O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Ibn Sinoning adabiyotga qo‘shgan hissasi (to‘liq nomi -Abu



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Ibn Sinoning adabiyotga qo‘shgan hissasi (to‘liq nomi -Abu
Ali Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino; 980 Buxo-
ro-1037 Hamadon). 
Ibn Sino o‘rta asr Sharq olamida tibbiyot, kimyo, 
astronomiya, mexanika, falsafa, psixologiya, adabiyot, musiqa kabi qa­
tor fanlami puxta egallagan va bu fanlarga doim asarlar yaratgan ulkan 
olimdir. U fanning 29 sohasiga oid 450 ta asar yozgan bo‘lib, shundan 
240 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning asarlari, asosan, arab tilida. U 
tug‘ilgan paytda Buxoroda Somoniylar hukmronlik qilardi. Qoraxoniylar 
saltanati Somoniylar sulolasini yiqitgach, ibn Sino Urganchga Xorazm 
hukmdorlari saroyiga (1002-yili) xizmatga bordi. Bu yerda u “tabiblar 
begi” degan nomga musharraf bo‘ldi. Mahmud G‘aznaviy saroyida xiz­
mat qilishni rad etib, Hamadonga ketdi. 1015-1024-yillari Hamadonda 
yashadi, amir Shamsiddin ad-Davlani shifolagandan keyin, vazir lavozi- 
miga ko‘tarildi. Ibn Sinoning atrofida unga nisbatan dushmanlik kayfi- 
yatida bo‘lganlar bor edi. Ulaming chaquvi bilan Shamsiddin ad-Davla 
Ibn Sinoni o ‘z hukmronligi hududidan chiqarib yubordi. U yana qattiq 
betob bo‘lib qolgach, ibn Sinoni toptirib keldi va yana vazir lavozimiga
133


tayinladi. Shamsiddin al-Davla vafot etgach, Isfahonda (1023 - 1037) 
umrining oxirigacha amir Aloud -Davla saroyida yashadi.
Ibn Sino qomusiy olim, noyob xotirasi, fikrining teranligi bilan alo­
hida ajralib turardi. U, birinchi navbatda, dunyo tabobat ilmiga ulkan 
hissa qo‘shgan olimdir. Ibn Sino jahon tabobat ilmiga qanchalik his- 
sa qo‘shgan bo‘lsa, badiiy ijod sohasida ham o‘z davrida katta meros 
qoldirdi. U faylasuf olim sifatida tanqidlarga ham uchradi, ayni paytda 
uning qarashlarini qo‘llab-quwatlovchi (masalan, Nosiruddin Tusiy) 
mutafakkirlar ham bo‘ldi. Shuningdek, Umar Xayyom ibn Sinoni falsafa 
sohasida o‘zining ustozi deb bilgan.
Ibn Sinoning butun ilmiy faoliyati quyidagi asarlarda jamlangan: 1. 
“Al Qonun fi-t-tibb” (Tib qonunlari) - o‘z davridagi tibbiyot ilmining 
nazariy va amaliy masalalarini bir tizimga solgan tibbiy qomus; 2. “Ki­
tob ash-shifo” (Shifolash kitobi) - falsafiy qomus bo‘lib, to‘rt qismdan 
iborat: mantiq, tabiiy fanlar, matematikaga oid fanlar, metafizika (ya’ni 
ilohiyot); 3. “Kitob an-najot” (Najot kitobi) - “Kitob ash-shifo”ning qis- 
qartirilgan shakli; 4. “Donishnoma” (Bilimlar kitobi) - fors tilidagi fal­
safiy asarlari, asarda nazariy falsafaning, jumladan, mantiqning ko‘plab 
masalalarini o‘rtaga tashlaydi; 5. “Risola al-iksir” (Eliksir haqida risola)
- kimyo faniga bag‘ishlangan bo‘lib, metallami o‘zgartirishning ama­
liy usullarini tadqiq etgan; 6. “Al-adviyat al-qalbiya” (Yurak xastaliklari 
shifosi) - yurak xastaliklariga shifo berishga oid falsafiy-tibbiy asar, shu­
ningdek, muallif ruh haqidagi qarashlari va mulohazalarini ham bu ki- 
tobda bayon qiladi; 7 “Solomon va Ibsol”, “Hayy binn Yaqzon” (Uyg'oq 
o ‘g ‘li Tirik) - bu ikki asar adabiy-falsafiy qissalardir; 8. Ibn Sino va 
Beruniyning fizika (ya’ni tabiatshunoslik) va falsafaga oid yozishmalari
- bu yozishmalami olimlar “asr yozishmalari” deb ataganlar. Yozishma- 
larda ibn Sino Aristotel (mil.ol.384 - 322 )ning tabiatshunoslikka oid 
ayrim qarashlarini Beruniy bilan munozara qildi; bu masalalar - tana 
va moddalaming tabiiy о‘mi, tananing markazdan qochuvchi kuchi, eng 
may da qismlaming bo‘linuvchanligi, olamlaming ko‘pligi, moddalar- 
ning o‘zidan o‘zi o‘zgarishi va boshqalar edi.
Ibn Sinoning tibbiyotga oid asari X I1 asrda lotin tiliga tarjima qi­
lingan va XV asrdan beri 40 marta chop etilgan. X V I11 asrgacha Yevro- 
paning hamma universitetlarida uning “Tib qonunlari” asaridan tibbiyot 
bo‘yicha darslik sifatida foydalanganlar.
134


Yevropaning buyuk faylasuf va madaniyat arboblari Rodjer Bekon 
(X I11 asr), Dante (X I11-X1 Vasr), Leonardo da Vinchi (XV-XVI), Mi- 
kelanjelo (XV-XVI), Vezaliy (XVI), Gyote (X V I11 -X IX ) kabilaming 
falsafiy qarashlariga va nazariyalariga ibn Sinoning ta’siri juda kuchli 
bo‘ldi. Ibn Sinoning falsafiy qarashlari asosan, uning “Tayr”, “Solmon 
va Ibsol”, “Hay bin Yaqzon” kabi badiiy asarlarida o‘z ifodasini topgan. 
Ibn Sino Aristotelning qarashlariga ergashdi. Aristotel “Metafizika” asa­
rida yaratilish haqida shunday g‘oyani ilgari suradi: “Shakl buyumga 
haqiqiy mavjudlikni ato qiladi, materiya esa o‘zida buyumning mavjud- 
ligi imkoniyatini qamrab oladi. Masalan, haykal haqiqiy buyum, ammo 
haykal yasalgan materialga shakl berilmasdan oldin, u layoqatga, haykal 
bo‘lish imkoniyatiga ega edi”. Ibn Sino olamning Yaratuvchi bilan birga 
abadiyligini tasdiqlaydi. Ibn Sino bu qarashi bilan oliy muhabbat ob’ekti
- Yaratuvchi bilan ashyolar o‘rtasidagi bog‘liqlikni nazarda tutadi. Ibn 
Sinoning bu qarashi Aflotunning “Olam sevgi asosida vujudga keladi va 
shu qonuniyat bilan harakat qiladi” degan nazariyasiga hamohangdir.
Xullas, ibn Sino o ‘z falsafiy asarlarida qadimgi yunon falsafasini 
yangi g ‘oyalar bilan boyitib, rivojlantirdi. Uning badiiy asarlari ham, 
shubhasiz, 0 ‘rta Osiyo falsafiy tafakkurini rivojlantirishga, axloqiy va 
ta’limiy g ‘oyalami yoyishga katta xizmat qildi. Aytish mumkinki, ibn 
Sinoning barcha badiiy asarlari 0 ‘rta asr 0 ‘rta Osiyo adabiyotidagi 
bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi.
Ibn Sinoning o‘z davridan beri ko‘pchilikning e’tiborini tortib kel­
gan asari “Hayyi bin Yaqzon” qissasidir. Qissa Ibn Sino tilidan hikoya 
qilinadi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish