Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Jonli tabiatda in‘ikos oddiy bir hujayralilar va oʻsimliklarning 
ta‘sirlanuvchanligi, asab hujayralarining ta‘sirchanligi koʻrinishida, 


182 
shuningdek, hayvonlar darajasida ularning xulq-atvorini tartibga solishni 
ta‘minlovchi psixik in‘ikos koʻrinishida mavjud boʻladi.
Biologik in‘ikos 
shunday bir xossaki, usiz hayvonlar oʻz mavjudlik sharoitiga moslasha 
olmaydi. Ma‘lumki, ayrim oʻsimliklarning barglari doimo Yorugʻlik manbai 
tomonga – nurlar ularga 90 gradusga intiluvchi burchak ostida tushadigan 
tarzda qarab oʻsadi. Kungaboqar boshchasi quyosh tomonga oʻgirilib oʻsadi. 
Shunga oʻxshash hodisalarni ildiz sistemasining oʻsishida ham kuzatish 
mumkin. Oziqlanish va suv ta‘minoti shart-sharoitlari optimal boʻlgan joyda 
ildiz yaxshi oʻsadi.
Mimikriya hodisasi jonli tabiatdagi in‘ikosning oʻziga xos shakli 
hisoblanadi
. Jonli sistemalar in‘ikosining mazkur shakli mavjudlikning 
muayyan shart-sharoitlariga yaxshiroq moslashish imkonini beradi. Turli 
hayvonlar ularni koʻzga koʻrinmas qilib qoʻyadigan yoki ularning 
dushmanlarini hurkitadigan shakl, tus yoki holatga kirganida mimikriya 
hodisasi yuz beradi.
Biologik in‘ikosda ikki jarayon kuzatiladi
. Birinchi – in‘ikosda aks 
etayotgan narsani in‘ikosning barcha (tubanroq) shakllariga xos boʻlishi 
mumkin boʻlgan tuzilishi oʻz ifodasini topadi. Masalan, issiqlik ta‘sirida har 
qanday jism, shu jumladan, organizm qiziydi. 
Ikkinchi 

aks etayotgan 
narsaning oʻziga xos xususiyatlari in‘ikosning jonli tizimlargagina xos 
boʻlgan alohida jarayonlari bilan bogʻlanadi.
Keltirilgan jarayonga tatbiqan 
aytish mumkinki, organizmning nafaqat qizishi, balki uning suvsizlanishi 
ham yuz beradi. Oʻsimlik suvni bugʻlantiradi, inson terlaydi, uning butun 
ichki sistemalari normal faoliyati oʻzgaradi. I.Pavlov fikriga koʻra, har 
qanday in‘ikos ikki asosiy komponentdan tashkil topadi: birinchi – tashqi 
komponent predmetlar oʻrtasidagi reaksiyalar shaklida namoyon boʻladi; 
ikkinchi – ichki komponent oʻzaro ta‘sirlar natijasida yuzaga keluvchi ichki 
holatlar, izlar shaklida mavjud boʻladi
1
.
Biologik in‘ikos ta‘sirlanuvchanlik va ta‘sirchanlik bilan tavsiflanadi. 
Sezgi psixik in‘ikosning asosiy shakli hisoblanadi. Organizm asab 
sistemasiga ega boʻlgan holdagina psixik in‘ikos toʻgʻrisida soʻz yuritish 
mumkin. Sezgi organizmning xulq-atvoriga ta‘sir koʻrsatuvchi subyektiv, 
ichki holat sifatida amal qiladi, lekin organizm uchun muhim omillarni 
obyektiv aks ettiradi.
In‘ikosning psixik shakligasezgi bilan bir qatorda instinktlar, shartli 
reflekslar, idrok etish, emotsiyalar, fikrlash kiradi.
Instinkt mazkur turning 
hamma koʻrinishlarida bir xil boʻlgan murakkab tugʻma xususiyat sifatida 
amal qiladi. Lekin instinkt juda tor doiradagina maqsadga muvofiqdir. 
Asalarilar shaklan va mustahkamlik jihatidan mukammal boʻlgan 
mumkataklar yasa‘ydi. Lekin katak tubi qirqib olib tashlansa, asalari bunga 
1
Павлов И.П. Двадцатилетний опыт объективного изучения высшей деятельности (поведения) животных. -
М.: Наука, 1973. – С.607 


183 
e‘tibor bermaydi va katakka asal quyishda davom etadi. Tirik organizm 
darajasidagi in‘ikosning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, jonli 
sistemalarda aktual in‘ikoslar tarzida yuz beruvchi oʻzgarishlar individlar 
tajribasida va turlarning xossalarida saqlanib qoladi hamda yigʻilib boradi.
Sub‘ekt oʻzini qancha faol tutsa, u shuncha koʻp predmetni aks ettiradi. 
Masalan, qoyatosh toʻlqinlar ta‘sirida emiriladi, korall – organizm oʻsib 
boradi. U suvdan oziq moddalarni oʻzlashtiradi. Bunda organizm ta‘sirga 
shunchaki javob bermaydi, u atrof-muhitni oʻzgartiradi.
Materiya tuzilishining ijtimoiy darajasida in‘ikosquyidagilarni oʻz 
ichiga oladi: a) oʻz faoliyatini tartibga soluvchi individni ongli aks ettirish; 
b) fan, san‘at hamda ijtimoiy ongning jamiyat hayotini aks ettiruvchi boshqa 
shakllari; v) in‘ikosning inson sun‘iy sistemalar yaratuvchi texnika, 
bogʻlanish va boshqaruvdagi shakli alohida oʻrin egallaydi.
Materiya‘ning umumiy xossasi sifatida ta‘riflaganda, in‘ikosning 
quyidagi xususiyatlari namoyon boʻladi:
– in‘ikosning moddiy-energetik oʻzaro ta‘sir jarayonlari bilan uzviyligi;
– har qanday aks ettirish jarayoni zamirida sabab-oqibat bogʻlanishi 
yotadi. In‘ikos sabab-oqibat munosabatlarining shunday shakli sifatida 
tushunilishi mumkinki, bunda sababning tarkibi, xususiyati, xossalari 
oqibatga oʻtadi. Oqibat originalning nusxasi, oʻxshashi sifatida amal qiladi;
– aks ettirish – yoʻnaltirilgan jarayon. U aks etuvchidan aks ettiruvchi 
sari harakatlanadi, demak, bu jarayon simmetrik emas, ya‘ni bunda sabab 
(aks ettiriluvchi)ning harakati – birlamchi, oqibat (aks ettiruvchi)ning 
harakati – ikkilamchi hatto oddiy aks ettirish jarayoni va uning natijalari ham 
aks ettiriluvchi obyektning mavjudligi va xususiyatiga nisbatan ikkilamchidir;
– avvalo, oʻzaro ta‘sir sifatida tushuniluvchi in‘ikos jarayonining 
obyektivligi alohida diqqatga sa‘zovordir; 
– obraz va originalning oʻzaro mosligi darajasi har xil boʻlishi mumkin. 
In‘ikos natijasi nafaqat tashqi ta‘sirlar (aks ettiriluvchi), balki hodisaning 
ichki tabiati (aks ettiruvchi) bilan ham belgilanadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish