O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

sa).) 
(2589-2597)
Bir odam - elchi uchun shuncha bilimu hunarlar nima uchun kerak? 
Yusuf garchi elchi bo‘lib boradigan odamning san’at, hunarlami bilishi 
bekning nomini ulug‘lashini ta’kidlaydi. Lekin faqat shugina emas. El-
178


chi o ‘z mamlakatining boshqa bir mamlakatdagi qiyofasi, xalqning, el- 
yurtning kimligini ko‘rsatadigan vosita. Elchiga qarab o ‘zga mamlakat 
odamlari shu mamlakat xalqining ma’naviyatini, axloqini, zakovatini, 
aql-farosatini, vaziyatni yaxshi tushunishini va murakkab vaziyatlardan 
chiqish yo‘llarini bilishini, xullas, butun ichqi va tashqi olamini anglay- 
di, elchiga qarab xulosa chiqaradi. Yusuf elchilikka munosib odamga 
talablar qo‘yganda, o‘tmishdan saboq oldi, umumlashtirdi. Zotan, bu jid- 
diy lavozim bekninggina emas, balki mamlakat va davlatning taqdiriga 
hal qiluvchi ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kotib.
Bek sirini qo‘l ostidagi ikki odamga - kotibga va vazirga oc- 
hadi. Bek ichki sirlarini kotibga aytganda, kotib sirlami saqlay bilishi lo- 
zim. U bekning ishonchi. Agar kotib so‘zni qattiq sir tutmasa, og‘zi o‘ra 
kabidir, og‘zidan chiqqan so‘z urug‘ donachalariday har yoqqa sochila- 
di, uni terib bo‘lmaydi. Bek kotib tanlashda quyidagi sifatlariga e’tibor 
berishi lozimligini Yusuf uqtiradi:
Bitigchi biliglig uqushlug‘ kerak 
Xati uz balag‘at taqi edgurak
Bitigda xat uz bolsa achlur kongul 
Oqig‘u kelir baqsa avnur ko‘ngul
Balag‘at bila xat tengashsa qali 
Edi edgu til bu bitig soz tili
(Kotib bilimli, zakovatli bo‘lishi kerak,
Xati chiroyli, so‘zga usta, ezgu fol bo‘lishi kerak.
Maktubda xat chiroyli bo‘Isa, ko‘ngil ochiladi,
Boqsa o‘qigisi keladi, ko'ngil quvonadi.
Agar fasohat bilan xush xat tenglashsa,
Bu yozma nutq tili juda ezgu til bo‘ladi.) (2653-2655)
Ammo kotib tamagir bo‘lsa-chi? Bunday kotib, - deydi Yusuf, - tilni 
buzadi, chunki u tama niyatida yozadi, oqibatda yozuvni buzadi. Kotib 
uchun yana bir fazilat - ichkilik ichmasligi, xulq-atvori chiroyli bo'lishi 
lozim. Agar kotib ichkilik ichsa, bilimdan yanglishadi va yozuvda xato
179


qiladi. Buning oqibati - kotib yo o‘z boshini yoki xo‘jayinining boshini 
yeydi.
Xazinachi.
Yusuf xazinachiga talab qo'yganda, birinchi navbatda, 
uning ma’naviy-axloqiy tomoniga e’tibor qaratadi. Xazinachi - ko‘zi 
to‘q, halol va haromning farqiga boradigan bo‘lsa, Xudodan qo‘rqsa, 
ko‘p mol-dunyo ko‘rib ko‘zi to‘ygan bo'lsa, shunday odamning xazi­
nachi lavozimiga tayinlasa bo‘ladi. Xazinachining hushyorligi - beklik 
ishning baroridan kelganidir.
Yusuf asarda yana boshqa tabaqalar - osh boshchi (bosh oshpaz), 
sharobdorlar boshlig‘i kabi mansablarga munosib nomzodlar tanlash ha­
qida ham bir qator o‘gitlar beradi.
Yusuf nihoyatda kuzatuvchan. Jamiyatdagi hamma tabaqalaming 
fe’l-atvorini, lavozim majburiyatlarini puxta o‘rgangan. Qaysi lavozim- 
dagi odamlarga bilim, zukkolik, halollik kabi sifatlar zaruru qaysi biriga 
jismoniy baquwatlik, qaysi biriga mehribonlik, xushmuomalalik kabi 
xislatlar kerakligi to‘g‘risida aytgan da, bu toifalaming va mansabu un- 
vonlarning majburiyatlarini sinchkovlik bilan bayon qiladi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish