13-MAVZU: QAYIN, ACHCHIQ BODOM, CHILONJIYDA, JIYDA, TOG’JUMRO’T O’SIMLIKLARI BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA TARQALISH AREALI
Reja:
Dorivor o’simlik turlari - qayin o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Dorivor o’simlik turlari – achchiq bodom o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Dorivor o’simlik turlari – chilonjiyda o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Dorivor o’simlik turlari – jiyda o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Dorivor o’simlik turlari – tog’jumro’t o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Tayanch iboralar: qayin, achchiq bodom, chilonjiyda, jiyda, tog’jumro’t
Oq qayin (Береза повислая) - Betula pendula Roth.
Qayin turlari Qayindoshlar — Betidaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 10-20 m gacha o’sadigan xushmanzara daraxt. Bargi uchburchak, rombsimon yoki yuraksimon, o’tkir uchli, qirrasi qo’shtishli bo’lib, bandi yordamida poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Shoxchalari bilan barglari smolali xushbo’y bezlar yoki so’galchalar bilan qoplangan. Gullari mayda, ko’rimsiz, bir jinsli kuchalaga to’plangan.
Mevasi - yong’oqcha. Qayin aprel - may oylarida gullaydi, mevasi avgustda yetiladi. Qayin Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Sibirdagi aralash o’rmonlarda, Markaziy Osiyoda tog’ qiyaliklarida va vodiylarda o’sadi. Ba’zan toza qayinzorlami tashkil qiladi. O’zbekistonda qayin faqat tog’li hududlarda uchraydi, ular turkiston va tyanshan qayinidir. Ular tog’ daryolarining tabiiy drenajga ega va salqinjoylarida o’sadi. Manzarali daraxt sifatida ko’chalarda, bog’larda va parklarda o’stiriladi.
Qayinning kurtagi, bargi va katroni tibbiyotda keng qo’llaniladi. Kurtagi tarkibida 3,5-8% efir moyi, flavonoidlar (apigenin, akatsetin, kempferol, izoramnetin), 3% saponinlar, smolalar, C vitamini, oshlovchi moddalar, bargida 0,04-0,05% efir moyi, 28 mg% gacha C vitamini, 3,2% gacha saponinlar, flavonoidlar (giperozid, kversetin, apigenin, kempferol), 5-9% oshlovchi moddalar bor. Kurtagining efir moyida sof efir (41-47 %) va sirka kislotaning murakkab efiri (30-45%) holidagi bitsiklik seskviterpen spirti — betulol, betulen, kariofillen va boshqa terpenoidlar bor.
Qayinning kurtak va barg damlamalari siydik haydovchi vosita sifatida yurak va buyrak faoliyati buzilishi natijasida badanga slush kelishi (badanga suyuqlik yig’ilishi) kasalliginini davolashda qo’llaniladi, bargining damlamasi yana avitaminozlarda, kurtak damlamasi - o’t haydovchi vosita sifatida xoletsistit va boshqa jigar kasalliklarida ishlatiladi. Qayin daraxtining katroni (березовая чага) - Vishnevskiy surtmasi tarkibida yaralami, Vilkinson surtmasi tarkibida qo’tir va teri kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.
Oq qayin (Береза повислая) -Betula pendula Roth.
Qayin bargidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida siydik va o’t haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Kurtak damlamasi bilan me’da og’rig’i va shamollash kasalliklari davolanadi. Shu damlama yana siydik haydovchi dori sifatida qo’llaniladi. Kurtak nastoykasi bod kasalligida va bo’g’inlar og’rigan yerga surtiladi.
Qayin daraxtidan erta bahorda tarkibida qandlar, olma kislota, aromatik va boshqa moddalar boy bo’lgan shira (bitta daraxtdan 30 - 60 l gacha) olinadi. Shu shira yaralangandan so’ng vujudga kelgan kamqonlikda, tomoq og’rig’ida, angina va boshqa kasalliklarda qo’llaniladi. Qayin sharbati bemor quvvatsizlanib qolgan holatlarda darmonga kirgizuvchi, qonni tozalovchi va davolovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |