Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Madaniyat va sivilizatsiya. Sivilizatsiya rivojining asosiy bosqichlari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Madaniyat va sivilizatsiya. Sivilizatsiya rivojining asosiy bosqichlari 
va dinamikasi 
Madaniyat insonni boshqa barcha tabiiy-biologik dunyodan ajratib 
turuvchi murakkab va serqirra hodisa boʻlib, ijtimoiy hayotning barcha 
sohalariga daxldordir. 
Madaniyat
ata‘masi (arab tilida – shaharga xos, qayta 
ishlov berilgan)ning hozirgi zamon fanida 600 dan koʻproq ta‘riflari mavjud. 
Eng umumiy koʻrinishda madaniyat – inson faoliyati jarayoni, uning 
natijasida yaratilgan moddiy va ma‘naviy qadriyatlar, ularni yaratish usullari
va texnologiyalari, shu faoliyat ta‘sirida inson tafakkurida, ma‘naviy 
dunyosida yuz beradigan rivojlanishni aks ettiradi. 
Madaniyat – murakkab tizim sifatida ijtimoiy hayotda quyidagi asosiy 
vazifalarni bajaradi:
Yaratuvchilik vazifasi
. Bu madaniyatning bosh vazifasi boʻlib, inson 
faoliyati davomida moddiy va ma‘naviy qadriyatlar yaratiladi. 
Marifaiy (gnoseologik) vazifa
. Uning mohiyati shundan iboratki, 
madaniy qadriyatlar dunyoni bilish orqali yaratiladi. Madaniyatning tarkibiy 
qismi boʻlgan fan, aynan shu vazifani bajaradi. Bunda bilishning obyekti 
tabiat, jamiyat va insonning oʻzi hamdir. 
Informasion (axborot etkazuvchi) vazifa
. Uning vazifasi doirasiga 
ijtimoiy tajribani toʻplash (jamgʻarish), uni avloddan-avlodga etkazish, ya‘ni 
tarixiy vorislikni ta‘minlash kiradi. Axborot etkazish gorizontal (makoniy) 
xususiyatga ega boʻlishi mumkin, ya‘ni bunda axborot bir vaqtning oʻzida bir 
xalq yoki jamoadan boshqasiga etkaziladi. Shuningdek, u vertikal (davriy) 
xususiyatga ega boʻlishi mumkin, ya‘ni bunda axborot bir avloddan 
boshqasiga ma‘naviy meros shaklida etkaziladi va vorisiylikda namoyon 
boʻladi. 
Kommunikativ (aloqa oʻrnatish) vazifasi. Bunda axborot
nutq (til), 
ramziy shakl va belgilar (san‘at), ilmiy bilimlar (fan) vositasida amalga 
oshiriladi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi qancha yuqori boʻlsa, bevosita 


282 
aloqa shunchalik koʻp darajada bilvosita, ya‘ni texnik vositalar yordamida 
(telefon, telegraf, internet va hoka‘zolar bilan) amalga oshiriladi. 
Me‘yoriy (boshqaruvchilik) vazifasi
. U oʻz ifodasini ijtimoiy 
boshqaruvchilik (avvalo, huquqiy va axloqiy 
me‘yorlar) tizimini 
shakllantirishda topadi. Bunda norasmiy boshqaruv vositalari boʻlgan urf-
odatlar, marosimlar, anʼanalar ham muhim ahamiyatga ega boʻladi. 
Sotsializatsiya (ijtimoiylashuv) va adaptatsiya vazifasi

Bu
insonning 
maksimal darajada jamiyatning ma‘naviy qadriyatlarini qabul qilishi va 
muayyan ijtimoiy muhitga moslashishida oʻz ifodasini topadi.
Qadriyatlilik (baholash) vazifasi
. Zamonaviy falsafiy adabiyotlarda 
madaniyat moddiy va ma‘naviy qadriyatlarni, ya‘ni shaxs va jamiyat uchun 
foydali ahamiyatga ega boʻlgan narsa va hodisalar, aloqalarni yaratish 
(generatsiya), mustahkamlash (assimilyatsiya), uzatish (translyatsiya), 
koʻpaytirish (multiplikatsiya)ning koʻpbosqichli mexanizmi sifatida qarash 
ham mavjud.
1
Bunda madaniyat yangilikni yaratish bilan bogʻliq jarayon 
sifatida inson ijodiy (kreativ) faoliyatining mahsuli sifatida namoyon boʻladi. 
Inson oʻz faoliyati davomida qadriyatlarni tanlaydi, ularga baho beradi. 
Baholash – subyektning oʻz hayoti va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy 
ahamiyatini aniqlashidir. U sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur darajasida, 
emotsiyalar va tuygʻular,mulohazalar, mayllar, istaklar, intilishlar va albatta, 
faoliyat koʻrinishida roʻyobga chiqadi. Baholash insonga hodisalar dunyosida 
moʻljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yoʻlga soladi. 
Inson narsa va hodisalarga ularning foydali ahamiyati nuqtayi 
nazaridan ajratib oladi. Bunday holatda nimalardir barham topadi, qandaydir 
narsalar paydo boʻladi, qayta shakllanadi. Bu obyektiv jarayon boʻlib, shaxs 
va jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Har bir avlod madaniy rivojlanishni boʻsh joydan emas, balki oʻzidan 
oldingi avlodlar yaratgan qadriyatlarni oʻzlashtirishdan boshlaydi. Bu 
oʻzlashtirish madaniyat rivojini yuqoriroq bosqichga koʻtarish yoʻlidagi 
tayanch vazifasini oʻtaydi. Mana shu ikki jarayon - eskilik bilan yangilik 
oʻrtasidagi obyektiv zaruriy bogʻlanish vorislikning mohiyatini tashkil etadi. 
Lekin oʻtmish madaniy merosini millat ma‘naviy dunyosining tarkibiy 
qismiga aylantirish uchun uni ijodiy oʻzlashtirish, unga yangi mazmun va 
ma‘no berish zarur. SHu oʻrinda chinakam oʻzbek falsafasining metodologik 
asoslarini yaratishga salmoqli hissa qoʻshgan faylasuf,akademik Haydar 
Poʻlatov aytganidek, ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun, avvalo 
«inkorni emas, koʻproq idrok qilishni» oʻrganishimiz kerak.
2
Busiz 
madaniyat rivojlanishini ta‘minlab boʻlmaydi. SHu ma‘noda oqilona 
yangilanish – madaniyat rivojlanishining zaruriy sharti hisoblanadi. 
1
Философия. Учебник. Под ред. С.А.Лебедева. – М.:ЭКСМО. 2011. – С.411-412. 
2
Qarang: Pulatov X. Inkorniemas, ko‗proq idrokni o‗rgansak -chi... // Sizniyaxshiko‗raredim, odamlar. – 
T.:Fan.1994. –B.68. 


283 
Shunday qilib, madaniyat ijtimoiy fenomen sifatida muayyan 
qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Vorisiylik va doimiy yangilanish – 
madaniyat rivojlanishining eng muhim qonuniyatlaridir. 
Madaniyatni nisbiy ravishda ma‘naviy va moddiy madaniyatga boʻlish 
mumkin. Moddiylik va ma‘naviylik bir-biriga muqobil boʻlmasdan, ular bir-
birga oʻzaro ta‘sir qiluvchi va oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi ijtimoiy 
rivojlanish omillaridir. Moddiy madaniyat tushunchasi sivilizasiya tushunchasi 
bilan uzviy bogʻliq. 
«Sivilizatsiya» (lot. civilis – fuqarolarga, davlatga xos), ta‘maddaun – 
1)keng ma‘noda – ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) 
madaniyat soʻzining sinonimi; 3)madaniyatning zamon va makondan 
chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi va boshq.); 4)yovvoyilik va 
vahshiylikdan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi
1
sifatida shuningdek, 
geografik jihatdan farqlanuvchi birliklar (Sharq va Gʻarb sivilizatsiyasi) ni; 
diniy mansubligiga koʻra (islom sivilizatsiyasi va boshqalarga) boʻlinishi 
sifatida tushunilishi mumkin. 
Sivilizatsiya tushunchasi XVIII asrda shakllangan boʻlib, koʻp yillar 
davomida aksariyat hollarda madaniyat bilan bir xil ma‘noli tushunchalar 
sifatida talqin etib kelingan. Ilk bor ularning oʻrtasida yaqinlik va tafovut 
mavjudligiga buyuk nemis faylasufi I.Kant e‘tibor qaratgan. XX asr 
boshlariga kelib, nemis faylasufi Osvald Shpengler «Evropa Quyoshining 
soʻnishi» asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga 
qarama-qarshi qoʻydi. U sivilizatsiya deganda texnik-mexanik jarayonlar 
majmuini nazarda tutdi. O.Shpengler fikricha, sivilizatsiya madaniyatning 
eng yuqori bosqichi boʻlib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga 
yuz oʻgiradi.
Shu davrdan boshlab, madaniyat va sivilizatsiya faylasuflarning diqqat 
markazida turgan asosiy masalalar qatoriga qoʻsxildi. Zamonaviy falsafada 
madaniyat va sivilizatsiya‘ning oʻzaro aloqadorlikda rivojlanishi zarurligiga 
alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bunda sivilizatsiya jamiyat hayotining moddiy 
tanasi deb qaralsa, madaniyat – uning joni, ruhi sifatida talqin etilmoqda.
2
Ya‘ni bunda – sivilizatsiya moddiy madaniyatni, madaniyat tushunchasi esa – 
ma‘naviy qadriyatlarni anglatmoqda. Ushbu ma‘noda sivilizatsiya tushunchasi 
inson tomonidan yaratilgan moddiy boyliklar, xususan ishlab chiqarish, 
transport vositalari, texnika va texnologiyalar, insonlarning turmush tarzi va 
hoka‘zolarni qamrab oladi. Fan taraqqiyoti, uning amaliyotga tatbiq etilishi, 
ta‘limi-tarbiya tizimi va uni amalga oshirish usullaridagi innovasion 
oʻzgarishlar ham sivilizatsiya yutuqlari hisoblanadi. Hozirgi davrda 
sivilizatsiyalash-ganlik 
koʻproq 
qulaylik 
tushunchasi 
bilan 
1
Qarang: Falsafa. Ensiklopedik lug‗at. – T.: O‗zbekiston milliy endiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. 2010. –
B.298. 
2
Философия. Учебник. Под ред. С.А.Лебедева. – С.433. 


284 
ayniylashtirilmoqda. Uning mohiyatini sanoat iste‘mol vositalarini 
yaratish tashkil etmoqda, ayni vaqda u jamiyat rivojlanishining mezoni 
hisoblanmoqda. 
Xalqlar, davlatlar, mintaqalar rivojlanishidagi oʻziga xos farqlar 
sivilizatsiyalararo tafovutlarni tashkil etadi. Shu bilan birga,

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish