181
In’ikosning shakllari
.
In‘ikos jarayonining namoyon boʻlish xususiyati
materiya‘ning tuzilish darajasiga bogʻliq. SHu munosabat bilan in‘ikosning
turli, chunonchi:
- jonsiz tabiatdagi;
- jonli tabiatdagi;
- jamiyatdagi darajalari farqlanadi.
Materiya‘ning
rivojlanish
jarayonida
uning
tuzilishining
murakkablashuvi yuz beradi. Shu bois materiya‘ning harakat shakllari qancha
boʻlsa, in‘ikos shakllari ham shuncha boʻladi: mexanik, fizik, kimyoviy,
biologik (psixik), ijtimoiy va hoka‘zo. in‘ikos shakllarining evolyusiyasi
jonsiz tabiat narsalarining xossasi sifatida amal qiluvchi in‘ikos yuqoriroq
darajadagi in‘ikosning elementar negizini tashkil etishini nazarda tutadi. Bu
darajada in‘ikos muhit haroratining oʻzgarishiga qarab oddiy mexanik
deformatsiya, qisqarish yoki kengayish koʻrinishida, yorugʻlik in‘ikosi,
elektromagnit toʻlqinlarning oʻzgarishi in‘ikosi, ovoz toʻlqinlari in‘ikosi (aks
sado), kimyoviy oʻzgarishlar (masalan, lakmus qogʻoz rangining oʻzgarishi)
in‘ikosi sifatida amal qilishi mumkin.
Jonsiz tabiatdagi in‘ikosga tanlash xususiyati va kumulyativlik, ya‘ni
oldingi ta‘sirlarning izlarini saqlash xosdir
. In‘ikosning tanlash xususiyati
oʻzaro ta‘sirga kirishuvchi obyektlarning oʻziga xos xususiyatlari bilan
belgilanadi. Masalan, kimyoviy element boshqa har qanday element bilan
emas, balki tanlash va ajratish asosida kimyoviy reaksiyalarga kirishadi
hamda birikadi. Tabiatdagi ayrim predmetlar ekranlashtirish xossalariga ega
boʻladi va elektromagnit toʻlqinlarni aks ettiradi, ayrim predmetlar esa
bunday xossalarga ega boʻlmaydi. Kumulyativlik – oldingi ta‘sirlarning
izlarini saqlash tizimning eskirishi haqida hukm chiqarish imkonini beradi.
Aks ettiruvchi tizim oldingi ta‘sirlarni «yodda saqlaydi» va oʻzining keyingi
faoliyatida ularni hisobga oladi.
Jonlining jonsizdan farqi haqida gapirganimizda, biz XIX asrning
ikkinchi yarmida yuzaga kelgan, ammo hozirgi zamon fani inkor etmagan,
balki mufassallashtirgan hayotning universal ta‘rifini eslaymiz: «Hayot – bu
oqsilli jismlarning mavjudlik usulidir». Oqsillar, aminokislotalar, nuklein
kislotalar tiriklikning eng muhim unsurlari hisoblanadi. Koʻpayish, oʻsish va
moddalar almashinuvi tirik organizmlarning oʻziga xos xususiyatidir. Oʻz-
oʻzidan koʻpayish qobiliyati kimyoviy reaksiyalarning jonsiz tabiatda
uchramaydigan turi bilan ta‘minlanadi va matritsali sintez deb ataladi.
V.A.Engelgardt jonli sistemalarning yana bir muhim xossasi – «xaosdan
tartib oʻrnatish» qobiliyatini, ya‘ni hayot jarayonlarining entropiyaga zid
xususiyatini qayd etadi. Tirik organizmlar molekulalarning xaotik issiqlik
harakatini tartibga solishga qodir.
Do'stlaringiz bilan baham: