Nazorat uchun savollar.
O’zbekistonda dorivor o’simliklami yetishtirish ishlari qachon boshlangan?
Dorivor o’simliklarni madaniylashtirish va o’stirish ishlari qaysi ilmiy muassasalarda olib borilgan?
O’zbekistonga introduksiya qilingan dorivor o’simliklarni sanang.
Hozirgi paytda ixtisoslashgan xo’jaliklarda yetishtirilayotgan dorivor o’simliklar turlarini aytib bering.
Respublikamizda dorivor o’simlikshunoslikni rivojlantirish istiqbollarini aytib bering.
Respublikamizda olib borilgan resursshunoslik ishlarini taxlili qilib,
Samarkand, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari florasini xilma-xilligi
Botanika resursshunosligi masalalariga o’simliklar tarqalishi qonuniyatlari, geografik ma’lumotlar.
Tayanch iboralar: cho’l, adir ,tog’, yaylov, resursshunoslar, ekspedistiya
Dorivor o’simliklarni uchraydigan yerlarini dengiz satxidan balandligi va shunga qarab o’simlikni o’sishi ko’payishi, xosildorligi, kimyoviy tarkibini o’zgarishi haqidagi ilmiy ishlar xam resursshunos olimlar tomonidan ilmiy asosda olib boriladi.
Uzbekistan florasi akademik K.Z. Zokirov klassifikadiyasiga binoan dengiz satxidan balandlikda joylashishiga qarab bir necha pogonalarga (poyaslarga) bo’linadi.
Cho’l - dengiz satxidan balandligi - 500 m.gacha
Adir - dengiz satxidan balandligi - 500-1200 m.
Tog’ - dengiz satxidan balandligi - 1200 - 2700 m.
Yaylov - dengiz staxidan balandligi- 2800 - 3800 m.gacha
Keltirilgan ushbu ko’rsatkichlar O’zbekiston misolida qabul kilingan bo’lib, ularni xisobot ma’lumotlariga kiritish mumkin. Ko’rsatilgan pog’onalarni (poyaslarni) ishlab chiqishda, olim shogirdlari bilan tuproq tarkibi, yogingarchilik, xavo xarorati va o’simliklarni turi va miqdorini inobatga olgan. Bu ma’lumotlar asosida xar bir o’simlik turlarini qaysi pogonada o’sib rivojlanishi haqida xulosa qilish mumkin.
Dorivor yoki foydali o’simliklarni yig’ishda o’simlikni asosiy o’sadigan joylari, u yerdan qaysi vaqtda va qancha maxsulot yig’ib olish mumkinligini aniqlab berish resursshunoslarni ishlari bo’lib, xom ashyolarni yig’ish katta axamiyatga ega. Resursshunoslar tavsiyasiga binoan ish olib borilsa, o’simlik soni va tarqalgan yerlaridagi tabiiy zaxiralariga ziyon yetkazilmaydi. Ekologik muvozanat saqlanib qoladi.
Ta’kidlash joizki, resursshunoslar dorivor (foydali) o’simliklarni o’rganish bilan bir qatorda, fitostenozdagi barcha boshqa o’simliklarga xam ilmiy yondashib o’rganadilar.
Resursshunoslar ish boshlashidan oldin tayyorgarlik ishlarini olib boradilar. Avvalambor o’rganiladigan yer maydoni haqida to’la ma’lumotlarni yig’ib xulosalar qilinadi. Mavjud ilmiy adabiyotlardan o’rganiladigan viloyat yoki tuman haqida, iqlimi, kun va tun xarorati, suv resurslari bilan ta’minlanishini o’rganib chiqiladi.
Bu izlanishlardan so’ng geobotanik ma’lumotlariga suyangan xolda, umumiy uchraydigan o’simlik turlari bilan tanishib chiqiladi. O’rganilayotgan joydagi o’simliklar fitostenozi assostiastiyalari va formastiyalari bilan tanishiladi. Flora bilan tanishilgandan so’ng dorivor o’simliklarga aloxida e’tibor qaratiladi. Tabiatda uchraydigan o’simliklarni dorivorlaridan aloxida gerbariylar tayyorlanadi va shu orqali ular qolgan o’simliklarga nisbatan chuqurroq o’rganiladi. O’zbekistoida endemik o’simliklar ko’plab uchrab turadi, ularga xam aloxida e’tibor beriladi.
Ekspedistiyaga tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Taxlil qilinadigan joyga borilgandan so’ng, u yerning o’simliklar dunyosi haqidagi ma’lumot, qishloq xo’jalik yoki o’simliklar kartasi orqali tanishiladi. Ma’lum darajada shu joyning maxalliy axolisidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Ular yordamida o’simlik bor yerlar va ularga yetib borish imkoniyatlari o’rganiladi. Bosqichma-bosqich quyidagi ishlar bajariladi:
A) o’rmon xo’jaliklaridan, fermer yoki boshqa xo’jalik raxbarlaridan xamda maxalliy axolidan o’simliklar turlari va ular o’sadigan yerlari xaqida ma’lumotlar to’planadi;
B) dorivor o’simliklar ro’yxati tuzilib taxlil qilinadi;
V) sanoat miqiyosida ishlatiladigan dorivor o’simliklarni aniqlash ham zarur omillardan xisoblanadi;
G) xalq tabobatida ishlatiladigan o’simliklarni ro’yxatini tuzish; tabiblar foydalanadigan o’simliklarga aloxida e’tibor berib, aniklab olish keyingi ishlarida katta yordam beradi. Anikdangan o’simliklar orasida keng tarqalgan, zaxirasi etarli turlarni aniklab foydalanishga yoki ilmiy asosda o’rganishga tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi.
O’simliklarga oid kartog’rafik materiallar bilan tanishib chikish xam asosiy ish xisoblanadi.
Resursshunoslikni oldida turadigan yana bir asosiy masalalardan biri o’simlik olamidan, uning resurslaridan okilona foydalanish, dorivor (foydali) o’simliklar populyastiyasini saklab qolish, iloji bulsa, ularni madaniy sharoitlarda ko’paytirish ishlarini yo’lga qo’yish xisoblanadi. Bunday ishlar natijasida farmastiya sanoatini zarur dorivor o’simlik xom ashyosi bilan to’laqonli ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Tabiatga zarar yetkazilmagan xolda oziq-ovqat axamiyatiga ega bo’lib, keng foydalanadigan, oziq-ovqat sanoati uchun zarur foydali o’simliklar xam yuqorida bayon qilganimizdek chuqur o’rganiladi va tavsiyalar beriladi.
O’rganilganligi va amaliyotda ishlatilish darajasiga kura, tabiiy xolda tarqalgan o’simliklarni shartli ravishda uch guruxga bulish mumkin: ta’sirchan - naf beruvchi (ishlatiladigan), istikbolli va kela- jakda ishlatilishi mumkin bulgan o’simliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |