O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Savol va topshiriqlar
1. “0 ‘g‘uznoma” dostoni qachon va qaysi yozuvda yozib qoldiril-
gan?
2. “0 ‘g‘uznoma”ning asosiy qatlamini qaysi turdagi mifologiya 
tashkil qiladi?
3. “0 ‘g‘uznoma”da mifologik syujet qaysi o‘rinda ko'rinadi?
4. “Olg‘uznoma”da kosmogonik mifologiya qaysi lavhalarda bor?
5. “0 ‘g‘uznoma”dagi uch qavatli olam modeliga ta’rif bering.
6. “O‘g‘uznoma”dagi tush motivini sharhlab bering.
7. Ko‘k rang qanday ma’no anglatgan? Kengroq izohlang.
8. “0 ‘g ‘uznoma” dagi ko‘k yolli bo‘ri timsolini sharhlab bering.
9. 0 ‘g‘uz xoqon haqidagi dostonlaming qaysi birida qadimiylik 
xususiyati saqlangan?
10. “0 ‘g‘unoma”dagi rang va inonch-e’tiqodlar qaysi timsollarda 
ifodalangan?
11. Dostondagi qorluq qabilasining kelib chiqishiga oid rivoyatni 
ayting.
123


G‘AZNAVIYLAR DAVRI ADABIYOTI
Ilk uyg‘onish davridagi ijtimoiy hayot va madaniy muhit
Reja:
1. Xorazmiyning ilmiy faoliyati.
2. Ahmad al-Farg‘oniyning faoliyati.
3. Forobiyning fanga qo‘shgan hissasi.
4. Ibn Sinoning adabiyotga qo'shgan hissasi.
5. “Hayy bin Yaqzon” qissasining qisqacha mazmuni.
6. “Hayy bin Yaqzon”ning jahonshumul ahamiyati.
7. “Qush” va “Salomon va Ibsol” qissalari.
8. “She’r san’ati” asari.
9. Rudakiyning 0 ‘rta Osiyo adabiy muhitidagi o‘mi.
10. Ismoiliylar mazhabi
11. Firdavsiyning adabiyotga qo‘shgan hissasi.
Tayanch so‘z va iboralar: 
fors-tojik adabiyoti, m a ’naviy-adabiy
muhit, tarix, falsafa, mantiq, aniq fanlar, astronomiya ilmi, zij, matema-
tika, geografiya.
Ilk uyg‘onish davrida o‘zbek adabiyoti namunalari yo‘q.
Arablar istilosidan keyin 0 ‘rta Osiyo, xususan, Movarounnahming 
madaniy, adabiy jarayonida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Birinchi nav- 
batda, ijtimoiy, siyosiy vaziyat o‘zgardi, xalifalik yuzaga keldi. Davlat 
boshqamvida yangicha tartib va qoidalar joriy qilindi. Xuroson noibi 
bo‘lib turgan Ma’mun otasi Xorun ar-Rashid vafotidan keyin taxt uc­
hun kurashlar jarayonida 813-yili Xuroson va Movarounnahrdagi katta 
zamindorlar Tohir ibn Husayn va boshqalar yordami bilan Bag‘dodda 
xalifalik taxtini egalladi. Shundan so‘ng Tohir ibn Husayn xalifadan ke­
yingi ikkinchi shaxs bo‘lib qoldi. U o‘zining bu mavqeidan foydalanib, 
Xuroson va Movarounnahrdagi hokimiyatni qo‘lga oldi va o‘zini bu yer­
da mustaqilhokim deb e’lonqildi. Shuyo‘sindaTohiriylar sulolasi (821- 
873) paydo bo‘ldi.
Xuddi shu davrda Movarounnahrda Somon avlodlari hukmron- 
ligi ham kuchaydi. Mahalliy hukmdorlar yordamiga suyangan xalifa 
Ma’mun (813-833) Asad ibn Somonning o‘g‘illari Nuh ibn Asadni -
124


Farg‘onaga, Yahyo ibn Asadni - Shoshga va Usrushonaga, Ilyosni esa 
Hirotga hokim etib tayinladi.
Tohiriylar Movarounnahrda Somoniylar hokimiyatini tan olgach, 
Somoniylar vassal sifatida taxt so‘radi. 841-yili Nuh ibn Asad, ko‘p 
o‘tmay Yahyo ham vafot etib, Samarqand va Shosh Ahmad ibn Asad 
qo‘liga o‘tdi. U taxtni Farg‘onadan Samarqandga ko'chirib, bu shahami 
o‘z davlatining poytaxti deb e’lon qildi. Ahmad ibn Asad vafotidan ke­
yin esa taxtni uning katta o‘g‘li Nasr ibn Ahmad egalladi (864-892).44
Somoniylar davrida fors- tojik adabiyoti Movarounnahrning ada­
biy- ma’naviy hayotida muhim o‘rin egalladi. Adabiy jarayon ijtimoiy- 
tarixiy jarayondan ajralmagan holda rivojlana bordi. Ilm-fan rivoj topdi, 
Buxoro Sharqning yirik madaniy, hunarmanchilik va savdo markaziga 
aylandi. Bu haqda as-Saolibiyning “Yatimat at-dahr” asarida qimmatli 
ma’iumotlar berilgan.
X asr va XI asming birinchi yarmida badiiy adabiyot rivoj topdi. 
Bu davr adabiy jarayoni haqida o‘z o‘mida so‘z yuritiladi. 0 ‘rta Osiyo 
madaniy hayotida arab va fors tillaridagi adabiyot muhim rol o‘ynadi. Is- 
lomning yoyilishi va 0 ‘rta Osiyoda mustahkam qaror topishida arab tili 
asosiy rolni o‘ynadi. “Tarixda favqulodda bo‘lgan va biz Uyg‘onish deb 
ataydigan davmi yaratgan kuchlar” (Konrad) xuddi shu davrda yuzaga 
keldi. Uyg'onish davrining buyuk namoyandalari o'zlarining amaliy fa- 
oliyati, tarix, falsafa, mantiq, shuningdek, aniq fanlar sohasidagi kashfi- 
yotlari bilan 0 ‘rta Osiyo tarixida chuqur iz qoldirdilar.
Somoniylar, G‘aznaviylar va Qoraxoniylar davridagi madaniy, il- 
miy muhit, jamiyatning yangi bir o‘zanga solinishi natijasida Uyg‘onish 
davri paydo bo‘ldi.
Dunyoviy bilimlarga intilish, tabiiy fanlarga diqqat qaratish, in- 
sonparvarlik, har tomonlama bilimga ega bo‘lish va qomusiylik Sharq 
Uyg‘onish davrining asosiy belgilaridir. Quyida Uyg'onish davriga asos 
solgan 0 ‘rta Osiyo olimlaridan ayrimlarining faoliyati haqida qisqacha 
to‘xtalamiz.
Xorazmiy (taxminan 783- 85Q)mng ilmiy faoliyati. 0 ‘rta Osiyo­
da aniq fanlaming, xususan, matematika ilmining paydo bo‘lishi Xoraz­
miy nomi bilan bog‘liq. Uning jahonshumul olim ekanini butun olam 
e’tirof etadi. Xorazmiyning ilmiy faoliyati antik davr fanidan Uyg‘onish
“ Qarang: Abu Mansur as-Saolibiy. Yatimat-ad-dahr, Tadqiq qiluvchi, tarjimon, izoh va 
ko'rsatkichlami tuzuvchi I. Abdullaev. Т.: “Fan" nashriyoti, 1976, 3-b.
125


davridagi fanga ko‘prik bo‘lib xizmat qildi.45 Xorazmiy haqidagi dast­
labki ma’lumot X asrda Ibn an-Nadim degan olimning “al-Fixrist” 
(“Ro‘yxat”) nomli asarida uchraydi. Ma’lumot qisqa bo‘lib, quyidagic­
ha: 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish