O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

liAl-Xorazmiy.
Uning ismi - Muhammad ibn Muso, Xorazmdan. U 
al-Ma’mun davrida “Donolar xazinasi”ni boshqarish uchun tayinlangan, 
astronomiya ilmining bilimdonlaridan. Odamlar observatoriya kuza- 
tuvlari boshlangunga qadar va keyin ham uning ikki zijiga (astronomik 
jadvaliga) tayanganlar. Bu zij “as-Sindxind” nomi bilan mashhur. Xo­
razmiyning quyidagi kitoblari bor: birinchi va ikkinchi tahrirdagi “Zij”, 
Quyosh soatlari haqidagi kitob”, “Usturloblar bilan ishlash haqidagi ki- 
tob”, “Usturlobning tuzilishi haqidagi kitob”, “Tarix kitobi” 
(Bulgakov
P. G. va b. Yuqoridagi asar, 8-b.).
Keyingi tarixiy manbalarda qayd eti- 
lishicha, Xorazmiy 813 - 833-yillar orasida “Tenglama va qarshilanti- 
rish hisobi muxtasari”, “Qo‘shuv va ayiruv haqida kitob”, “Hind raqam- 
lari haqida kitob”larini yozgan. Uning ’’yerning shakli haqidagi kitob”i 
geografiya ilmiga bag‘ishlangan.
Xorazmiy yozgan kitoblarini hayotiy zaruratga bog‘ladi. Xorazm- 
ning xo‘jaligi uchun astronomiya va matematika nihoyatda kerak edi. 
Xususan, kanallar qurish uchun ulaming yo'nalishini to‘g‘ri belgilash, 
sug‘oriladigan yerlami o‘lchash va hisob-kitoblarini olish, qishloq 
xo‘jaligi taqvimini olib borish va boshqa qator ishlarga aynan astrono­
miya va matematika fanlarining xizmati kerak edi. Jumladan, algebraga 
oid risolasining debochasiga shunday yozadi: “Men tenglama va qars- 
hilantirish hisobi haqida kitob yozdim. Bu kitob arifinetikaning oddiy 
va murakkab masalalarini o‘z ichiga oladi, chunki bu odamlarga meros 
bo‘lishuvda, vasiyatnoma tuzishda, mol-mulkni bo‘lishuvda va sud ish- 
larida, savdo ishlarida, har turli bitimlarda, shuningdek, yer o‘lchashda, 
kanallar o‘tkazishda, qurilish geometriyasida va boshqa shunga o‘xshash 
qator ishlarda kerakdir”.46
A1 -Xorazmi yning “Tarix kitobi” diqqatga sazovordir. Bu kitobning 
saqlanib qolgan parchalaridan Abu Rayhon Beruniy ham “Qadimgi xalq- 
lardan qolgan yodgorliklar” asarida Muhammad s. a.s.ning tug‘ilgan yi- 
lini keltirganda foydalangan. Shuningdek, Bag‘dod shahrining qurilishi 
tarixi to‘g‘risida ham juda aniqlik bilan bayon qiladi: “ 145-yilning pays-
45(2агагщ:Булгаков П.Г., Розенфелъд Б.А., Ахмедов A.A. Мухаммад ал-Хоречми. Москва. 
«Наука», 1983, 5-бет.
46Ал-Хорезми. Математические трактаты. Пер. Ю.Х.Копелевич, Б.А.Розенфельда, Т.:, 
Фан, 1964, 26-6.
126


hanbasida greklaming 1073-yil 1-nison oyi [eramizning 762-yil 1-ap- 
reli] boshlandi. Shu yili al-Mansur Bag‘dodni qurishni boshladi. U bu 
shahami Tinchlik shahri deb atadi..,146-yili dushanba kuni greklaming 
1074-yili, adar oyining 21chisi [763-yil 21 mart] boshlandi. Al-Mansur 
Tinchlik shahrini qurishni boshladi va o‘z odamlari bilan u yerga ko‘chib 
o‘tdi...” Shuningdek, al-Xorazmiy xazarlar tomonidan Tibilisining oli- 
nishi, Ma’mun tarixiga oid qiziqarli voqealami shu asarida batafsil ba­
yon qiladi. Xullas, al-Xorazmiyning “Tarix kitobi”ning saqlanib qolgan 
parchalari tarixiy voqealarga, tabiiy fanlarga oid ma’lumotlarga boydir.
Al-Xorazmiy ’’yeming shakli haqidagi kitob”ida butun о lam ning 
geografik joylashuvi va ulaming o‘rtacha uzunliklari, qaysi gradusda 
joylashgani, mamlakatlar shaharlari, daryolari va xalqlari haqida batafsil 
ma’lumot beradi. Ayni paytda al-Xorazmiy yunon olimi Ptolemeyning 
(taxminan 100-yilda tug‘ilib 170-yillarda vafot etgan) “Geografiya” asa­
ridan va Sharqda yaratilgan boshqa geografiyaga oid asalardan foydalan­
gan. Al-Xorazmiy ularga qaraganda ko‘p aniqliklar kiritgan. Ayniqsa, 
0 ‘rta Osiyo geografiyasiga, jumladan, aholining etnik tarkibi va joy- 
lashuviga oid uning ma’lumotlari bugungi kunda diqqatga sazovordir. 
Masalan, Ptolemey “Geografiya” asarida Kaspiy va Oral dengizini bitta 
dengiz deb qaraydi va 0 ‘rta Osiyodagi ikki yirik daryo - Oks (Amudar- 
yo) va Yaksart (Sirdaryo) bu dengizlarga quyiladi, deb ma’lumot bera­
di. Al-Xorazmiy bu ikkala dengizni alohida-alohida deb qaraydi va ayni 
paytda Orolni ko‘l (batixa) deb talqin qiladi, ikkala daryoning bu ko‘lga 
quyilishi haqida so‘z yuritadi. Al-Xorazmiy Kaspiy dengizini “Xorazm 
dengizi, Juijon, Tabariston va Daylam dengizi” deb atagan edi 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish