sivilizatsiya
koʻproq turli mamalakatlarning moddiy taraqqiyotdagi umumiylikni,
madaniyat e
sa ma‘naviytaraqqiyot sohasidagi oʻziga xoslikni aks ettiradi.
Madaniyatning rivojlanishida fan, texnika va texnologiyadagi sifatiy
oʻzgarishlar muhim ahamiyatga ega. Insoniyat tarixida
yozuvning paydo
boʻlishi, kitob nashr etishning
ixtiro qilinishi eng buyuk texnologik
kashfiyotlardan boʻlib, madaniy qadriyatlarni saqlash, ularni ayriboshlash, bir
avloddan boshqasiga etkazib berish imkoniyatini yaratgan boʻlsa,
hozirgi zamon
ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari
(radio, kino, televidenie, axborot kompyuter
texnologiyalari, internet va hoka‘zolar) tufayli ulardan foydalanish jarayoni
rivojlanib, ommaviy tus oldi. Lekin ilmiy-texnika taraqqiyoti imkoniyatiga mos
keladigan umumiy madaniy saviya‘ning keskin oʻsishi hali yuz bermadi.
Chunki madaniy saviya shaxsning ma‘naviy madaniyatini shakllanishi bilan
bogʻliq murakkab jarayon boʻlib, u ma‘rifat, ta‘limi, tarbiyaga borib taqaladi.
Madaniyatning keyingi rivojlanishi esa sivilizatsiya yutuqlaridan gumanistik,
ya‘ni shaxs va jamiyatning ravnaqi yoʻlida, avvalo tinchlik va barqarorlikni
ta‘minlash maqsadlarida foydalanishga bogʻliq.
Jamiyat rivoji – tabiiy-tarixiy jarayondir. Tarix falsafasida jamiyatning
chiziqli va chiziqsiz, formasion va sivilizasion rivojlanish konsepsiyalari
mavjud. Masalan, chiziqli rivojlanish gʻoyasiga koʻra, jamiyat ma‘lum vaqtga
qadar quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga ilgarilanma, progressiv
rivojlanib boradi.
Progress
(lot. progressus – ilgarilanma harakat) –
obyektning tashkillik darajasining oshib borishi bilan bogʻliq orqaga qayt-
maydigan sifatiy oʻzgarishdir. Bunda muayyan sivilizatsiya‘ning paydo
boʻlishi, rivojlanib takomil bosqichiga etishi va ma‘lum vaqtdan keyin esa
soʻnib, intihosiga etishi – regress tarzida tushuniladi.
Regress
(lot. regressus –
orqaga yoʻnaltirilgan harakat) –obyektning tashkillik darajasining pasa‘yib
borishi bilan bogʻliq orqaga qaytmaydigan sifatiy oʻzgarishidir.
Jamiyatning formasion konsepsiyasi inqilobiy rivojlanish gʻoyasiga
asoslangan. Lekin tarixda jamiyatning inqilobiy rivojlanish usuli ham nazariy,
ham amaliy jihatdan oʻzini oqlamagan. Mashhur tarixchi va faylasuf olimlar
Arnold Toynbi, Nikolay Berdyaev, Vladimir Solovevlar ijtimoiy inqilobni
jamiyat rivojining tormozi, tadrijiy rivojlanishga nisbatan ancha past, hech
qanday ijobiy samara bermaydigan, koʻplab yoʻqotishlarga olib keluvchi,
sivilizatsiya‘ni tanazzulga yuz tutayotganligining koʻrsatkichi sifatida
tavsiflaganlar.
Bugungi kunda falsafada jamiyat rivojini sinergetik metodologiya
asosida, oʻzini-oʻzi tashkil etuvchi, tadrijiy rivojlanuvchi murakkab tizim
285
sifatida tahlil etish ustuvorlik qilmoqda. Bunday yondashuvga koʻra, tashqi
muhit yoki boshqa ta‘sirlar natijasida tizimning alohida elementlarida yuz
beradigan"nosozliklar"ning oldini olish uchun uni doimo yangilash,
modernizatsiyalash
yuqori
samara
beradi.
Modernizasiya
(fran.
moderisatio,moderne – yangi, zamonaviy)
–
jamiyatni zamonaviy talablarga
muvofiq takomillashtirish maqsadida xilma-xil oʻzgartirishlarni amalga
oshirishdan iborat ijtimoiy-tarixiy jarayonni ifodolovchi tushunchadir.
XX asr oʻrtalariga kelib, Gʻarbda insoniyat tarixi rivojlanishini
sivilizasion yondashuv asosida tushuntirish shakllandi. Unga koʻra, har bir
jamiyat oʻz tarixiy rivoji dovomida uchta: agrar, industrial va postindustrial
bosqichlarni bosib oʻtadi. Soʻnggi postindustrial bosqich ayrim mutaxassis
olimlar tomonidan axborotlashgan sivilizatsiya deb ham yuritiladi.
Jamiyatning eng takomil bosqichi bunday atalishi bejiz emas. Chunki, XXI
asrga kelib, ilm-fan, texnika va texnologiyalar tezkor rivojlanib, buning
natijasida ilmiy axborot har besh yilda ikki baravar koʻpayib, yangilana
boshladi. Inson mazkur axborotlarni oʻzlashtirmasdan turib oʻz hayot
faoliyatini samarali tashkil eta olmasligi tufayli jamiyatda sifatli ta‘limi va
tarbiyaga ehtiyoj oshib, ma‘naviy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan yuqori
malakali mutaxassislar sivilizatsiya ravnaqining belgilovchi omiliga aylandi.
Shunday qilib, uchinchi ming yillikka kelib, insoniyat yangi, shu bilan
birga, turfa ma‘noli reallik bilan yuzma-yuz kela boshladi. Bu avvalo, fan,
texnika, yangi texnologiyalarning jadal rivoji va jamiyatning bir qator
sohalari taraqqiyoti bilan bogʻliq boʻlsa, boshqa jihati – hal etilishi
murakkab umumbashariy muammolarga oiddir. Bu muammolarning zaminini
madaniyatning oʻz axloqiy asoslaridan ajralib qolishi, moddiy boyliklarga
ortiqcha ruju qoʻyilishi, hayotning ma‘nosini tor utilitar-pragmatik tarzda
tushunish kabi shaxs ma‘naviyatiga tegishli sabablar tashkil etadi. Shuninng
uchun ham yangi strategiyalarni tanlash muammosi bilan toʻqnash kelgan
insoniyat ularning yechimini topish maqsadida Sharq falsafasiga murojaat eta
boshladi. Negaki, ma‘naviy qadriyatlarning ustuvorligi, shaxs kamolotiga oid
masalalar aynan Sharq falsafasi, xususan, Markaziy Osiyolik mutafakkirlar
tomonidan mukammal bayon etilgan.
Shunday qilib, jamiyat va tarix falsafasini oʻrganish natijasida
quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Jamiyat – bu insonlar oʻrtasidagi munosabatlarning yaxlit oʻz–oʻzini
tashkil etuvchi tizimi. Jamiyatning asosini insonning muayyan maqsadga
muvofiq ravishda atrof muhitni qayta qurishga yoʻnaltirilgan faoliyati tashkil
etadi.
2. Jamiyat doimo rivojlanuvchi tizim boʻlib, ijtimoiy hayotini harakatga
solib turuvchi bosh omil insonning ehtiyojlaridir.
286
3. Jamiyatning barcha: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma‘naviy sohalari
oʻzaro uzviy aloqadorlikda mavjud. Bu aloqadorlik madaniyat va sivilizatsiya
tushunchalarning oʻzaro bogʻliqligida oʻz ifodasini topadi.
4. Jamiyat rivojini oʻzini-oʻzi tashkil etuvchi, tadrijiy rivojlanuvchi
murakkab tizim sifatida tahlil etib, tashqi muhit yoki boshqa ta‘sirlar
natijasida uning alohida elementlarida yuz beradigan"nosozliklar"ning oldini
olish maqsadida uni doimo yangilash, modernizatsiyalash zarur.
5. Bashariyat tarixi betakror madaniyat va sivilizatsiyalar tarixidir.
Lekin ular uchun umumiy boʻlgan jihat – sivilizatsiya tanazzul har doim
ma‘naviy tanazzulning boshlanishidir. Demak, ma‘naviyat doimo
jamiyatning diqqat markazida turuvchi asosiy masalalardan boʻlishi kerak.
6. XXI asrga kelib, ilm-fan, texnika va texnologiyalar tezkor rivojlanishi,
inson mazkur axborotlarni oʻzlashtirmasdan turib oʻz hayot faoliyatini
samarali tashkil eta olmasligi tufayli jamiyatda sifatli ta‘limi va tarbiyaga
ehtiyoj oshib boradi, ma‘naviy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan yuqori
malakali mutaxassislar sivilizatsiya ravnaqining belgilovchi omiliga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |