174
Materiyaga
substrat
sifatida
yondashishga
asoslangan
konsepsiyalarning barchasi bir umumiy kamchilikka ega: u mazkur
konsepsiyalarning tarixiy cheklanganligini belgilaydi va ilmiy bilishning
rivojlanishi natijalari bilan ularning nomuvofiqligini muqarrar qilib qoʻyadi.
Gap shundaki, ularda materiya uning bir (yoki bir nechta) turi – suv,
atomlar va hoka‘zolar bilan bogʻlanadi, materiya‘ning bu turi dunyoda
mavjud boʻlgan barcha narsalarning birlamchi, universal, mutlaq asosi deb
e‘lon qilinadi. Fan mazkur materiya turining mavjudligi bilan belgilangan
hodisalarni oʻrganish bilan mashgʻul ekan, koʻrsatilgan kamchilik sezilmaydi
va uning rivojlanishiga jiddiy moneliklar tugʻdirmaydi. Ammo materiya‘ning
yangi turlari, shakllari va holatlarining kashf etilishi darhol bu turga
narsalarning birdan-bir, umumiy va universal asosi sifatida qaraydigan
substrat konsepsiyasining torligini namoyon etadi. Shunda uni yangi, kengroq
konsepsiya bilan almashtirish zaruriyati tugʻiladi. Materiya‘ning har qanday
substrat konsepsiyasi oʻz qoʻllanish chegarasiga ega va fanning rivojlanish
jarayonida u erta‘mi-kechmi aniqlanadi.
Fan taraqqiyoti materiya‘ning substrat konsepsiyasi asossiz ekanligini
namoyish etib, falsafaga dialektikadan saboq berdi. Bu saboq ilmiy bilishning
rivojlanish mantigʻiga mos keluvchi ontologik konsepsiya‘ni yaratish uchun
izchil dialektik fikrlash zarurligini yana bir karra tasdiqladi. Substrat
konsepsiyalari dialektik xususiyatga ega emas. Ular narsalarda qanday
oʻzgarish yuz bermasin, ularning substrati oʻzgarishsiz qolishini nazarda
tutadi.
Materiya‘ni dialektik tushunish uning bitmas-tuganmasligi, ya‘ni
materiya turlari, shakllari, holatlarining cheksiz rang-barangligi mavjud
ekanligi haqidagi gʻoyaga olib keladi.
XIX
–
XX asrlar chegarasida atomlarning parchalanishini oʻrganish
materiya‘ning ilgari ma‘lum boʻlmagan turi – elementar zarralar kashf
etilishiga olib keldi. SHunday qilib, atomlar parchalanganda materiya yoʻq
boʻlmasligi, balki faqat bir shakldan boshqa shaklga oʻtishi aniqlandi.
Hozirgi zamon fizikasida ham moddiy obyektlarning yangi turlari
aniqlanmoqda. Fiziklar mikrodunyoni oʻrganish jarayonida fizik boʻshliq,
virtual zarralar, kvarklar kabi gʻayrioddiy obyektlarga duch kelmoqdalar.
Megadunyo (ulkan kosmik miqyosdagi dunyo) sari harakatlanib, ular bu erda
protoyulduzlar, kvazarlar, «qora» va «oq» tuynuklarni kashf etmoqdalar.
Fikrlashning dialektik metodi fanning rivojlanish tajribasiga tayanadi
va shu bilan bir vaqtda bu tajriba uni yanada rivojlantirishga tatbiq etadi.
Shunday qilib, materiya‘ning dialektik talqini uni materiya‘ning biron-
bir turi bilan bogʻlashdan xoli. U materiya, uning shakllari va holatlarining
Cheksiz darajada rang-barangligini nazarda tutadi va ularning barchasi
oʻzgaruvchan va oʻtkinchi ekanligini qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: