Sharq jiydasi (Лox восточный) - Elaeagnus orientalis, L.
Jiyda mevasi (yoki meva qaynatmasi) xalq tabobatida me’da-ichak kasalliklarida (ich ketishda), yuqori nafas yo’llari shamollashida qo’llaniladi.
Mevasidan olingan “pshiatin” preparati ilmiy tibbiyotda me’da-ichak kasalliklarini davolashda ichishga, og’iz bo’shlig’i yallig’langanda chayish uchun ishlatiladi. Daraxt tanasidan olingan jiyda yelimi farmatsevtika amaliyotida emulgator sifatida ishlatiladi.
TOG‘JUMRUT (RHAMNUS) TURKUMI
Tog‘jumrut (Rhamnus sathartica L.) yirik, shox-shabbasi yoyiq buta yoki kichik daraxt. Po‘stlog‘i qora rangda, po‘st tashlab turadi. Shoxi qizil-jigarrang, yaltiroq boiib, uchi tikanga aylangan. Uzun novdalaridagi barglari qarama-qarshi, ayrim vaqtda navbat bilan, kalta novdalardagisi esa to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan, oval shaklda bo‘lib, juft yon tomiri bor. Bu tur aprel-may oylarida gullaydi. Guli to‘rt a’zoli tipda bo‘lib, novdalaming tubida joylashadi. U ayrim jinsli, ikki uyli, ayrimlari ikki jinsli. Mevasi shirali, 3-4 danakli bo‘lib, yetilish oldidan qora rangga kiradi. Tog‘jumrut bachki novdasidan ko‘payadi, to‘nkasidan ham ko‘karadi.
Tog‘jumrut juda keng tarqalgan o‘simliklardan hisoblanadi. U MDHning Yevropa qismida, G‘arbiy Sibirda, Markaziy Osiyoda, Kavkaz va Qrimda uchraydi. U siyrak o‘rmonzorlardagi daraxtlar orasida o‘sadi. Tog‘larda dengiz sathidan 1600-1700 m gacha baland bo‘lgan joylarda o‘sadi. Po‘stlog‘idan surgi va qayt qildiruvchi dori tayyorlanadi. Ho‘l po‘stlog‘idan sariq, quruq po‘stlog‘idan jigarrang bo‘yoq olinadi. Yog‘ochi qattiq, sariq rangda bo‘lib, undan duradgorlik ishlarida foydalaniladi. Tog‘jumrut o‘simligida g‘allasimon o‘simliklami zararlaydigan zang zamburug‘i yaxshi rivojlanadi. Shuning uchun uni g‘alla ekiladigan ekinzorlardan uzoqqa ekish tavsiya qilinadi.
Mo‘rt togjumrut (Rhamnus frangula L.) buta yoki kichik daraxt bo‘lib, shox-shabbasi yoyiq shaklda. Po‘stlog‘i silliq, qora. Novdalari qizil-jigarrang boiib, oq yasmiqchalari bor. Kurtaklari tuksiz, jigar rangda. Mayin tukli, barglari oddiy tuzilgan, teskari tuxumsimon bo’lib, navbat bilan joylashadi. Cheti butun, tomirlari barg plastinkasining orqa tomonida aniq bo‘rtib turadi. Guli besh a’zoli, ikki jinsli, oq, 2-7 tadan boiib, barglar qoltig'ida joylashadi. Bu buta aprel-may oylarida gullaydi. Avgust-sentabr oylarida ba’zan ikkinchi marta gullaydi. Mevasi yumaloq, ovalsimon danak, avval yashil, so‘ng qizil yoki binafsha rangda boiib, yetilishi oldidan qorayadi. Danagi 2 ta, jigar yoki kul rangda, yonidan ezik, unda bo‘yiga ketgan chiziqlar bor. Urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Qalamchadan ham ko‘paytiriladi, ildizidan bachkilaydi. U MDHning Yevropa qismida, G‘arbiy va Sharqiy Sibirda hamda Markaziy Osiyoda yaproqli va ninabargli o‘rmonzorlarda o‘sadi. Kichik Osiyo va Eronda ham uchraydi. Bu buta deyarli soyaga chidamli, sovuqqa ham bardosh beradi, har xil nam yerlarda o‘sa oladi. Uning mevasi surgi dori sifatida ishlatiladi. Yetilmagan mevasidan va po‘stlog‘idan bo‘yoq olinadi. U ham zang zamburug‘i bilan kasallanadi. Shuning uchun zarur boladigan hollarda uni g‘alla ekilgan dalalardan uzoqroq yerlarga ekish tavsiya etiladi. Bundan tashqari Markaziy Osiyoda qalinbargli jumrut (Rhamnus coriarea (Regel) Kom.), Baldjuan jumruti (Rhamnus baldschuanica Grub), mitti jumrut (Rhamnus minuta G ru b.) kabi turlari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |