58
grafik vositalar yordamida “
op-art”
uslubida modellar kollektsiyasi ishlangan. Asosan illyuziya
effekti to`qimachilik sohasida kuchli dinamikani yaratish mumkin.
Razmersiz kiyimni ishlab chiqish
– har xil qomatli odamlarga mos keladigan o`rta
razmerli kiyimni ishlab chiqish uchun kombinatsiyalangan loyihalash usulidir. Razmersiz kiyim
turli hajmli trikotaj kiyimlarida mavjud. Bunday kiyim turini loyihalash va ishlab chiqish dolzarb
hisoblanadi, ya`ni ma`lum kombinatsiya yordamida hayotning barcha hodislariga mos kostyum
garderobini tashkil etish mumkin.
SHuni ham hisobga olish kerakki, buyumlar oddiy, hattoki shakli primitiv bo`lishi kerak,
ulardan oddiy va murakkab komplektlarni tashkil etish mumkin. Bu erda “oddiydan
murakkabkga” o`tish usuli.
1990 yilda amerikan dizaynerlar trikotajdan modali kiyimlarning o`zgaruvchan
garderobini taqdim etishdi. Taqdim etilgan komplektning ayrim qisimlari (“truba”)
juda oddiy
bo`lgan. Ushbu oddiy shakllar komplektning qismi sifatida bir-biri yoki boshqa kiyimlar bilan
kombinatsiyalanib kiyilishi mumkin.
Razmersiz kiyimning assortimenti har xil: qo`sh
burmali toplar; har xil qo`sh burmali
yubkalar; yopishgan siluetli, uzunligi minidan maksigacha yubkalar; har xil razmerli “xomutlar”
yoqalar, lif, belbog`simon kiyish mumkin.
Razmersiz kiyim g`oyasini yapon dizaynerlari ham taqdim etgan. Masalan, I.Miyake
barcha odamlarga mos, bo`yiga va kundalangigia gofreni qo`llab, kiyim kollektsiyalarini taqdim
etgan. Demak, kiyimning tanaga yopishib turish effektiga
elastik trikotajdan tashqari, gofre,
plisse, g`ijimlangan faktura, laykra va rezinka qo`shilgan mato, kuliska va drapirovka yordamida
erishish mumkin.
Elastik materiallar rivojlanganligi bois “hammabop kiyim” loyihalash uchun imkoniyatlar
ko`p. Imte`molchi esa komplekt yaratganda o`z ijodini ham qo`shadi.
YAxlit mato bo`lagidan kiyim ishlab chiqish
– bichilmagan va tikilmagan kiyimni
kombinatorika usulida yaratish. Bu usul qadimdan bo`lgan: ibtidoiy xalqlarda, qadimiy yunon va
rimda, hind va hindularda va b. xalqlarda.
Tikilmagan kiyim usuli texnologiya va konstruktiv jihatdan juda qiziqarli va samarali.
Har xil moslamalar (bog`lash, tugun, bantlar, furnituralar) yordamida transformatsiya o`zgarishi
ro`y beradi. Masalan, Frantsiya “Ermes” firmasi o`z “kare” ro`molari
bilan dunyoga mashhur
ko`rgazmalarda doimo o`z mahsuloti bilan foydalanish usullariini namoyon etadi. Masalan,
ro`mol-karedan (90x90 sm) bo`yni va belida bog`lanadigan lif, xalqa yordamida lif-bikini, o`rab
kiyiladigan yubka-sarong, bo`yin bezaklarni va h.k. barpo etish mumkin.
Matoda kesim qilib, har xil kiyim turlarini taqdim etish mumkin.
“Origami”
usulni
qo`llab
kompan`on-materiallar,
ikkiyuzli
gazlamalar, turli matolar, har xil bezak, moslamalar, kesimlar, qo`shimchalar va turli geometrik
shaklda mato bo`laklarini qo`llab kostyum qismlarining turlicha variantlarini taqdim etish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: