177
tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi koʻplab falsafiy adabiyotlarda qayd
etilgan.
Intensiv cheksizlik materiya‘ning ichdan nihoyasizligi haqidagi
tasavvurdir
.
Intensiv cheksizlikning mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega
boʻlmagan, mutlaqo elementar obyektlar yoʻqligini koʻrsatadi.
Intensiv
cheksizlik mikrozarralarni oʻrganish jarayonida materiya‘ning
kichikroq
qismlarga cheksiz boʻlinishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning
bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan
da‘lolat beradi.
Ekstensiv cheksizlik ichdan emas, balki sirtdan cheksizlikdir
.
U mazkur
obyekt doirasidan tashqa‘rida, «katta» dunyoda kuzatiladi va obyektdan
tashqa‘ridagi cheksizlikni ifodalaydi.
Bu erda obyekt xossalari va
sifatlarining atrofdagi narsalar bilan oʻzaro ta‘sirlar tizimiga bogʻliqligi
muammosi muhimroqdir. Amalda cheksiz lik mavjud boʻlib, u bilishga
qaratilgan yoʻnalishdan kelib chiqadi va intensiv yoki ekstensiv deb
tushuniladi.
Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy cheksiz likning oʻziga
xos proeksiyalaridir.
Ularni geometrik shaklning koordinatalar oʻqidagi
proeksiyalariga oʻxshatish mumkin.
Dunyoning chekliligi yoki cheksizligi gʻoyasini
isbotlash va inkor
etishga
Kant
antinomiyalaridayoq
harakat
qilingan
edi.
Kant
antinomiyalariga, agar dunyo vaqtda oʻz ibtidosiga ega boʻlsa, demak, dunyo
yaralgunga qadar hech narsasiz sof vaqt mavjud boʻlgan, lekin bu «hech
narsa»dan dunyo yaralishi mumkin emas. Agar dunyo makon va vaqtda
ibtidoga ega emas, deb taxmin qilinsa, bundan hozirgi vaqtgacha cheksizlik
oʻtgan, ya‘ni har qanday voqeadan oldin cheksiz vaqt oʻtgan, bugun esa u
tugadi va olam nimagadir ayni shu vaqtda vujudga keldi, degan xulosa kelib
chiqadiki, bu ham ehtimoldan uzoq boʻlgan holdir.
Olamning relyativistik konsepsiyasi boʻlishi ehtimol tutilgan butun
moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» gʻoyasida
cheksiz
lik gʻoyasi butunlay inkor etilib, fanda toʻntarish yasalishiga olib
keladigandek boʻlib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib
borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma narsani qamrab
olishi haqidagi ta‘limoti oʻtmishda koʻp karra takrorlangan olamda Erning
yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki galaktikaning yagonaligi haqidagi
gʻoyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari,
garchi butun
dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan boʻlsa-da, uning ayrim qisminigina
tushuntiradi. Faqat, mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon va
vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning
chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik
gʻoyasini inkor etmaydi.
Kosmologiya
rivojlanishining
hozirgi
bosqichi
relyativistik
kosmologiya‘ning ustuvorligi bilan tavsiflanadi.
Relyativistik kosmologiya
178
butun dunyoni mukammal tavsiflashga da‘vo qilmaydi, lekin cheklilik va
cheksizlikni biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon
tuzilishi tomonidan oʻrganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari
A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1917-yilda olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi.
U bunda quyidagi taxminlardan kelib chiqdi.
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam
maydoni bir xil va izotrop tuzilishga ega. Garchi ogʻir
obyektlar yaqinida
makon-vaqt geometriyasi oʻzgarsa-da, bu oʻzgarish olamning oʻzgarmas
egrilikka ega boʻlgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz
ogʻishdir, xolos.
2. Olam turgʻun vaqtda oʻzgarmasdir. Shu bois, maydon geometriyasi
evolyusiyaga ega boʻlishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda,
«silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni Cheksiz koʻlamli toʻrt
oʻlchovli silindr koʻrinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi
boʻylab vaqt oʻqi oʻtadi, u oʻtmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan.
Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu oʻzgarmas musbat
egrilikka ega uch oʻlchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega.
Buning ortida hech narsa mavjud boʻlmagan dunyoning qandaydir chekkasi
bor, deb tushunmaslik kerak. aynii holda maydon «oʻz-oʻzida tutashadi» va
bu unda hech qachon toʻsiqqa uchramasdan
cheksiz aylanish imkonini
beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si oʻtmishda qolgan.
Uning olamning turgʻun modelini yaratishga urinishlari hozir olamning
abadiyatda oʻzgarmas holda mavjudligi haqidagi an‘anaviy tasavvurlarga
hurmat sifatida qaraladi. Olamning turgʻun modelini A.Eynshteyn maxsus
taxmin asosida yaratganini ham e‘tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni
belgiyalik kosmolog M.Lemetr rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning
turgʻunligi haqidagi taxmindan voz kechadi,
lekin uning bir xilligi va
izotropligi haqidagi postulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil
yechimini taklif qilish imkonini berdi:
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka
teng boʻlsa, maydon evklid maydoni boʻladi, ya‘ni egriligi nolga teng boʻladi
va dunyo cheksiz boʻladi.
2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina boʻlsa, olam maydoni
Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va Cheksiz
hajmga ega, ochiq va bel koʻrinishida boʻladi.
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta boʻlsa,
maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan boʻladi. Dunyo berk va
chekli boʻlib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.