O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


(Bulga­ kov P.G. va b. Yuqoridagi asar, 204-b)



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

(Bulga­
kov P.G. va b. Yuqoridagi asar, 204-b).
Olim bu dengizning qirg‘og‘i 
chegaralarini ham aniqlik bilan hisoblab chiqdi.
Al-Xorazmiy Kaspiy dengizini “Xorazm dengizi” deb atagan ekan, 
buni shunday tushunish kerak: qadimgi Xorazmning ta’siri va mavqei 
nafaqat Kaspiy dengizining sharqida va shimolida, balki bu dengizdan 
g‘arbda ham kuchli bo‘lgan edi.
Shuningdek, al-Xorazmiy 0 ‘rta Osiyoning, xususan, Shosh (hozir­
gi Toshkent), Tarband, Isfijob (Sayram), Usrashona ( 0 ‘ratepa yaqini­
da, hozirgi Istaravshan) kabi kichik turkiy davlatlari arablar istilosidan 
keyin ham mustaqilligini saqlab qolganini aytadi. Bu shaharlaming ho­
zirgi qaysi hududlarga to‘g ‘ri kelishi to'g'risida keyingi tarix asarlariga 
tayaniladi. Jumladan, Tarband o‘rta asrlardagi 0 ‘trordir. Al-Xorazmiy
127


davrida Shosh va Tarband hozirgi Toshkent viloyati, Janubiy Qozog‘is- 
tonni o‘z ichiga olgan. Xullas, al-Xorazmiyning geografiyaga oid asarida 
hozirgi 0 ‘zbekiston hududidagi turkiy davlatlar, jumladan, Shosh haqida 
ham kerakli va ishonchli ma’lumotlami topish mumkin.
Ahmad al-Farg‘oniy (797-865) ning faoliyati. 
Abu-1-Abbos 
Ahmad ibn Muhammad ibn Qatir al-Farg‘oniy - 0 ‘rta Osiyodan yeti- 
shib chiqqan matematik va astronom. Farg‘ona vodiysi (hozirgi Quva 
shahri)da tug‘ilgani uchun “Farg‘oniy” taxallusini olgan. yevropada 
lotinchalashtirilgan Alfraganus degan nom bilan mashhur bo‘lgan edi. 
Xalifa al- Ma’mun asos solgan “Donishmandlar xonadoni” deb atalgan 
olimlar safida bo‘lgan. Bu ulkan ilmiy markazning boshqa nomi “al- 
Ma’mun akademiyasi” dir. Bu akademiyaga Xorazmdan, Farg‘onadan, 
So‘g‘diyonadan, Shoshdan, Forobdan, Xurosondan olimlar taklif qilin­
gan.
Ahmad Farg‘oniyning tarjima hqli haqida ma’lumotlar juda kam. 
Farg‘oniyning ilmiy ishlari unga olam miqyosida shuhrat keltirdi. Uning 
usturlobga oid “Al-Komil fi-l-usturlob” (“Hammasi usturlob haqida”) 
kitobi bor. Shuningdek, Farg‘oniyning asosiy ishlaridan bo‘lgan astro- 
nomiyaga oid “Fi san’at al usturlob” (“Usturlob tayyorlashga oid”) asari 
ham mashhurdir. Bu asaming yana bir necha nomlari bor: “Javami’ ‘ilm 
an-nudjum va-l-xarakat as-samaviya” (“Yulduzlar va samoviy harakatlar 
haqida bilimlar to'plami»”), “Usul ‘ilm an-nudjum” (“Yulduzlar haqi­
dagi ilm asoslari”), “Al-Mudxal ila ‘ilm xa’it al-aflak” (“Osmon tarkibi 
haqidagi fanga kirish”), “Kitab al-fusul attalatin” (“0 ‘ttiz bo‘lim kito­
bi”). Farg‘oniyning bu asari astronomiyaga bag‘ishlangan arab tilidagi 
dastlabki adabiyotdir.
Ma’mun akademiyasida ikkita observatoriya ochilgan va o‘sha 
davming eng yaxshi astronomik asbob-uskunalari bilan jihozlangan edi. 
Ma’mun akademiyasining astronomlari yeming atrofini, yer meridiani- 
ning uzunlik darajasini o‘lchaganlar, yulduzlami kuzatganlar, Zij (j ad- 
va^lar tuzganlar, ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Farg'oniyning bu 
asari 12-asrda arab tilidan lotin tiliga, 13-asrda yevropaning boshqa til- 
lariga taijima qilindi va mashhur bo‘ldi. 1493-yili chop etildi. Uning ast­
ronomiyaga oid asarlari 700-yil davomida yevropada qomus va darslik 
sifatida xizmat qildi. Farg‘oniy yeming dumaloq ekanini ilmiy jihatdan 
asoslab berdi, yilning eng uzun kuni 22-iyun va eng qisqa kun 23-dekabr 
ekanini aniqladi. Shuningdek, u Quyoshda dog‘ borligini kashf qildi va
128


Quyosh tutilishini ham oldindan aytib berdi. Tarixiy ma’lumotlarga qa­
raganda, bu 
0
‘zbek olimining qimmatli ilmiy merosi uning zamondosh 
olimlari uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Bu fikming dalili 
sifatida shuni aytish mumkin: X I1 asrda Ahmad Farg‘oniyning “Asto- 
ronomiya asoslari haqida kitob”i lotin va ibroniy tiliga tarjima qilingan.
Ahmad Farg‘oniy geografiyaga oid asarlaming ham muallifidir.
Ahmad Farg‘oniy umrining oxirgi yillarini Qohirada o‘tkazdi. U 
Qohirada usturlobni qurish bilan mashg'ul bo‘ldi. Bu asbob yulduz- 
larning joylashuvini aniqlashda va ular orasidagi masofani o‘lchashda 
ishlatilgan. Shuningdek, Ahmad Farg‘oniy Nilomer deb atalgan insho- 
ot qurilishiga boshchilik qildi. Bu inshoot 861-yili Nil daryosi suvini 
oichash uchun o‘rnatildi. Bu asbob Misr xalqining iqtisodiy hayoti uc­
hun juda muhim bo‘lgan edi. Nil suvi ayrim paytlarda ko‘tarilib, botqoq 
hosil bo‘lishiga va suv toshqini oqibatida hosilning nobud bo‘lishiga olib 
kelardi. Yunon muarrixi Gerodotning xabar berishicha, Nil toshganda 
nafaqat daryo sohilini, balki atrof hududlarni ham suv bosardi. Buning 
oqibatida Nil daryosini kechib o‘tish uchun ikki kun vaqt ketardi. Ah­
mad Farg‘oniy yaratgan Nilomer Rod orolida joylashgan bo‘lib, toshqin 
haqida ma’lumot olish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu inshoot 
hozirgacha odamlaming e’tiborida bo‘lib keladi. 2007-yili Qohirada Ah­
mad Farg‘oniyning haykali o‘matildi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish