O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


she’rlari, qofiya, fors she’riyati



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

she’rlari, qofiya, fors she’riyati.
“Devonu lug‘atit-turk”ning yaratilishi. 
Koshg‘ariyning tug‘ilgan 
yili aniq emas. U «Devonu lug‘atit-turk» asarini 1068-yili yozib tugat- 
gan. Bu davrda Koshg‘ar aholisi turkiy tilning eng “go‘zal lahjasi bo‘lgan 
xokoniya turkchasida so‘zlashar edilar” (V.V.Bartold); ukrainalik tur- 
kiyshunos olim Omelyan Pritsakning aytishicha, Mahmud Koshg‘ariy 
Qoraxoniylar sulolasiga mansub odam bo‘lgan. U siyosiy ta’qiblardan 
qochib, o‘n yilcha turkiy qavmlar yashaydigan o‘lkalarda u yerdan-bu 
yerga ко‘chib yurgan. Ana shu davrda u turkiy qavmlaming tili, ge- 
ografiyasi, musulmonlikdan oldingi urf-odatlari va diniy tasawurlari, 
adabiyoti haqida ko‘p material to‘plagan. Oxiri Bag‘dodda to'xtagan. 
Bu davrda Bag‘dodni Saljuqiylar egallagan edi. Saljuqiylar ham turkiy- 
zabon bo‘lgani uchun, Mahmud Koshg‘ariy o‘zi to‘plagan materiallar 
saljuqiylarda qiziqish uyg‘otishini bilib, «Devonu lug‘atit-turk» asariga 
tartib bergan.
Koshg‘ariy bu asari ustida uzoq yillar ishladi. Yuqori Chindan tortib 
butun Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona va Buxoroga qadar cho‘zilgan 
keng hududni kezib chiqdi. Bu hududda yashagan urug‘lar, qabilalaming 
turmush tarzini, kasb korini, turar joylarini aniqladi, tillarini sinchiklab 
o‘rgandi. Koshg‘ariyning o‘zi bu haqda “Devon”ning muqaddimasida 
quyidagicha tushuntirish beradi: “Men turklar, turkmanlar, o‘g ‘uzlar, 
chigillar, yag‘molar, qirg‘izlaming shaharlarini, qishloq va yaylovlarini 
ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim, turli xil so‘z xususi-
185


yatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlami til bilmaganim uc­
hun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlami ham aniqlash uchun 
qildim. BoMmasa, men tilda ulaming yeng yetuklaridan, eng katta mu- 
taxassislaridan, xushfahmlaridan, eski qabilalaridan, jang ishlarida usta 
nayzadorlaridan edim. Ularga (tillarga - N.R.) shuncha diqqat qildimki, 
turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar va qirg‘iz qabilala- 
rining tillari butunlay dilimga jo bo‘ldi. Ulami har tomonlama puxta 
bir asosda tartibga soldim”61. Koshg‘ariy bergan bu izohdan ma’lum 
bo‘ladiki, u tilshunoslik bo‘yicha maxsus ta’lim olgan
Koshg‘ariyning asosiy maqsadi lug‘at tuzish, turkiy qabilalaming 
lahjalaridagi farqlami ko‘rsatish barobarida bu davr adabiy tilining 
go‘zalliklarini, turkiy qabilalar orasida barqaror va asrlar davomida 
qo‘llanib kelgan til ekanini namoyish qilish bo‘lgan edi. Buning isboti 
sifatida turkiy tilning ijtimoiy hayotdagi o‘miga u bergan quyidagi gap 
asos bo‘la oladi. Koshg'ariy yozadi: “Xudo davlat quyoshini turklar 
buijida yaratdi. Falakni ham shular mulkiga moslab aylantirdi. Ulami 
turk deb atadi, mulkka ega qildi, ulami zamonamizning xoqonlari qilib 
ko‘tardi... Ulaming [turklaming] o‘qlaridan saqlanmoq uchun ulaming 
xatti-harakatlarini mahkam tutmoq har bir aqlli kishiga loyiq va muno- 
sibdir. Bularga yaqin bo‘lish uchun eng asosiy yo‘l - ulaming tillarida 
so‘zlashishdir, chunki ular bu tilda so‘zlashuvchilarga yaxshi quloq so- 
ladilar, o ‘zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar. Hatto ular o‘z 
panohida turgan boshqalaming gunohini ham kechib yuboradilar...” (1 
jild, 21-b.).
Mahmud Koshg‘ariy bu asari orqali ilk bor turkiyshunoslikka asos 
soldi.
«Devonu lug‘atit-turk» - qomusiy asar. Bu asar faqat tilga yoki ada- 
biyotga oid materiallar va dalillargina emas, balki Markaziy Osiyoda is- 
tiqomat qilgan qabilalar tarixi to‘g ‘risidagi manba hamdir. Har bir qabi- 
laning o‘sha davrdagi mavqei, tarixi to‘g‘risida ham yetarli ma>lumotlar 
beradi. Jumladan, o‘g‘uzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar to‘g‘risida 
o‘mi-o‘mi bilan aytilgan ma>lumotlar bunga dalildir.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish