O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Asarda 0 ‘zg‘urmish obrazi. 
“Qutadg‘u bilig”da qanoat timsoli 
bo‘lgan 0 ‘zg‘urmish obrazi asar voqealarida muhim rol o‘ynaydi. Yu- 
qorida davlat tizimida asosiy tayanch bo‘lgan turli tabaqalar - bek, vazir, 
lashkarboshi, xazinachi kabi bir qator obrazlar orqali Yusuf axloqiy- 
ta’limiy va ijtimoiy-siyosiy masalalarni ilgari surgan edi. Yusuf axloqiy- 
ta’limiy g ‘oyalari bilan birga, falsafiy qarashlarini asardagi 0 ‘g ‘zurmish 
timsoli orqali yetkazadi. Kuntug‘di eligning 0 ‘zg‘urmishga uch mar­
ta maktub yozgani va 0 ‘zg‘urmishning javoblarida, 0 ‘gdulmish bilan 
0 ‘zg‘urmish o‘rtasidagi suhbat va munozarada, Yusuf o‘rtaga chiqar- 
gan bu dunyoning afzalliklari va ayblari, taxt, boylik, odamiylik kabi 
axloqiy-ta’limiy masalalar, ayniqsa, falsafiy aqidalar jamiyatning, dav- 
latning barqaror yashashi uchun muhiirf omil ekanini u biron о ‘rinda ham 
e’tibordan chetda qoldirmaydi. Jamiyatning turli tabaqalariga bo‘lgan 
munosabat, o‘sha tabaqalaming jamiyatda tutgan о‘mi kabi moddiy, ma- 
ishiy va ma’naviy masalalar to‘g‘risida o‘git beradi. Jumladan, beklarga 
xizmat qilmoq, saroydagi sipohlar bilan suhbat, qora avom bilan aralas- 
hib yurish zarurligi, alaviylar, olimlar, tabiblar, azayimxonlar, tush ta’bir 
qiluvchilar, yulduzchilar, shoirlar, dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar, 
hunarmandlar singari toifalar bilan qanday munosabatda bo‘lish, uyla- 
nish, bola tarbiyasi, xizmatkoriarga ezgu munosabat, mehmonga borish
180


va mehmon kutish qoidalari to‘g ‘risidagi o'gitlarni yetkazishni Yusuf za- 
rurat deb biladi. Bu suhbatlarda falsafiy masalalar bilan axloqiy-ta’limiy, 
ijtimoiy-siyosiy masalalar uyg‘unlashtiriladi.
0 ‘zg‘unnish - zohid, bu dunyodan yuz o‘girgan. U zohidlik dav­
ri so‘fiylariga mansub (xuddi Ibrohim Adham, Hasan Basriy singari). 
0 ‘zg‘urmish “ko‘ngil sevgan” a’moli bilan yashaydi. U 0 ‘gdulmishga, 
dunyo senga o‘zini sevdirib qo‘yibdi, hamma ayblari senga fazilat bo‘lib 
ko‘rinibdi, deya ta’na qilib, dunyoning va bu dunyoda boylikka mukka- 
sidan ketgan odamlaming quyidagi ayblarini birma-bir ko‘rsatadi:
- dunyo quti Xudodan uzoqlashtiradi, qut - din ofatidir;
- bu bevafo olam - o‘tkinchi, boylik kibr-havo orttirishiga olib ke­
ladi, bu dunyo nima bergan bo‘lsa, tezda yana qaytib oladi;
-
dunyo- ko‘lanka, izidan borsang, qochadi, sen qochsang, izing- 
dan boradi;
- bu dunyoning qiliqlari -jafo, qilmishlari - bevafolik, begi bilan 
uch oy ham turmaydi;
- bu dunyoning quyidagi uchta narsadan boshqa narsasi yo‘q: biri 
- halol, ikkinchisi - shubha, uchinchisi - haromdir;
- bu dunyoda odam - g‘ofildir;
- xotin, o‘g‘il-qiz tashvishini tortmoq mashaqqat bo‘ladi, kishi 
kuchini uzadi;
- bu dunyoning yovi uch narsadir: halovat bilmaslik, nafsga qul 
boiish, diyonatga xiyonat qilish;
- bu dunyoning narsasi (ya’ni boyligi) sho‘r suvga o‘xshaydi, 
odam qancha ichsa ham qonmaydi, tili namlanmaydi;
- dunyo ishi sarobdir, kishi tutayin deb qo‘l uzatsa, yo‘qotadi.
0 ‘zg‘urmish 0 ‘gdulmishga bergan bu o‘gitlarini tarixda o‘tgan av-
liyolar, zohidlaming ishlari bilan isbot etadi: “Avliyolar bu dunyoning 
narsa va molini badal qiladilar (ayirboshlaydilar), zohidlar boqib, bu 
dunyo asosini tark etadilar” (3514-bayt). Dunyoni, ya’ni mol-dunyoni 
rad qilish bilan Yusuf qashshoq yashash afzal demoqchi emas, balki dun- 
yoga berilish, mukkasidan ketish insonni toat-ibodatdan uzoqlashtiradi, 
ko‘ngilni bo‘ladi, demoqchi. “Bu dunyo ishiga aralashgan kishi xizmat 
bilan band bo‘lib, oxirat ishlarini qila olmaydi” (3297-bayt). Uning ayt- 
moqchi bo‘lgan gapi shudir. 0 ‘zg‘urmish - zohidona so'fiydir. Uning 
falsafiy qarashlari yo‘q, balki taqvoni va parhyezkorlikni bosh o‘ringa 
chiqaradi. Ilk bosqichdagi so‘fiylik aqidalari ham 0 ‘zg‘urmishning 
a’moli singari edi.
181


Yusuf 0 ‘zg‘urmish obrazi orqali ilgari surgan bu aqidalarda oddiy 
hayotiy detallar - hamma davrlarda insoniyatni haq yo‘ldan chalg‘itgan, 
faqat o‘zidan boshqani o‘ylamaydigan, xudbin qilib yaratilgan, o‘zining 
dunyoqarashi bilan yashaydigan insonlar toifasining qiyofasini chizib 
beradi. Yusufning 0 ‘zg‘urmish tilidan aytgan quyidagi bayti hayotga 
ochiq ko‘z bilan boqishga, odamning hayotdagi tamoyili qanday bo‘lishi 
kerakligini anglashga undaydi:
Tirigka bu nangdin kechish yoq adash,
Egin buggu ton ham bog‘uzqa ham ash
Halal dunya bulsa yesa qazg‘anib,
Chig‘ayqa ulasa aningdin alib
Kishi ag‘ruqi bolmasa bu bog‘uz 
Kishi unmazi ul bu ag‘ruq bog‘uz
(Tirikka bu narsalar (oziq-ovqat kiyim)dan kechish mumkin emas, 
ey do‘st, egnini butaguvchi kiyim ham, bo‘g‘izga ovqatham zarur. 
Halol dunyo topsa, qo‘lga kiritib bahramand bo‘lsa,
Undan bir ulush olib kambag‘allarga ulashsa.
Kishining mol va tomoq tashvishi bo‘lmasa (qanday yaxshi bo‘lardi), 
Mol va tomoq tashvishi kishini ko‘kartirmaydi.) (3605-3607)
Bu singari o‘gitlar Yusufning asosiy aqidalaridan biri ekan, shu 
o‘rinda Ahmad Yassaviyning quyidagi baytlari Yusufning aqidalariga 
hamohangligini aytish o‘rinlidir:
Harom-xarish yig'mish molg‘a quvonmangiz,
Mollarini qirshi otlig‘ yilon qilur...
Bu dunyoga bino qo‘ygan Qorun qani!?
Da’vo qilg‘on fir’avn bilan Homan qani?59
Dunyo mening degonlar, jahon molin olg‘onlar,
Karkas qushdek bo‘lubon ul haromg‘a botmishlar (Ahmad Yassa­
viy. Yuqordagi asar, 196-b.).
5’ Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent. G 'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 
1990, 161—b.
182


Yusuf so‘fiylaming bir toifasi bo‘lgan malomatiylik maslagini ham 
0 ‘zg‘urmish obrazi orqali ilgari suradi. “Kishilaming yukini ko‘tarsa, 
ularga yuk ko‘tartmasa, unga jafo qilsalar, u og‘iz ochmay vafo qilsa” 
(3382).
Yusuf 0 ‘zg‘urmish obrazi orqali ilgari surgantasawufiyg‘oyalardan 
Ibn al-Arabiy, Boyazid Bistomiy, Mansur Xalloj kabi mutassaviflaming 
chuqur falsafiy ta’limotini qidirish o‘rinsiz. Yusuf komil inson sifatlari 
bilan Iloh sifatlarini tenglashtirayotgani yo‘q, qolaversa, uning maqsadi 
bu emas edi. Uning aqidalarida hayotning maishiy tomonlariga qattiq 
e’tibor qaratishdan tiyilish kerakligi haqidagi o‘git bor.
0 ‘zg‘urmish Kuntug‘di elig va 0 ‘gdulmish bilan qilgan suhbatla- 
rida faqirlikni ulug'laydi. Faqirlik - tariqatda o ‘nta maqomotning biri. 
So‘fiylar nazdida faqirlik ulug‘vor ilohiy mohiyat kasb etish bo‘lib, 
Xudoga bandalikni sidqidildan oliy darajada bajo keltirish, bandalik- 
dan sharaf topish, niyozmandlik va talabgorlikda yo‘ldagi tuproq misol 
nomu nishonsiz bo‘lish, Iloh nazdida o‘zini zarra, balki zarradan ham 
kam deb hisoblash va shu martabada komillik rutbasini qozonish ham. 
Barcha narsalar, olamu odam Allohga tegishli, insonning vujudi ham 
o‘ziniki emas, chunki u ham Yaratganning mulkidir. Faqmi ana shunday 
mazmunda anglagan odam tasavvuf mohiyatiga ham yetib boradi.60
Xullas, 0 ‘zg‘urmish timsolida Yusuf nafsga erk bermaslik, buning 
o‘miga toat-ibodat bilan band bo‘lish, halollik, birovning haqini yemas- 
lik, boriga qanoat qilib kun ko‘rish, haromdan hazar qilish kabi kundalik 
amallami bajarishni ommaga da’vat qilishni ilgari suradi.
“Qutadg‘u bilig” da bir yuz saksonga yaqin to'rtlik bor bo‘lib, Sharq 
epik she’riyati uchun qulay va keyinchalik keng tarqalgan masnaviyda 
yozilgan. 71, 72, 73-boblar qasidadan iboratdir.
“Qutadg‘u bilig” amzning mutaqoribi musammani solim va undan 
fa’riy (hosila) bo‘lgan mutaqoribi musammani mahzuf, mutaqoribi mu­
sammani maqsur bahrida yozilgan. Misollar:
Solim bahr
Fa-u-lun fa-u-lun fa - u - lun fa- u- lun
Mahzuf bahr
Fa-u-lun fa-u-lun fa - u - lun fa- ul
“ Qarang: Kornilov N. Tasavvuf. - Toshkent. “Movarounnahr” - “0 ‘zbekisto.n”, 2009,26-27- 
bctlar,
183


Fa-u-lun fa-u-lun fa - u - lun fa- ul
Asarning 71 va 72- fasllari (ikki qasida) va bir to‘rtlik mutaqoribi 
musammani solim bahrida yozilgan:
E -si - zim, yi- git - lik, с - si - zim, yi- git - lik,
Tu - ta - bil, - ma - dim - man, se - ni - tark, qa - chit - tim,
Qolgan hamma qismlari 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish