olmaki
bar,
Tunarig tamuqa
tushmaki
bar.
Tumanlig yaklar
kelir
tiyur,
Tumanlig yaklar
ayar
tiyur
(Oxiri insonning o‘lmog‘i ham bor,
Qorong‘u do‘zaxga tushmog‘i g ‘am bor.
0 ‘n minglarcha shayton keladi derlar,
0 ‘n minglarcha shayton ish ko‘rar derlar.)
Bunday misollami moniylik she’rlaridan ko‘plab keltirish mumkin.
“Devon”dagi she’rlar haqida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi she’rlar
ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub.
2. Matnlar islomdan oldingi davrga aloqador.
Urxun yodnomalari bilan “Devonu lug‘atit - turk” qiyoslanganda,
badiiy fikrlashning eng umumiy tamoyillari urxun yodnomalarida ham,
«Devon»da bir ekanligi ayonlashadi.64
“Devonu lug‘atit-turk” va yenisey yodnomalaridagi jang lavha-
lari bir-biriga motiv va syujet jihatidan shunchalik uyg‘un keladiki,
MQarang: Rahmonov N. K o‘hna bitiktoshlar. G ‘afur G 'ulom nomidagi nashriyot-matbaa
birlashmasi.Toshkent, 1991, 14-bet.
192
“Devon”dagi to‘rtliklar “islomdan oldingi 0 ‘rta Osiyo xalqlarining
eposi”ga65 aloqadorligi ma’lum bo‘ladi. Fitratning ko'rsatishicha,
“Devon”dagi to‘rtliklar milodiy VII-VII asrlarga oid adabiy manbalardir.
Qadimgi turkiy adabiyotdagi - urxun-yenisey yodnomalaridagi an’ana
Qoraxoniylar davri adabiyotiga uzluksiz o ‘tgani haqidagi fikrlar shun
day parchalarda o‘z tasdig'ini topadi. Jumladan, A.Bombachi qadimgi
turkiy adabiyot bilan “Qutadg‘u bilig” o‘rtasidagi aloqani tarixiy sharoit
bilan bog‘laydi: “Turkiylar uchun islomgacha bo'lgan davrdan islomga
o‘tish birdaniga bo‘lmagan edi. An’ananing uzluksizligi Qoraxoniylar
adabiyotida yaqqol kuzatiladi. Til ilgari qanday bo‘lsa, shundayligicha
qoldi”.66 Qadimgi turkiy adabiyotning chegarasini aniqlashda til niho-
yatda muhim.
Bombachining yuqoridagi fikri uchta manba - urxurv- yenisey yod-
nomalari, “Devonu lug‘atit-turk” va “Qutadg'u bilig”ga tegishli. Turko-
logiyada “qadimgi turkiy adabiyot” va “qadimgi turkiy til” nomi ostida
X I 1 asrgacha bo'lgan turkiy tildagi yodgorliklar nazarda tutiladi va bu
o'zini oqlaydi.
Gap “Devonu lug‘atit-turk” va urxun- yenisey yodnomalarining ti-
lidagi umumiylik va bu manbalardagi tasviming uyg‘unligi haqida ketar
ekan, yana Fitratga murojaat etamiz. U yuqoridagi asarida “Devon”dagi
bir necha epik asar parchalarini tiklaydi. Ular mazmun, ruh, poetik ji-
hatlari, voqealar mazmuni jihatidan xalq eposlariga taalluqli ekanligi
yaqqol sezilib turadi. Fitrat “Devon”dagi to‘rtliklami mazmuniga ko‘ra
o‘n besh bo‘limga guruhlaydi. Biz bu o‘rinda VII (Tangut begining
urushi, 53-58- betlar), VIII (Uyg‘urlar bilan urush, 58-60-betlar), XII
(Bir urush, 74-78-betlar), XIII (Uch urush, 72-74-betlar) bo‘limlaridagi
to‘rtliklaming yodnomalardagi parchalarga nafaqat g‘oya va maz
mun tomondan, balki tarixiylik nuqtai nazaridan ham uyg‘un kelishini
ta’kidlamoqchimiz. Misol uchun “Tangut begining urushi” deb nomlan-
gan bo‘lim to‘rtliklarida (8 to‘rtlik) jang manzarasi tasvirlangan.
Qatun sini jig'iladi,
Tangut begin yag‘iladi,
Qani ag‘ib jag‘iladi,
Q‘yin suvin qizil sag‘di.
“ O 'zbek folklorining epik janrlari. Toshkent, Fan, 1981, 88-bet.
“ Бомбачи А. Тюрские литературы. Введение в историю стиля. “Зарубежная тюркология”
туплами. М.: 1986, 208-6.
193
(Qatun sini qabilasi qichqirishib, g‘ulg‘ula solib, tangut begiga
dushman bo‘Idi, urush ochdi, (oqibatda) bo‘ynidan zil suv sog‘ilgan kabi
bo‘lib, qoni vijillab oqdi.)
Bu to‘rtliklardagi tarixiy voqealar turk xoqonligi davrida yuz ber
gan. Qiyos uchun Bilga xoqon yodnomasidagi tangutlar bilan bo‘lgan
jang lavhasiga to'xtalaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |