O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“Oltnn yorug‘”dagi afsonalar. Ku tau afsonasi



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Oltnn yorug‘”dagi afsonalar. Ku tau afsonasi. 
Afsonalar “Oltun 
yorug‘”ning badiiyatidan dalolat berib, Sharqdagi barcha diniy-falsafiy 
asarlar singari, keng omma tomonidan badiiy asar sifatida ham qabul 
qilingan. Asardagi “Ku tau” va “Shahzoda va Bars”, “Udaqatati tabib va 
uning o‘g ‘li” haqidagi bir qator afsonalar, asarning hikoya qilinish usuli, 
muloqot shakllarining o‘ziga xosligi “Oltun yorug‘”ni badiiy asar sifati­
da e’tirof etishga imkon beradi. Bu afsonalar komillik yo‘l-yo‘riqlarini 
ko‘rsatadi, shu yo‘lga da’vat etadi. Zotan, asaming boshidan-oxirigac-
92


ha ko‘tarilgan masalalar, aqidalar, g‘oyalar komillikka da’vat etadigan 
omillardir. Har uchala afsonada ham buddaviylikning ilk bosqichidagi 
komillikka erishish yo‘l-yo‘riqlari bayon etilgan. “Ku tau afsonasi”da 
Ku tau obrazi orqali jamiki insoniyatga manfaat keltiradigan ezgu ish -
“Oltun yorug‘” asarini ko‘chirtirish hatto jismoniy o‘lim va xastaliklar- 
ning ham oldini oladigan bir omil sifatida talqin qilinadi.
Afsonada hikoya qilinishicha, no‘m keng tarqalmagan vaqtda Inc- 
hyu nomli shaharda chang qabilasidan Ku tau degan bir odam shahar 
begi edi. U shahar begi bo‘lib turganda, ko‘p jonzotlami qurbon qildi. 
Vaqti kelib, qizining to‘y bo‘lganda, sigir, qo‘y, to‘ng‘iz, g‘oz, o‘rdak, 
tovuq kabi ko‘plab jonzotlami so‘yib, katta ziyofat berdi. Oradan o‘n 
kun o‘tmasdan o‘sha bek og'ir xastalikka yo‘liqib, gap-so‘zdan qolib, 
tutqanoq kasaliga yo'liqdi va olamdan o‘tdi. 0 ‘lgandan keyin butun 
a’zolari sovib, faqat yolg‘iz yuragi sirtida bir parcha eti sovimay qol­
di. Buni ko‘rib, xonadonidagi odamlar qattiq yig‘i-sig‘i qilib murdani 
ko‘mishga olib bormasdan, uch kunni o‘tkazdilar. To‘rtinchi kun tong 
saharda ular kuyib-yonib turganlarida, o‘sha bek tirilib, o‘midan turib 
keldi, yuqoriga o‘tirib, ovqat, ichimlik so‘radi. Bu ahvoldan bekning qa- 
rindosh-urug‘lari, bir qancha odamlar vahimaga tushib, nariroq qoch- 
dilar. Ulaming qochib borayotganini bek ko‘rib, ovoz berdi va shunday 
dedi: “Qaytinglar, yaxshilarim, men tirilganimga sizlar nima uchun 
darrov qochib ketyapsizlar? Qo‘rqmanglar, men endi sizlarga tirilishim 
sababini aytib berayin, burxanlar no‘mining turlichaligini endi eshiting- 
lar”. U shunday deya so‘zlab berdi: “Kasai bo‘lganimda, eng aw al men­
ga to‘rtta shayton yaqin keldi. Bittasi yo‘g‘on qamchi tutgan, ikkinchisi 
arqon tutgan, uchinchisi qop tutgan, to‘rtinchisi ko‘k to‘nli, ot mingan 
bek ekan. Bu to‘rt iblis meni bir uy darvozasiga olib borganlaridan keyin, 
o'sha ko‘k to‘nli bek otdan tushib, meni chaqirdi. Men u bekning oldiga 
borganimda, u qo‘ynidan bir bitigni chiqarib, menga o‘qitdi. 0 ‘qisam, 
bu bitigda o‘sha kungi bizning ziyofatda o‘ldirilgan sigir, qo‘y, to‘ng‘iz 
kabi jonivorlaming so‘zi bitilgan ekan. Ulaming so‘zlari quyidagicha 
ekan: “Biz, hamma hayvonlar, oldin insoniyat dunyosida qilgan yomon 
qilmishlarimiz sababidan hayvonot olamida tug‘ilgan edik. Qarzimizni 
to‘laydigan, burchimizni o‘taydigan yil, oy vaqt miqdorini tugatsak edi
unda qiyofamizni o'zgartirib, insoniyat dunyosida tug‘iladigan bo‘lar 
edik. Shunday qilib, hayvonot olamidan ayrilib, qutiladigan vaqtimiz, 
kunimiz tugamasdan, Inchyu shahridagi chang qabilalik Ku tau degan
93


bek bizni o‘ldirdi. Shuning uchun hammamiz qaytadan yana hayvonot 
dunyosida tug‘iladigan burchdan, azob-uqubatdan shikastlandik. Bun­
day azob-uqubatdan shikastlangan zamonda bizning bu qayg‘ularimizni, 
azob-uqubatlarimizni ochiqchasiga tushuntirib so‘zlab beradigan da- 
rajada madorimiz yo‘q edi. Qanday qilib yana qarshilik qilishga, bar- 
dosh berishga kuchimiz bo‘lsin?! Bu qayg‘umizni endi yaratgan Tangri 
o‘ngarsin”, deb iltijo qildilar. Shuning uchun biz seni olib ketgani keldik. 
Bu xabar bitigda bor”. Bu so‘zlami bitigdan men oxirigacha o‘qib bitir- 
dim. Keyin o‘sha ko‘k to‘nli bek: “Ushlanglar uni!” deb baqirgan edi, 
uchala iblis menga yaqin keldi, bittasi arqon bilan bo‘ynimni bo‘g‘di, 
bittasi qopga meni soldi, bittasi yo‘g‘on qamchi bilan boshimga urdi, 
ikkala qo'limni qayirib, Bopso‘qa tog‘i tomonga olib bordilar. Yo‘l 
o‘rtasiga borganda, o‘sha meni olib borayotgan iblislar menga shunday 
dedilar: “Ey inson, sen shuncha-shuncha hayvonlarni o'ldirding. 0 ‘sha 
sen umrlariga zomin bo‘lganlar maktubi sababidan seni olib ketgani kel­
dik. Sen buni bilishing kerak”, deb aytdilar. Bu so‘zni eshitib, men ularga 
shunday dedim: “Ey yaxshilarim, tangrilarim! Agar men u paytda inson- 
laming bu dunyolik ko‘zi o ‘ngida yomon ish qilganimni ko‘rib-bilgan 
bo‘lsam, bular Yamaning3s-boyligidir. 0 ‘sha yomon ishlaming hozirgi- 
day og‘ir natija va oqibatlarini bilmagan edim. Mendan boshqa qanc- 
ha-qancha odamlar son-sanoqsiz jonzotlami o‘ldirganlarini ko‘rdim. 
Ammo o‘sha kishilaming ochiq-oydin tushiga kirgan narsalarga yaxshi 
e’tibor bermagan edim. Shuning uchun ikki orada yana hozirgiday tilim 
bog‘lanib, o‘lim azobiga duchor bo‘ldim. Qanday amal-chorasini qil- 
sam, qaytadan tirik jon bo‘la olaman? Bilmasdan yanglishib, xato qilib 
yovuz qilmishim uchun o‘zim pushaymon bo‘lyapman, qattiq azob tort- 
yapman. Endi nima qilayin?” deb so‘radim. Shu gaplami aytganimdan 
keyin o‘sha iblislar menga shunday dedilar: “Ey inson! Sen issiq jonini 
olganlardan o‘ttizdan ortig‘i - bog‘langan, ushlangan jonzotlar qudratli 
Erklig xonning-qarshisida dushmanlarcha ko‘zini chaqchaytirib, o‘sha 
ko‘zlarini tikib, seni kutib turibdilar. U yerga borganingda, Erklig xon 
juda qattiq qiynab o‘ldirilganlaming qattiq qonuni bo'yicha hukm qiladi,
35 Yama 
sanskr. -
murdalar shohligining hukmdori, Y ama dastlab о ‘ ladigan deb tasaw ur qilingan 
b o ‘lishi mumkin. “Rigveda”dagi Yama va uning egizak singlisi Yamiga bag'ishlangan madhiyaga 
k o ‘ra, Yama “o'lganlardan birinchisi”dir. Shu tariqa u boshqalaming о ‘Iishi uchun yo‘I ochib 
bergan. Buddaviylikdagi diniy-mifologik tasaw urlarga ko‘ra, jonzotlar o ‘lgandan keyin Yamaning 
oldida hozir b o ‘lishlari lozim, o‘lgan mavjudotlaming jannatga loyiq yoki noloyiqligini Yama hal 
qiladi.
94


u yerdagi og‘ir azoblardan qutulmagaysan”, deya so‘zladilar. Bu so'zni 
eshitganimdan keyin men yanada qattiq qo‘rqdim, azoblarim ortdi. Ular 
har tarafga alanglab, meni pastga tushirib, oldinga tortib, keyinga tortib, 
urib-so‘kib, yana bekning huzuriga qattiq shoshiltirdilar. Shundan ke­
yin men yana ularga yolvorib, shunday dedim: “Ey yaxshilarim, o‘ylab 
qarasam, azoblarimdan aslo qutulmoqlik yo‘q. Endi sizlardan o ‘tinib 
so‘rayman, yolvoraman: o‘zim o ‘ldirganlaming qo‘liga tushgach, ular 
meni Erklig xon oldiga so‘roqqa olib borganlarida, men nima qilay? 
Shuni menga aytinglar”, deb so‘ragan edim, ular menga shunday dedi- 
lar: “Ey inson! Agar o‘sha o‘zing о‘ldirgan jonzotlar uchun ko‘nglingda 
o‘kinch paydo bo‘lsa, qanday bo‘lmasin, ko‘nglingni pok qilgin. Dunyo­
ning umid-ishonchi komil, dono Tangri tangrisi burxon qonun qilib ber­
gan “Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma narsadan ustun bo‘lgan no‘m 
podshohi” nomli no‘m bitigini tugal, to‘liq bitishga xohish uyg‘otishni 
chin dildan istasang, bu azoblaringdan xalos bo‘lar eding”, dedilar. Bu 
so‘zni eshitishim bilanoq, men birinchilaming birinchisi bo‘lib yetti toza 
ko‘nglim bilan о‘sha jonzotlami o‘ldirgan yovuz qilmishim uchun tavba 
qildim, dadillanib, yovuzlikni tashladim, toza sodiq ko‘ngil bilan turib, 
so‘ngra “Oltin rangli, yorug1, yaltiroq, hamma narsadan ustun boigan 
no‘m podshohi” nomli no‘m xazinani to‘liq, tugal bitishga ko‘nglimni 
chog‘ladim.
Buddaviylik paydo bo‘lmasdan ilgarigi braxmanizm e’tiqodi va 
udumlariga ko‘ra, xudolarga jonzotlar qurbonlik qilinavergan, bu davr­
da hali buddaviylik aqidalari yaratilmagan va hayotga tatbiq qilinmagan 
edi. Ku tay hali buddaviylik aqidalaridan bexabar, braxmanizm aqidalari 
bo'yicha hayvonlar va parrandalami qurbon qilgani uchun, ular braxma- 
nizmdan nirvonga yetisha olmagan. Shundan keyin Erlik xonga shiko­
yat qilganlar. Ku tay maxayana mazhabiga asoslangan “Oltun yorug‘”ni 
ko‘chirtirishga va targ‘ib qilishga va’da berishi bilanoq “o‘likdan tiril- 
di”. Bu degani - Ku tay nirvonga yetishib, “qayta tug‘ildi” demakdir.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish