Nazorat uchun savollar.
Polivitamin darxt-buta o’simliklar va ularning farmakologik xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
Alkaloidli o’simliklar va ularning farmakologik xususiyatlarini ayting.
Jiydaning farmakologik xususiyatlarini ayting.
Rutinga boy xomashyo beruvchi daraxt turlari va ularning farmakologik xususiyatlarini aytib bering.
Qon bosimini pasaytiruvchi daraxt turlari va ularning farmakologik xususiyatlarini aytib bering.
Dorivor yong’oq mevali o’simliklarni farmakologik xususiyatlarini tushuntiring.
Dorivor moysimon mahsulotlar beruvchi daraxt-butalarga misol keltiring.
Achchiq bodomning biokimyoviy tarkibi va farmakologik xususiyatlarini aytib bering.
II. NAZARIY MATERIALLAR MAZMUNI.
1-mavzu: Dorivor daraxtlar xamda ularning shifobaxshlik xususiyatlari
Reja:
Dorivor daraxt turlari, ularning tarqalish areali va resurslari.
Sanoat miqiyosida xom-ashyo tayyorlash imkoniyatlari.
Tabiiy resurslarini saqlash maqsadida sanoat plantastiyalarida dorivor o’simliklarni muxofaza qilish va madaniylashtirish masalalari.
Tayanch iboralar: Grek yong’og’i (Орех грецкий), Behi (Айва продолговатая), Oddiy anor (Гранат обыкновенный), Oddiy anjir — (Инжир обыкновенный), Zaytun, Yevropa zaytuni (Маслина европейская)-, Jo’ka (Липа).
Grek yong’og’i (Орех грецкий) - Juglans regia L.
Grek yong’og’i yong’oqdoshlar Juglandaceae oilasiga mansub bo’lib, balandligi 20, ba’zan 35 m gacha yetadigan sershox yirik daraxt. Barglari 3-5 bo’lakli, toq patli murakkab bo’lib, poyasi bilan shoxlarida bandi yordamida ketma-ket o’rnashgan. Bo’lakchalari qalin, o’ziga xos hidli, qisqa bandli, tuxumsimon, tuxumsimon-nishtar-simon yoki cho’ziq tuxumsimon va o’tkir uchli. Mayda, ko’rimsiz, bir jinsli gullari ko’chala to’pgulga (otalik gullari) yoki bir yillik shoxlariga yakka, 2-3 tadan, ba’zan 5 tadan joylashgan. Mevasi - soxta, danakli (yong’oqli) meva. Aprel-may oylarida gullaydi, yong’oq mevasi sentabrda pishadi. MDH davlatlarida grek yong’og’i keng miqyosda o’stiriladi.
Tibbiyotda yong’oqning bargi va yong’oq mevasi ishlatiladi. Bargi yozning dastlabki kunlarida (iyun oyida) yig’iladi va soya yerda quritiladi. Mevasi xomligida (vitamin konsentrati tayyorlash uchun) yoki to’liq pishib yetilganda (moy olish uchun) qoqib olinadi, quritmay darhol yoki quyoshda quritib ishlatiladi. Ba’zan yong’oqning po’stlog’i ham ishlatiladi. Uni erta bahorda shoxlaridan shilib olinadi va quyoshda quritiladi.
Yong’oq po’stlog’i tarkibida oshlovchi, bo’yoq moddalar, bargi tarkibida gidroyug-lonlar va ularning glikozidlari, flavonoidlar (kversetin va kempferol glikozidlari), 4-5% C, P va B2vitaminlari, karotin, efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Bundan tashqari, uning yosh mevasi po’stida 3% gacha vitamin C, gidroyuglonlar, 25% gacha oshlovchi moddalar, urug’i (mag’zi) da 66,9-82,8% yog’, karotin, C, E, P va B guruxidagi vitaminlar, temir, kobalt tuzlari va boshqa mikroelementlar bor.
Bargidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida me’da-ichak yallig’lanishi, ich ketishi, diabet va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Shu damlama bilan teri sili va boshqa teri kasalliklari, bolalarning raxit va shirincha kasalliklari hamda turli yaralar davolanadi, angina va gingivitda og’iz chayiladi. Barg shirasi temiratki, teri kasalliklarini davolashda qo’llanadi. Qorin og’riganda va ko’ngil ayniganda yong’oq mag’zini iste’mol qilish buyuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |