O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Birinchi toifasi
shular: shoiriar chindan ham tug'ma qobiliyatli va 
she’r bitishga tayyor tabiatli kishilar bo'ladi, tashbih va tamsilga layoqatli 
bo'ladilar. Bir xil shoiriar she’r san’atidan yetarli xabardor bo'lavermaydi, 
balki tug'ma qobiliyatining o'tkirligi bilan qanoat hosil qiladilar. Ular 
o'zlarining iste’dod darajalariga ko'ra ish tutadilar. Ularda she’r san’atini 
o'zlashtirib olish uchun kamolot yetishmaydi. Kim o'sha toifadagi 
odamning yozgan she’rini ko'rib, u qobiliyatli odam ekan, deb o'ylasa, 
buni shunday tushunish kerakki, uning fe’l-atvorida shoirlarga xos turq- 
ko'rinish mavjudligi uchun o'sha odam shunday xulosaga kelgan.
Ikkinchi toifasi
quyidagilar: bu xil odamlar chinakam shoirlik 
san’atini egallagan bo'lishadi, hatto she’riy ijodga xos xususiyatlardan
41Forobiy. Shoiriar san’ati qonunlari haqida. - “Aristotel. Poetika” kitobida. Toshkent, G‘afur 
G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980, 64-b.
131


birontasi - u qaysi she ’r turiga aloqador bo‘ lmasin - baribir, bu qonun-qo- 
idalar undan qochib qutulmaydi. Ular she’riyat san’atida qo‘llaniladigan 
tashbih va tamsillarni judayam mahorat bilan ishlatadilar. Bu toifa shoir­
lar chindan ham qobiliyatli shoirlar deb aytishga sazovordirlar.
Uchinchi toifasi
quyidagilar: yuqorida aytib o‘tilgan ikki toifa shoir- 
laming fe’l-atvoriga taqlid qiluvchilar bo‘ladi. Bu toifaga mansub odam­
lar ikkala toifa shoirlar yo'lini - ijodini yod oladilar. 0 ‘zlarida tug‘ma 
qobiliyati bo'lmagan holda, she’riy san’at qonun-qoidalaridan xabardor 
bo'ladilar, tashbih, tamsil (metafora)lar ortidan boradilar. Yo'ldan adas- 
hadigan shoirlaming ko'pchiligi ana shu tabaqa shoirlar ichidan chiqadi 
(Yuqoridagi asar, 70-71-b.).
Umuman, Forobiyning mazkur risolasi o‘z davrigacha bo'lgan ada­
biy jarayon qonuniyatlari va yo‘l-yo‘riqlari, shoirlik iste’dodi va ijod 
mas’uliyati haqida to‘laqonli taassurot qoldiradi.
Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, “Baxtga erishish haqida riso­
la”, “Jamiyatni o‘rganish haqida risola” kabi qator asarlari ijtimoiy ha­
yot qurilishiga bag‘ishlangan. U Aristotel va Aflotunning, shuningdek, 
boshqa yunon faylasuflarining siyosiy va axloqiy g‘oyalariga va qadimgi 
Sharqning ijtimoiy g‘oyalariga tayanib, davlat va jamiyat qurilishining 
nazariyasini ishlab chiqdi. Uning qarashicha, fazilatli shaharlar tepasida 
faylasuf hukmdorlar turadilar, ayni paytda ular diniy jamoa rahbarlari 
hamdir. Fazilatli shaharlarda jamiki aholi uchun chinakam baxtga eris­
hish yoMlari ko‘rsatiladi, bu shaharlarda yaxshilik va adolat hukmron 
bo‘ladi, adolatsizlik, yovuzlik qoralanadi. Forobiy fazilatli shaharlarga 
johil shaharlami qarama-qarshi qo‘yadi. Johil shaharlaming hukmdorlari 
va aholisining chinakam baxt haqida tasawurlari mutlaqo yo‘q, bunday 
baxtga ular intilmaydilar. Ular faqat tana sog‘lig‘iga, tana lazzati va boy- 
ligiga intiladilar.
Sog‘lom va benuqson jamiyat hamda mamlakat, xalq va hukmdor- 
laming o‘zaro muvofiqati mamlakatning iqtisodiy, ma’naviy va harbiy 
qudrati oshib borishiga omil boMishi haqidagi qarashlar Sharqdagi ko‘p 
asarlarda aytib o‘tilgan. Jumladan, “Oltin yorug‘” asarida ham sog‘lom 
mamlakat qanday bo'lishi kerakligi haqidagi o‘gitlar, jumladan, xalq 
hukmdoming yo‘l-yo‘riqlaridan og‘ishmasligi, jamiki jonzotlarga yaxs­
hilik qilish lozimligi kabi o'gitlar bor edi. Yoki “Qutadg'u bilig”dagi 
ideal hukmdorlar, xalq va mamlakat haqidagi qarashlar bilan Forobiy­
ning bu boradagi g‘oyalari o'rtasida shubhasiz bog‘lanishlar bor. Zotan,
132


Forobiy o ‘z asarlarida arab, yunon, fors, hind va turkiy madaniyatni bir- 
biriga yaqinlashtirgan, omuxtalashtirgan olim edi.
Forobiy ayni paytda fanning ilohotchisi bo‘lib ham maydonga 
chiqdi, U “Fanlar tasnifi haqida so‘z” asarida pedagogika fanining is- 
lohotchisi sifatida ko‘zga tashlanadi. U keng ommaga bilimni tarqa- 
tish, ma’rifatni rivojlantirish orqali odamlarda insoniy fazilatlami rivoj 
toptirish g‘oyasini ilgari surdi. U insonlarda axloqiy tarbiyaga alohida 
urg‘u berdi. Uningcha, jamiyatning yuksak axloqiy qiyofasi uning gul- 
lab-yashnashi uchun asosiy omildir. Shuningdek, uning mazkur asarida 
ustozga qo‘yilgan talablar ham e’tiborga molik. “Ustoz uchun, - deydi 
Forobiy, - adolatparvarlik, talabchanlik, e’tiborlilik, iroda kuchi, sabr- 
toqat xislatlari muhimdir”. Muallimning xulq-atvori, Forobiyning fikri- 
cha, quyidagicha bo‘lishi lozim: u ta’lim oluvchiga o‘ta qattiqqo‘l ham 
bo‘lmasligi kerak, uni haddan ortiq erkalatib yubormasligi ham kerak, 
chunki qattiqqo‘llik ta’lim oluvchida o‘z ustoziga nisbatan ziddiyatni 
paydo qiladi, haddan ortiq erkalatish oqibatida esa ustozni hurmat qil- 
may qo‘yadi.
Forobiy musiqaga, matematikaga va fanning boshqa sohalariga oid 
ilmiy meros qoldirdi. Fanning barcha sohalariga oid 150 dan ortiq asar- 
lari ma’lum.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish