ma’naviy sohasi
–
bu ma‘naviy ishlab chiqarish jarayoni
va natijalarining birligidir. Jamiyatning ma‘naviy hayoti uzviy bir-biriga
bogʻliq jarayonlar tizimidan iborat. Bu tizimning asosiy elementlarini
ma‘naviy ehtiyoj, ma‘naviy faoliyat, ma‘naviy oʻzlashtirish va ma‘naviy
munosabatlardan tashkil topadi. Jamiyatning ma‘naviy hayoti ma‘naviy
ehtiyojlarni qondirishga yoʻnaltirilgan. Ma‘naviy ehtiyoj deganda, ma‘naviy
qadriyatlarni yaratish va oʻzlashtirish ehtiyoji nazarda tutiladi.
Ma‘naviyat insonning shaxsiy manfaatlari va sodda ehtiyojlari
doirasidan chiqa olishlik, individual maqsad va hayotiy intilishlarini milliy,
umuminsoniy qadriyatlar bilan oʻzaro uygʻunlikda anglash qobiliyatidir.
Ma‘naviyatning har qanday koʻrinishlarida asosiy oʻrinni axloq egallaydi.
Ma‘naviyatga individual va ijtimoiy ong (jamiyat a‘zolarining ongi)
kiradi. Ijtimoiy ong muayyan ijtimoiy ong shakllari va ijtimoiy ong
darajalaridan tashkil topadi. Ijtimoiy ong iqtisodiy, axloqiy, diniy, estetik,
siyosiy, huquqiy, falsafiy, tarixiy, ekologik shakllarga boʻlinadi. SHu bilan
birga, ular kundalik, ya‘ni ijtimoiy psixologiya va nazariy, ya‘ni
ideologiya darajasida namoyon boʻladi. Ommaviy ong jamiyat a‘zolarining
kundalik hayotida roʻy berayotgan voqea va hodisalar ta‘sirida ijtimoiy
psixologiyasidagi oʻzgarishlarni va ularning xususiyatlarini aks ettiradi.
(
Ilova
7.12).
280
Oʻz ma‘nosi va hajmiga koʻra ma‘naviyat rasionallik tushunchasiga
nisbatan kengroqdir. Chunki, ma‘naviyat bilim olish bilan cheklanmasdan,
bilim olishning ma‘nosi va maqsadlarini, uning qadriyaviy ahamiyatini
anglab etishni ham aks ettiradi. Shu bilan birga, ma‘naviyat dunyoviy va
diniy boʻlishi mumkin. Haqiqiy ma‘naviylikda dunyoviylik, ilmiylik va
diniylik bir-birlariga qarama-qarshi qoʻyilmaydi, aksincha jamiyat ma‘naviy
hayotining uch xil tomoni sifatida qaraladi. Bashariyat tarixidan ma‘lumki,
ularning uygʻun holda rivojlanishi sivilizatsiya‘ning gullab-yashnagan
davrlariga toʻgʻri keladi. Fan va texnika rivojlanib borishi bilan
ma‘naviyatga, xususan, ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarining ma‘naviyatga
(aniqrogʻi ma‘naviyatsizlik) ta‘siri, ommaviy madaniyatning kuchayishining
salbiy jihatlariga e‘tibor kuchayib boradi.
Zamonaviy jamiyatning toʻlaqonli rivojlanishi nafaqat yuqori texnika
va texnologiyalar asosiga qurilgan iqtisodiyotga, balki yuksak darajada qaror
topgan ma‘naviyatga ham bogʻliq. Ma‘naviyatning oʻzagini esa haqiqiy,
moʻtadil, siyosiylashmagan din, ha‘lol mehnat va ezgu amallarni e‘tirof
etuvchi iymon- e‘tiqod tashkil etadi. Xususan, IX-XI asrlarda Markaziy
Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharqda diniy va dunyoviy ilmlarning nisbatan uygʻun
holda rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-marifiy hayotning taraq-
qiyotiga olib kelgan. Shuningdek, Sohiibqiron Amir Temur hukmronlik
davriga kelib, tasavvufning Markaziy Osiyoda keng tarqalgan nAQShbandiya
tariqat‘ini: "Diling Allohda, qoʻling mehnatda boʻlsin!" degan bosh gʻoyasi,
ilm-fan, madaniyat va barcha bunyodkorlik ishlarining tag zaminini tashkil
etgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng "Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar" toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi, Toshkent Islom
universitetini, keyinroq Islom Akademiyasining tashkil etilishi, Toshkentda
"Islom sivilizatsiyasi markazi"ning ochilishi, mamlakatimizda islom dini,
ma‘naviyati va ma‘rifati rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan olimu ulamolar
oʻtgan qadamjolarni qayta tiklanishi va ta‘mirlanishi kabi davlatimiz tomonidan
amalga oshirilayotgan nihoyatda muhim sa‘y- harakatlar jamiyatimiz ma‘naviy
hayotiga qaratilayotgan jiddiy e‘tiborning timsolidir.
Shunday qilib, faqat fan-texnikani rivojlantirishga urgʻu berilishi
texnokratizmga, quruq foyda va moddiy boyliklarning ketidan quvish xudbinlik
va molparstlikka, ma‘naviy qashshoqlikka olib kelgani kabi dinni biryoqlama
tushunish mutaassiblikkning rivojlanishiga sabab boʻladi. Dinsiz odam esa
oʻzini qonundan tashqa‘rida his etadi. Insoniyat tarixidan turli davrlarda
jamiyatning bunday biryoqlama rivojlanishining salbiy oqibatlarini aks
ettiruvchi misollarni koʻplab keltirish mumkin.
Ma‘naviylikning eng asosiy tomonlaridan yana biri milliy oʻzini-oʻzi
anglashdir. Milliy oʻzini-oʻzi anglash ijtimoiy ongning alohida koʻrinishi
boʻlib, unda milliy hayot oʻz aksini topadi. Millatlarning hayotida yuz
berayotgan oʻzgarishlar ularning nafaqat hozirgi va kelajakdagi, balki
281
oʻtmishdagi ma‘naviyatlarining ham qanday boʻlganligi toʻgʻrisida oʻylashga
majbur qiladi.
Milliy oʻzini-oʻzi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi boʻlib, u
insonning faqat oʻzini-oʻzi tushunib, anglab etishi boʻlmasdan, uning oʻz
oʻziga, imkoniyatlariga, holatlariga boʻlgan munosabatini ham bildiradi.
Bular toʻliq ma‘noda milliy oʻzini-oʻzi anglashga ham tegishlidir. Demak,
milliy oʻzini-oʻzi anglash – bu oʻzini-oʻzi baholashi hamdir.
Hozirgi davrdagi milliy jarayonlarning rivojlanishini hisobga olib, koʻp
tadqiqotchilar milliy oʻzini-oʻzi anglash bu millatning zaruriy, muhim
belgilari deb hisoblamoqdalar.
Shunday qilib, jamiyat taraqqiyotida nafaqat tabiiy-geografik muhit, balki
axoli, uning intellektual sa‘lohiyati, moddiy va ma‘naviy qadriyatlarni ishlab
chiqarish ham muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |