Kombinatorika usullari.
Kiyim loyihalashda kombinatorika usullarni ilk bor 1920
yillarda konstruktivistlar A.Ekster, A.Rodchenko, L.Popova, V.Stepanova qo`llashgan.
Tizimga
oid
tarkibiy
taxlilini
o`zlashtirib
va
abstrakt
rangtasvirda
“formal tajribalar” bilan shug`ullanib, konstruktivistlar bu usullarni kiyim ishlab chiqishda
foydalanishgan. Kiyim loyihalashda ular bir necha shakllantirish usullarnini qo`llashgan: oddiy
geometrik shakllar to`plamidan standart elementlarni kombinatsiyalash; bazaviy shakl asosida
har
xil
bezaklarni
kombinatsiyalash;
tayyor
standart
ob`ektlarini
kombinatsiyalash.
Keyinchalik shaklni hosil qilishning
programmalashtirilgan
usullari
sanoatga oid kollektsiyalarni loyihalashda faqat etakchi usul bo`lmasdangina grafik komp`yuter
dasturlarning asosiga yotadi.
Kombinator usullariga
quyidagilar
kiradi:
kombinatorika,
transfrmatsiya,
kinetizm, razmersiz kiyim ishlab chiqish, yaxlit bo`lak matodan kiyim yaratish.
Kombinatorika – dizaynda fazoviy, konstruktiv, funktsional, grafik tarkiblarni variantli
o`zgarish qonuniyatlarini qidirish, tadbiq etish, foydalanishga va tipik elementlaridan dizayn
ob`ektlarini loyihalash usullariga asoslangan kiyim shaklini hosil qilish tarzi.
Soddaroq aytganda, kombinatorika – bu har xil tarzda shakl va uning elementlarini
kombinayiyalash.
Kombinatorika – bu variantli izlanish, uni loyihalashda bir qator asosiy usullarga ajratish
mumkin:
-
to`qimachilik kompozitsiyalarini, rapportli gazlamalarni yoki trikotaj polotnosini ishlab
chiqqanda elementlarni tekslikda kombinatsiyalash;
-
yaxlit shakl hosil qilinganda tipik standart elementlarni (modul`) qombinatsiyalash;
-
muayyan shakl ichida (bir konstruktiv asos yoki bazaviy shakl) detallarni va proportsional
bo`linishlarni kombinatsiyalash;
- tayyor
komplektlarni
tashkil
etish,
tayyor
variantlarni
komp`yuterda
qidirish.
Kombinatorika ma`lum usullardan foydalanadi: joyini o`zgartirish, qo`shimcha
guruhlash, aylanish, ritmlarni tashkil etish.
Joyini
o`zgartirish
yoki
evristik
kombinatsiyalash,
elementlarni
o`zgartirish
yoki
alamashishni
nazarda
tutadi.
Bu
usul
loiyihalashda
keng
tarqaldi,
chunki
oddiy
va
deyarli
kutilmagan
natija
beradi.
Kiyim
bo`ylab
detallarni kompanovka qilinganda, bir detallar boshqalari bilan almashtirilganda, bir konstruktiv asosda
buyumning detallari variantli foydalanishda bu usul qo`llanadi. Masalan, yoqani chuntak,
belbog`, sumka, transformatsiyalanadigan kvadrat, uchburchak, doiraga va boshqaga almashtirish.
Ba`zan, bu g`oya be`mani bo`lsa ham, unda oqilona g`oyani topish mumkin.
Ko`shimcha (o`yib o`rnatish
) usuli oddiy shakldan murakkab shakl hosil qilinganda
foydalanadi. Oddiy shakl ma`lum yo`nalishda (vertikal, gorizontal, diagonal yoki aralash)
qirqiladi va turli shaklli geometrik shakllar (kvadrat, to`g`riburchak, uchburchak, doira, kapalak,
gul va b.) orasiga kiritiladi.
Transformatsiya
( lot. transformasio – o`zgarish) – kiyim shaklini boshqa turga
aylantirish yoki o`zgartirish uchun kiyim loyihalashda ko`pincha foydalanadigan usul.
Transformatsiya jarayoni dinamika, o`zgartirish harakati bilan mavjud bo`ladi.
Transformatsiya
quyidagicha
amalga
oshiriladi:
bir
shaklni
ikkinchisiga o`zgartirish (masalan, uzun yubkani kalta qilish, taxlama sumka va b.); bir detal`
shaklini o`zgartirish (masalan, yoqaning uchi qaytariladi, uriladi, bog`lanadi va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |