O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“Devonu lug‘atit-turk” va “Qutadg‘u bilig” uyg‘unligi



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Devonu lug‘atit-turk” va “Qutadg‘u bilig” uyg‘unligi. 
Ayni 
paytda “Devonu lug‘atit-turk”da shakl jihatidangina emas, balki maz­
mun tomondan «Qutadg‘u bilig»ga monand didaktik mazmundagi parc­
halar ham borki, bu parchalarda barqaror adabiy muhit, ma’lum izga 
tushgan ijtimoiy hayotning in’ikosini ko‘ramiz. Qolaversa, “Qutadg‘u 
bilig”da Yusuf uzoq o'tmishdagi donishmandlaming asarlariga tayanga- 
nini aytadi va ulaming o'gitlaridan iqtiboslar keltiradi. Keltirilgan iqti- 
boslaming deyarli hammasi didaktik mazmunda. Yusuf keltirgan qadim 
donishmandlaming iqtiboslari xalq orasida maqol va matallar singari 
tarqalgani shubhasiz. Bunday jarayon adabiyot tarixida ko‘p uchraydi.
Mana shu adabiy qonuniyatga tayanib, Yusuf asarida keltirgan do- 
nishmandlammg o‘gitlari, hikmatlari “Qutadg'u bilig” uchun qancha- 
lik xizmat qilgan bo‘Isa, “Devonu lug‘atit-turk” uchun ham shunchalik 
jiddiy va ishonchli manba bo‘lgan. Namuna sifatida «Devonu lug‘atit- 
turk»dagi va “Qutadg‘u bilig”dagi mazmunan o‘xshash bo'lgan ayrim 
fardlarni qiyoslaymiz:
“Devonu lug‘atit-turk”da:
189


Ulugluq b o lsa sen ezgu qilin,
Bo‘lg‘il kishig beglar qatin yaxshi ulan (1,95).
(Daraja yoki martaba topsang, xulqingni chiroyli qil, amirlar oldida 
yaxshilik yetkazuvchi, xalqning ishlarini yaxshi qabul qiluvchi bol.)
“Qutadg‘u bilig”da:
Qilinch et, yo‘ruq tuz, o‘zungni tutun,
Ko‘ngul til ko‘ni tut, bishirg‘il so‘zung.
(Xulqingni to‘g‘rila, yo‘riqni tuzat, o‘zingni tut,
Ko‘ngil, tilni to‘g ‘ri tut, so‘zingni pishiq qil) [3957]
“Devonu lug‘atit-turk”da:
Bolmish nangig sevarsan, aqrun angar sevingil,
Barmish nengig saqinma, azraq angar o‘kungil (III, 372)*
(Bor molingni sevasan, unga kamroq sevin, chunki u sendan (ya’ni 
qolingdan) chiqib ketishi mumkin. Qolingdan ketgan narsa uchun 
qayg‘urma, unga ozroq sevin. Chunki achinish senga (qolingdan chiqib 
ketgan narsalami) qaytarib bermaydi)
“Qutadg'u bilig”da:
Kuvanma bu qutqa, kelip ham barir,
Inanma bu davlat berur ham alir [680]
(Bu mol-davlatga quvonib g‘ururlanma, u keladi va yana ketadi,
Bu davlatga ishonma, uni beradi va yana oladi)
*Mazkur she’riy parcha “Devonu lug‘atit-turk”da to‘rtlik shakli- 
da berilgan, yuqoridagi fardga shaklan va qofiyalanish tizimi bo‘yicha 
o‘xshash bolgani uchun, biz ikkilik shaklida berdik.
“Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar yuzasidan yevro- 
palik olimlar bildirgan mulohazalar anchayin diqqatga sazovor. Asar­
dagi to‘rtliklar turkiy she’riyatning qadimgi namunalaridir degan 
K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. 
P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida, qadimgi
190


turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r bo‘lgan degan 
xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi va 
she’mi bir tizimga soladi. Pelo “Devonu lug‘atit-turk”dagi to'rtliklarning 
qofiyalanishini fors she’riyati ta’siridir deb qaraydi. “Qutadg‘u bilig”ning 
she’r tuzilishida fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haq- 
da yetarli fikrlar aytilgan.62

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish