O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Kovul (Каперцы колючие) - Capparis spinosa L



Download 7,92 Mb.
bet82/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Kovul (Каперцы колючие) - Capparis spinosa L.
Kovul kavardoshlar - Capparidaseae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 2,5 m gacha yetadigan sershox tikanli, yer bag’irlab o’suvchi poyali ko’p yillik lianasimon o’t o’simlik. Barglari yumaloq, teskari tuxumsimon yoki ellipssimon bo’lib, poyasi bilan shoxlarida bandi yordamida ketma-ket o’mashgan. Oq rangli, yirik to’rt bo’lakli gullari uzun bandi bilan barg qo’ltig’iga joylashgan. Mevasi ko’p urug’li, teskari tuxumsimon, sershira bo’lib, ho’l mevaga o’xshab ketadi. Kovul may-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi.
Markaziy Osiyo, Qrim, Kavkazda dalalarda, adirlarda, yo’l bo’ylarida, ariq va kanallaming qirg’oqlarida, tepaliklarda, ba’zan ekinzorlarda o’sadi.
Xalq tabobatida kovulning yer ustki qismi, mevasi va ildizi ish­latiladi. Yer ustki qismi o’simlik gullagan vaqtda yig’iladi va soya yerda quritiladi. Gulini о’simlik to’liq gullaganda, mevasini - yetilganda teriladi. Guli soyada, mevasi esa ochiq havoda quyoshda quritiladi. Kovul ildizi erta bahorda yoki kech kuzda kovlab olinadi, suvda yuvib, tuproqdan tozalanadi va quyoshda quritiladi.
Kovulning yer ustki qismi tarkibida 0,32% rutin, kversetin, 150 mg% gacha C vitamin, staxidrin, tioglikozid, saponinlar, bo’yoq moddalar, mevasida-36% gacha qandlar, 25-25,6mg% C vitamini, 1,46% flavonoidlar, tioglikozid; urug’ida 25-36% yog’; ildizida - 1,2% alkaloidlar (staxidrin); 0,44% flavonoidlar, 4,5% qand, kumarinlar va boshqa biologik faol moddalar bor.
Abu Ali ibn Sino kovul o’simligini nafas qisishi, me’da-ichak kasalliklarini davolash uchun hamda og’riq qoldiruvchi, yaralami tuzatuvchi va gijja haydovchi vosita sifatida qo’llagan.
Xalq tabobatida ildizidan tayyorlangan qaynatma shamollagan- da, falaj, sariq, bod, taloq kasalliklarini davolashda, yer ustki qismi damlamasi me’da-ichak kasalliklari, yaralar va astmani davolashda, siydik haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Gulining shirasi bilan yaralar davolanadi, meva qaynatmasi milkni mustahkamlash, tish og’rig’ini qoldirish, bavosil va boshqa kasalliklami davolash uchun ishlatiladi.
Ildizining nastoykasi va qaynatmasi qon ivishini tezlatish ta’siriga ega.

Kovul (Каперцы колючие) - Capparis spinosa L.



Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish