176
Biosfera rivojlanishining muayyan bosqichida moddiy tizimning
alohida turi – ijtimoiy uyushgan materiya yoki jamiyat vujudga keldi. Bu
hayot rivojlanishining oliy shakli, fikrlovchi va borliqni ongli ravishda
oʻzgartiruvchi shaxslar va turli darajadagi birlashmalarning majmuidir. Oʻz
navbatida jamiyat bir-biri bilan kesishuvchi turli tizimlar, chunonchi: inson,
ijtimoiy tuzilmalar (oila, turli guruhlar, birlashmalar, partiyalar, millatlar,
davlatlar)ni, inson tomonidan yaratilgan, mehnat quroli va texnikani oʻz
ichiga oluvchi moddiy madaniyatni qamrab oladi.
Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul.
Uni fan doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib,
darajalarning yangi va yangi sifat chegaralarini aniqlaydi.
Materiya‘ning
tarkibiy
darajalari
toʻgʻrisida
soʻz
yuritilganida,
subelementar,
mikroelementar, yadroviy, atom, molekulyar, makroskopik va kosmik
darajalar ham tilga olinadi. Materiya‘ning mikroskopik darajasida fizika
taxminan 10
–
15sm uzunlikda taxminan 10
–
22 ga teng vaqt ichida yuz
beruvchi jarayonlarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Megadunyoda esa,
kosmologiya taxminan 1010 ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida yuz beruvchi
jarayonlarni
oʻrganadi.
Materiya‘ning
tarkibiy
darajalari
gʻoyasi
metodologiya mutaxassislari tomonidan sababiyat va dunyoni bilish
mumkinligi gʻoyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi.
Аynii vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiya‘ning tarkibiy darajalari
tasnifi zamirida chiziqli ierarxiya tamoyili yotadi. Bu erda «qism butundan
kichkina» tamoyili amal qiladi. Lekin bu dunyolarning biri soddaroq,
ikkinchisi murakkabroq, degan ma‘noni anglatmaydi. Dunyolar qism va
butun sifatida taqqoslanmaydi, ular universumning oʻziga xos teran
oʻzgarishlarini ifodalaydi. Shu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas.
Materiya‘ning tarkibiy darajalari ierarxiyasida inson markaziy oʻrinni
egallaydi. Qadimdayoq Protagor «Inson hamma narsalarning oʻlchovidir»,
degan edi. Dunyoni oʻzlashtirishda inson qadriyatlari shkalasini andoza
sifatida qabul qiluvchi falsafiy ta‘limot – «Antropologizm» zamirida ana shu
tezis yotadi. Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi darajalari
odamlar yashovchi muhitning tabiiy shart-sharoitlarini, ya‘ni bizning
dunyoviy qonuniyatlarimizni hisobga olgan holda oʻzlashtiriladi. Lekin bu
bizdan ancha olisdagi darajalarda materiya‘ning mavjud shakllari va
holatlaridan butunlay farq qiluvchi, mutlaqo boshqacha xossalar bilan
tavsiflanuvchi «gʻayritabiiy» shakl hamda holatlari mavjud boʻlishi mumkin,
degan taxminni istisno etmaydi. Shu munosabat bilan olimlar geotsentrik va
nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: