Samarqand viloyati florasi o’simliklar oilalarini xilma- xilligi ma’lum zonalarga bo’linsa yaqqol ko’rinadi:
a) Viloyatning g’arbiy tumanlarida uchraydigan va xom ashyo yig’ib olinsa bo’ladigan dorivor o’simliklar quyidagilar: bozulbang, isiriq (garmala), oqquray (psoraleya), bodomcha (achchiq bodom).
b) Viloyatning janubiy-sharqiy yerlarida uchraydigan dorivor o’simliklar quyidagilar: qizilpoycha (zveroboy sheroxovatiy), kiyik o’ti (zizifora svetonosnaya), ermon (polin), tog’ rayxon, na’matak turlari, andiz, qizilmiya.
Bu dorivor o’simliklardan tashqari nam yerlarda, bog’larda, ariqlar va soylar bo’ylarida va dexqonchilik qilinadigan sug’oriladigan yerlarda tarqoq uchraydigan dorivor o’simliklar ro’yxati quyidagicha: - suv qalampiri, kelin tili (shaftoli bargli toron), qushtaron, otquloq, zubturum, chakanda, jag-jag.
Tarqoq holda uchraydigan dorivor o’simliklarni zaxiralari uncha katta bo’lmay 50-100 kg quruq maxsulotni yig’ib olishni rejalashtirish mumkin. Bu o’simliklar, odatda qattiq muxofazaga muxtoj emasligi bilan farq qiladi.
Samarqand viloyatida bu o’simliklardan tashqari, farmastiya sanoati uchun foydalanish mumkin bo’lgan o’simliklar xam mavjud. Isiriq, shirinmiya, kiyik o’ti, tog’ rayxon, bodomcha, sariq andiz, chakanda, zirk, na’matak shular jumlasidandir. Umumlashtirib aytilganda Samarqand viloyatida 40 dan ortiq dorivor o’simliklar turini uchratish mumkin.
Jizzax viloyati. Jizzax viloyatida asosan 3 ta tuman dorivor o’simliklar manbai sifatida tan olingan. Jizzax viloyatida o’sadigan va zaxirasi aniqlangan dorivor o’simliklar quyidagilardir: tog’ rayxon, qizilpoycha, sariq choy, qirqbo’g’in, ko’ka, achchiq bodom, oqquray, qizilcha, na’matak, qora andiz, do’lana, otquloq, zirk qoraqand. va hokazolar.
Yuqorida nomlari keltirilgan dorivor o’simliklar tog’li Zomin, Baxmal va Forish tumanlarida ko’proq uchraydi. Bog’larda, axoli yashaydigan joylarda, fermer xo’jaliklarda uchraydigan dorivor o’simliklar turlari Samarqand viloyatida uchraydigan turlarga o’xshaydi.
Toshkent viloyati xam dorivor o’simliklarga boy viloyatlardan biri xisoblanadi. Toshkent viloyatida xam dorivor o’simliklar asosan G’arbiy Tyan-Shan tog’ tizimini qamrab olgan tog’lik tumanlarda ko’proq uchraydi. Bular: Bo’stonliq, Parkent, Oxangaron tumanlaridir. Dorivor o’simliklar turlari yuqorida keltirilgan viloyatlarga o’xshash bo’lgan xolda, biroz boyroq. Toshkent viloyatida qo’shimcha bo’ymadaron, afsonak va boshqa o’simliklar zaxiralari mavjud.
Surxondaryo viloyati. Surxondaryo viloyati nixoyatda yirik viloyatlardan bo’lib u yerda cho’l, tog’ va yaylov yerlariga mansub dorivor o’simliklar uchraydi. Surxondaryo viloyatida boshqa viloyatlarda yig’iladigan barcha o’simliklarni (ayniqsa cho’l va adirlarda uchraydigan shirin miya o’simligini) yig’ish mumkin. Markaziy Osiyo endemlaridan omonqora Surxondaryoda o’sadi va uning dorivor maxsuloti o’sha yerda yig’iladi Surxondaryo adir va cho’llarida farmastevtika sanoatida ishlatish uchun isiriq, bodomcha, achchiqmiya o’simliklarini xom ashyosini yig’ish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |