171
asosda materiyaga ta‘rif berib boʻlmasligi haqida Volter shunday deb yozgan
edi: «Biz materiya‘ni oʻlchaymiz, uni tarkibiy qismlarga ajrata‘miz, lekin bu
qoʻpol harakatlar doirasidan chetga bir qadam
tashlashga urinsak ham
oʻzimizning ojizligimiz va jarlikni sezamiz»
1
. Materialist faylasuflar
materiyaga uni hech narsaga bogʻlamasdan ta‘rif berishga harakat qildilar.
aynii vaqtda XVII-XVIII asrlardayoq materiya haqida ancha keng tasavvur
shakllandi. Bu yoʻnalishda F.Bekon, G.Golbax va D.Didro, ayniqsa, jiddiy
muvaffaqiyat qozondi. «Bizning sezgi organlarimizga ta‘sir koʻrsatuvchi
hamma narsalar bizga nisbatan materiyadir», deb yozadi G.Golbax
2
. Uning
fikricha, materiya‘ni biron-bir yagona birinchi asosga oʻxshatib boʻlmaydi,
dunyo bundan rang-barangroqdir, shu bois materiya ta‘rifi ham mumkin
qadar keng boʻlishi kerak.
XIX–XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan
buyuk kashfiyotlar
metafizik dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi. XIX asrning ikkinchi
yarmida Faradey va Maksvell tadqiqotlari natijasida materiya‘ning moddaga
qaraganda yangiroq shakli – elektromagnit maydonining oʻzgarish qonunlari
aniqlandi. Tadqiqotlar elektromagnit maydon qonunlari klassik mexanika
qonunlariga bogʻlanmasligini koʻrsatdi.
Radioaktivlikning
kashf qilinishi atomning nooʻtkazuvchanligi
haqidagi ta‘limotni rad etdi, elektronning kashf etilishi, uning boʻlinmasligi
haqidagi tezisni kun tartibidan chiqardi, rentgen nurining kashf etilishi bilan
modda maydonga aylanishi mumkin emasligi isbotlandi. Jismlar harakatining
tezligiga qarab massaning oʻzgaruvchanligi kashf etildi,
jismlarning makon
va vaqtga oid xossalari ularning harakat tezligiga bogʻliqligi tushunib etildi.
Bu ixtirolar tabiatshunoslikda yangi inqilobni boshlab berdi. Bularning
barchasi fizik jismlarning xossalari haqidagi odatdagi tasavvurlarga shu
darajada zid ediki, ayrim tabiatshunoslar sarosimaga tushib qoldilar. Shu
bois, fizikada materiya‘ning mexanistik talqini, dunyoning mexanistik
manzarasi inqirozga yuz tutdi. Materiya atomga tenglashtirilgan sharoitda va
keyinchalik uning parchalanish qobiliyati aniqlanishi munosabati bilan ayrim
fiziklar, shu jumladan, E.Max va A.Puankare («fizik idealistlar»)
«materiya‘ning yoʻq boʻlishi (annigilyasiyasi)» toʻgʻrisidagi xulosaga
keldilar. Bu xulosaning metodologik jihatdan
asossizligi shunda ediki, unda
falsafiy kategoriya sifatidagi materiya uning fizik tuzilishi haqidagi ta‘limot
bilan tenglashtirildi.
Ular, atomlarning radioaktiv parchalanishini materiya‘ning «gʻoyib
boʻlishi», uning energiyaga aylanishi sifatida tushuntirishga harakat qildilar.
Amalda materiya gʻoyib boʻlmaydi, u haqdagi tasavvurlar eskira boshlagan
edi. Yangi ilmiy kashfiyotlar qarshisida materiyaga uning ayrim turlariga xos
boʻlgan sifatlarni yuklashga urinishlarning yanglishligi ayon boʻldi.
1
Вольтер // Всемирная энциклопедия. - М.: Современный литератор, 2001 – С. 110
2
Гольбах // Всемирная энциклопедия. - М.: Современный литератор, 2001. - С.110
172
Fanning rivojlanishida muhim rol oʻynagan materiya‘ning uchinchi
konsepsiyasi efir gʻoyasiga tayangan. Efir deganda butun dunyoni
toʻldiruvchi uzluksiz muhit tushuniladi.
Atomlar va efir haqidagi ta‘limotlarning birikuvi natijasida shakllangan
atom-efir konsepsiyasida materiya atomlar koʻrinishida ham, efir koʻrinishida
ham mavjud, ya‘ni ikkita har xil substansiyadan iborat,degan fikr ilgari
suriladi. Bu tasavvurlardan kelib chiquvchi obyektning modeli bilishning ikki
yoqlama strategiyasini belgilaydi. Bu strategiyaga binoan ayrim (masalan,
kimyo yoki molekulyar fizikadagi) hodisalarga izohni moddaning atom
tuzilishidan, ayrim (masalan, optika yoki elektrodinamikadagi)
hodisalarga
izohni esa – efir muhitining holatidan qidirish lozim.
XIX asrdagi tabiatshunoslik bu strategiya yordamida erishgan yutuqlar
materiya
haqidagi
atom-efir
tasavvurlarning
toʻgʻri
ekanligiga
zamondoshlarni ishontirdi. Aynan ularning yordamida fan nihoyat
mustahkam zamin kasb etgandek va tabiatning barcha sirlari tagiga etish
yoʻlida ishonch bilan harakatlanayotgandek boʻlib tuyuldi. Ammo XIX-XX
asrlar chegarasida tabiatshunoslikda chinakam inqilob yasagan kashfiyotlar
qilindi. Boʻlinmas va buzilmas deb hisoblangan atomlar parchalanishi
mumkinligi, efir xossalari oʻta ziddiyatli boʻlib, uning mavjudligiga shubha
bilan qarashga majbur etishi aniqlandi. Materiya‘ning atom-efir konsepsiyasi
asossiz ekanligiga ishonch hosil qilgan olimlar materiya tushunchasining oʻzi
eskirgani haqida oʻylay boshladilar va materializmdan yuz oʻgirdilar.
Ammo bu davrda
materiya tushunchasi emas, balki uning olimlar
tafakkurida qadim zamonlardan boshlab to XX asrgacha hukm surgan
substrat sifatidagina talqinigina puchga chiqqan edi. Tabiatshunoslikda yuz
bergan oʻzgarishlarning falsafiy mazmuni shundan iborat ediki, ular
materiya‘ni tushunishga nisbatan oʻzgacha yondashuv zarurligini koʻrsatdi
Do'stlaringiz bilan baham: