vitamini va boshqa preparatlar tayyorlanadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin dorivor о’simliklaming mahsulotidan foydalaniladi. Ushbu dorivor o’simliklar mahsulotining 48% yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitlarida joylashgan fermer va davlat xo’jaliklaming dorivor o’simliklar o’stiriladigan dalalaridan tayyorlanadi. Qolgan 22% “aralash” guruhni tashkil qiladi, ya’ni bu guruh dorivor o’simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda ham sanoat plantatsiyalarda o’sadigan, o’simliklardan yig’iladi. Keyinchalik “aralash” guruh dorivor o’simliklardan tayyorlanadi­gan dorivor mahsulotlaming salmog’i umumiy yig’iladigan dorivor mahsulot miqdorida yilsayin oshib borishi kutilmoqda.
Buning asosiy sababi sug’oriladigan maydonlarda o’stiriladigan dorivor о‘simliklar mahsuloti yil sayin ortib bormoqda. Farmatsevtika korxonalari va aholining dorivor o’simliklar mahsulotlariga ehtiyojining o’sib borishi natijasida ularning xomashyosini tayyorlash miqdori ham ko’paymoqda. Bu esa o’z navbatida qator dorivor o’simliklarning tabiiy zahiralarini kamayib ketishiga, natijada ular­ning xomashyosini tayyorlanishini keskin chegaralashga yoki bu- tunlay taqiqlashga olib kelmoqda. Masalan, O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan bozulbangning yer ustki qismi va piyozining ko’p tayyorlanishi natijasida ulami zaxirasi tabiiy o’sish joylarida juda ham kamayib ketdi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu o’simlik O’zbekiston “Qizil kitobiga” kiritilgan.
Ushbu o’simliklarni tabiiy sharoitlarda xomashyosini tayyor­lash hozirgi paytda to’xtatilgan. Dorivor o’simliklar mahsulotiga muntazam ravishda talabning oshib borishi va uni yovvoyi holda o’sadigan o’simliklar zaxirasi yetarli emasligidan, ulami madaniy- lashtirishni taqozo etadi, ya’ni ushbu o’simliklami sug’oriladigan mintaqalarda madaniy sharoitlarda o’stirish agrotexnikasini ish­lab chiqish davr talabi bo4lib qolmoqda. Ba’zan kamyob dorivor o’simliklar xomashyosiga talab katta bo’lsa-yu, lekin ulaming tabiiy zaxiralari yig’ish uchun noqulay tog’li joylarda yoki kam miqdorda, katta hududlarda tarqoq holda uchrasa, bu dorivor o’simliklaming xomashyosini tayyorlash sug’oriladigan yerlarda o’stirishdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday o’simliklarni madaniy sha­roitlarda o’stirish maqsadga muvofiqdir.
Yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar xomashyosini kat­ta hajmda tayyorlashning asosiy qiyinchiligi ulaming mahsulotlarini yig’ib olish uchun maxsus qishloq xo’jalik texnikalarini yo’qligidir. Madaniy sharoitlarda bo’lsa bu kabi muammolar yo’q, ya’ni sanoat plantatsiyalarida o’stiriladigan dorivor o’simliklar mahsulotlari qulay sharoitlarda va ta’sir etuvchi kimyoviy biologik faol moddalari ko’p to’plangan davrlarda turli qishloq xo’jaligi mexanizmlar yordamida yig’ib olish mumkin.
Tibbiyot maqsadlari uchun juda zarur va qimmatli bo’lgan do­rivor mahsulotlar respublikamizda uchramaydigan tropik yoki sub-tropik iqlimli mintaqalarda o’sadigan o’simliklardan tayyorlanadigan bo’lsa, imkon qadar shunday o’simliklarni o’zimizda o’stirish imkoniyatlarini yaratish zarur. Masalan, hozirgi kunda zaytun o’simligi Surxondaryo viloyatining Denov hududida o’stirilmoqda, Chakanda o’simligini Respublikamizda madaniylashtirish ishlari olib borilmoqda va hokazo.
Hozirgi kunda tabiiy holda o’sayotgan dorivor o’simliklami za­xiralari antropogen omil ta’sirida tobora kamayib bormoqda. Buning o’rnini to’ldirish va xalqimizni dorivor o’simliklar mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida dorivor o’simliklar turlarini ko’paytirish va ulami O’zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sug’oriladigan mintaqalarda keng miqyosda ekib o’stirish maqsadga muvofiqdir. O’zbekistonda farmatsevtika sanoatini dorivor o’simliklar xomashyosi bilan ta’minlash maqsadi­da yaqin yillar ichida dorivor o’simliklarni ekib o’stiradigan fermer
va boshqa ixtisoslashgan xo’jaliklar sonini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish