Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Materiya 
haqidagi 
tasavvurlar 
rivojlanishining 
toʻrtinchi 
konsepsiyasi XX asr falsafasiga xos

Bu erda materiya‘ni tushunishda tabiiy 
ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi oʻringa qoʻyildi.
Bu materiyaga 
narsalar va hodisalar butun rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida 
yotuvchi mohiyat – substansiya sifatida yondashuvdir. Materiyaga obyektiv 
borliq sifatida qarala boshlandi. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va 
tabiatshunoslikda yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni 
faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tushunmaslik lozim), xususan, 
«materiya» tushunchasidan voz kechish yoʻlidan emas, balki unga 
tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi va 
yangi xulosalarni kiritish yoʻlidan borishni taklif qildilar. Materiya‘ning 
tuzilishi haqidagi har qanday fizik yondashuvlar xususiy jihatini hisobga 
oladi, bunda butun borliq emas, balki uning ayrim jihatlarinigina tahlil qilish 
nazarda tutiladi. 


173 
Materiya‘ning falsafiy talqini butun predmetli borliqni qamrab oladi va 
umumiylik belgisiga ega. U butun obyektiv borliqni toʻliq ifodalaydi
.
Umumiylik belgisiga suyanuvchi materiya‘ning falsafiy talqini amalda 
eskirishi mumkin emas, chunki u insonning tashqi dunyoni aks ettirishga 
qaratilgan qobiliyatini ifodalaydi. Materiya‘ning xossalari, tuzilishi va turlari 
haqidagi fizik yondashuvlar muqarrar ravishda eskiradi va oʻzgaradi. Bundan 
materiya emas, balki materiya haqidagi bilimlarimizning kechagi chegarasi 
yoʻq boʻladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Materiyaga oid turli konsepsiyalar shaklangan. 
Materiya‘ning 
substansional konsepsiyasiuni yaratib ham, yoʻq qilib ham boʻlmasligini, 
uning mavjudligi va oʻzgarishining tashqi sabablari mavjud emasligini 
koʻrsatadi.
Ushbu ta‘rif barcha narsalar materiya‘ning substansiyasi, deb 
bilishga asoslanadi.
Materiya‘ning substrat konsepsiyasidailk materializm namoyandalari 
materiya‘ni substrat sifatida tushunishga asos solganlar: ular materiya‘ni 
barcha mavjud narsalarni yaratishga asos boʻluvchi substrat (lot. substratum 
– asos, zamin), material, modda sifatida talqin qilganlar
. Bu substrat boqiy, 
uni yaratib va vayron qilib boʻlmaydi, deb taxmin qilingan. Ammo ularning 
hissiy idrok etiladigan ayrim moddalar (suv, Yer va boshqalar)ga umumiy 
substrat sifatida qarashga urinishlari juda sodda va ishonarsiz boʻlgan. 
Materiya‘ning genetik-kontrast konsepsiyasi

uni faqat ongga qarshi 
qoʻyish yoʻli bilan ta‘riflashga asoslanadi.
Ushbu ta‘rif Russoning bu 
sohadagi mushohadalari yoki G.V.Plexanovning: «Ruh»ga zid oʻlaroq, sezgi 
organlarimizga ta‘sir koʻrsatish orqali bizda muayyan his-tuygʻular 
uygʻotuvchi narsa «materiya» deb ataladi», degan tezisi asosida 
mavjud 
boʻlishi mumkin.
Materiya‘ning atributiv konsepsiyasi uni biron-bir substrat bilan emas, 
balki atributlar majmui: makon, vaqt, harakat, sifat, miqdor bilan 
tenglashtiradi.
Yuqorida materiya‘ning substrat konsepsiyalarida bilish 
obyektining modeli muhim rol oʻynashi koʻrsatib oʻtildi. Bu jihatdan 
materiya‘ning falsafiy konsepsiyalari ilmiy nazariyalar bilan oʻxshash. Zero 
bu nazariyalarni ishlab chiqish doim ular oʻrganuvchi narsalar va 
jarayonlarning nazariy modellarini yaratish bilan bogʻliq. Ammo fanda 
model obyektlarning muayyan turkumini bilish vositasi boʻlib xizmat qilsa, 
ontologiyada har qanday obyektlarni bilish vositasi boʻlishga qodir boʻlgan 
«umuman bilish obyekti»ning modelituziladi. 
Materiya‘ning dialektik konsepsiyasi XIX-XX asrlar chegarasida 
shaklandi. Materiya‘ni dialektik tushunish uni bilishga nisbatan falsafiy va 
ilmiy yondashuvlarning birikuvi natijasida vujudga keldi
. Zero,bir qator yirik 
olimlar (Gelmgols, Darvin, Mendeleev, Plank, Eynshteyn, Bor va 
boshqalar)ning asarlarida materiya‘ning dialektik talqinini rivojlantirish bilan 
bogʻliq boʻlgan gʻoyalar ilgari surildi.


174 
Materiyaga 
substrat 
sifatida 
yondashishga 
asoslangan 
konsepsiyalarning barchasi bir umumiy kamchilikka ega: u mazkur 
konsepsiyalarning tarixiy cheklanganligini belgilaydi va ilmiy bilishning 
rivojlanishi natijalari bilan ularning nomuvofiqligini muqarrar qilib qoʻyadi.
Gap shundaki, ularda materiya uning bir (yoki bir nechta) turi – suv, 
atomlar va hoka‘zolar bilan bogʻlanadi, materiya‘ning bu turi dunyoda 
mavjud boʻlgan barcha narsalarning birlamchi, universal, mutlaq asosi deb 
e‘lon qilinadi. Fan mazkur materiya turining mavjudligi bilan belgilangan 
hodisalarni oʻrganish bilan mashgʻul ekan, koʻrsatilgan kamchilik sezilmaydi 
va uning rivojlanishiga jiddiy moneliklar tugʻdirmaydi. Ammo materiya‘ning 
yangi turlari, shakllari va holatlarining kashf etilishi darhol bu turga 
narsalarning birdan-bir, umumiy va universal asosi sifatida qaraydigan 
substrat konsepsiyasining torligini namoyon etadi. Shunda uni yangi, kengroq 
konsepsiya bilan almashtirish zaruriyati tugʻiladi. Materiya‘ning har qanday 
substrat konsepsiyasi oʻz qoʻllanish chegarasiga ega va fanning rivojlanish 
jarayonida u erta‘mi-kechmi aniqlanadi.
Fan taraqqiyoti materiya‘ning substrat konsepsiyasi asossiz ekanligini 
namoyish etib, falsafaga dialektikadan saboq berdi. Bu saboq ilmiy bilishning 
rivojlanish mantigʻiga mos keluvchi ontologik konsepsiya‘ni yaratish uchun 
izchil dialektik fikrlash zarurligini yana bir karra tasdiqladi. Substrat 
konsepsiyalari dialektik xususiyatga ega emas. Ular narsalarda qanday 
oʻzgarish yuz bermasin, ularning substrati oʻzgarishsiz qolishini nazarda 
tutadi.
Materiya‘ni dialektik tushunish uning bitmas-tuganmasligi, ya‘ni 
materiya turlari, shakllari, holatlarining cheksiz rang-barangligi mavjud 
ekanligi haqidagi gʻoyaga olib keladi.
XIX

XX asrlar chegarasida atomlarning parchalanishini oʻrganish 
materiya‘ning ilgari ma‘lum boʻlmagan turi – elementar zarralar kashf 
etilishiga olib keldi. SHunday qilib, atomlar parchalanganda materiya yoʻq 
boʻlmasligi, balki faqat bir shakldan boshqa shaklga oʻtishi aniqlandi.
Hozirgi zamon fizikasida ham moddiy obyektlarning yangi turlari 
aniqlanmoqda. Fiziklar mikrodunyoni oʻrganish jarayonida fizik boʻshliq, 
virtual zarralar, kvarklar kabi gʻayrioddiy obyektlarga duch kelmoqdalar. 
Megadunyo (ulkan kosmik miqyosdagi dunyo) sari harakatlanib, ular bu erda 
protoyulduzlar, kvazarlar, «qora» va «oq» tuynuklarni kashf etmoqdalar.
Fikrlashning dialektik metodi fanning rivojlanish tajribasiga tayanadi 
va shu bilan bir vaqtda bu tajriba uni yanada rivojlantirishga tatbiq etadi.
Shunday qilib, materiya‘ning dialektik talqini uni materiya‘ning biron-
bir turi bilan bogʻlashdan xoli. U materiya, uning shakllari va holatlarining 
Cheksiz darajada rang-barangligini nazarda tutadi va ularning barchasi 
oʻzgaruvchan va oʻtkinchi ekanligini qayd etadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish